O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet240/283
Sana26.09.2021
Hajmi2,95 Mb.
#185887
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   283
Bog'liq
ekskursiya xizmatini tashkil qilish

 
 
 
 
 
12.5-rasm. Qizlar va o‘g’il bolalar do‘ppisi. 
Oktyabr to‘ntarishiga qadar o‘smirlar ham salla o‘rab yurishgan. Keyinchalik 
esa  sallani  keksalar  va  namozxonlar  o‘raydigan  bo‘lishdi.  Yosh  qizlar  asosan 
do‘ppi  kiyishgan.  Qadimda  do‘ppi  o‘rniga  qalpoqcha  kiyib,  ustidan  ro‘mol  yoki 
dastor  o‘rashgan.  Qalpoqchalar  kulta  yoxud  kiyigich  deb  atalib,  gardishi 
yumshoqroq  matodan  enli,  peshonani  siqib  turadigan  qilib  tikilgan.  Qadimgi 
qalpoqchalarning uchida uzun, to‘g‘ri burchakli mato bo‘lagi bilan birga dumaloq 
shaklda  ochiq  joy  qoldirilgan.  Ko‘pgina  o‘zbek  qiz-juvonlari  uning  atrofini 
choklab-tikib, shu qopcha orasidan sochlarini o‘tkazib-tushirib qo‘yishgan. Xonlar 
saroyida  yoxud  boy-badavlat  xonadonlarning  ayollari  asosan  zar  iplar  bilan  gul 
solingan  kaltapo’shak  kiyishi  asrimiz  boshlarigacha  davom  etib,  keyinchalik  gul 
tikilgan do‘ppilar kiyish rasm bo‘lgan.  
Dastlab do‘ppilar konussimon va keng hoshiyali bo‘lgan, ularni salla ostidan 
kiyishgan.  XX  asrning  20  yillaridan  do‘ppi  shakli  o‘zgargan.    Keyinchalik  o‘tkir 
uchli,  konussimon,  yarimsharsimon,  dumaloq,  to‘rt  qirrali  do‘ppilar  tikila 
boshlandi.  Do‘ppilarning  keng  tarqalgani  to‘rt  qirrali,  bir  oz  konussimon 
shakldagisi  hisoblanadi.  Yorqin  ranglar  bilan  bezatilgan  do‘ppilar  naqsh 
gullarining  nozikligi  va  go‘zalligi  bilan  ajralib  turgan.  Bezaklarning  ko‘plab 
kompozitsiyalari  mavjud  bo‘lib,  ular  avloddan-avlodga  o‘tib,  doimiy  ravishda 
yangilanib borgan.  


249 
 
XIX  asr  oxiri  XX  asr  boshlarida  Farg‘ona  vodiysida  do‘ppining  bir  nechta 
turlari  mavjud  bo‘lgan.  1940-1950  yillarda  iroqi  nusxa  do‘ppilari  turli  rangdagi 
ipak  bilan  tikilgan  bo‘lib,  ularga  gullar,  qushlar  va  hayvonlar  tasviri  tushirilgan. 
Erkaklar  bunday  do‘ppilarni  bayram  va  to‘ylarda  kiyganlar,  shuning  uchun  ham 
ularni «kuyov do‘ppi», «navro‘z guli» deb ham atashgan.  
 
 
12.6-rasm. Qizlar do’ppisi. 
Rivoyatga ko‘ra, do‘ppining tepa qismidagi to‘rtta gul erkaklar salomatligini 
to‘rt  tomondan  himoyalab  turar  ekan.  Chetlaridagi  o‘n  olti  gul  esa  do‘ppi  sohibi 
yoki  sohibasining  oilasi  katta  va  ahil  bo‘lishi  istagini  bildirarkan.  Oq  matoga 
oppoq  ipak  bilan  bezak  berlishi  erkaklar  qalbi  pokligi  ramzi  sanalgan.  Shuning 
uchun ham o‘zbek xalqi  erkak kishining g‘ururi va diyonati uning do‘ppisida deb 
bilishadi. 
Keyinchalik  ayollarning  och  kumushsimon  rangdagi  parchadan  tikilgan  to‘rt 
qirrali do‘ppilarining yangi tipi paydo bo‘ldi, uning har bir bo‘lagida gullab turgan 
butoqcha  tasviri  tikilgan.  Toshkent  va  Farg‘ona  vodiysida  keng  tarqalgan  iroqi 
nusxa  do‘ppining  naqsh  mujassamoti  rang-barang  gulli  novdalar,  ular  orasidagi 
yashil, ko‘k tusli qushcha (bulbullar) shaklidan iborat. Bunday shakl, ya’ni ochiq 
fon Farg‘ona, shuningdek, Toshkent an’analariga to‘g‘ri keladi. 
Do‘ppilarda  boshqa  hayvonlar  -  tog‘  kiyigi,  chayon,  qoplonga  o‘xshash 
tasvirlar ham tikilgan. Do‘ppilarning naqsh kompozitsiyalarida qator hollarda arab 
yozuvi  kashtaga  uyg‘unlashib  ketgan.  Dono  so‘zlar,  samimiy  tilaklar  va  hayotiy 


250 
 
iboralar  do‘ppi  kashtasining  mazmuni  va  ifodaviy  nafosatini  teranlashtirgan.  Bu 
naqsh-yozuvlar  bir  vaqtning  o‘zida  ko‘zlarni  quvontirish  hamda  aqlni  peshlash 
uchun xizmat qilgan. 
 
 
 
 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish