O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


 Ekskursiya xizmati muloqot shakli sifatida



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/283
Sana26.09.2021
Hajmi2,95 Mb.
#185887
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   283
Bog'liq
ekskursiya xizmatini tashkil qilish

1.3. Ekskursiya xizmati muloqot shakli sifatida 
 
Insonlarning  kundalik  faoliyatida  ikki  xil  muloqot  shaklini  uchratish 
mumkin:  bevosita  muloqot  va  bilvosita  muloqot.  Bevosita  muloqot  shakliga  - 
suhbat, ma’ruza, dars, diskussiya, miting, telefon, ekskursiya xizmati va shu kabilar 
kiradi.  Bunday  muloqot  jarayonida  insonlarda  hissiyotlar,  kayfiyatlar,  fikrlarning 
umumiyligi  shakllanadi,  bir-birini  tushunishga  erishiladi,  axborot  o‘rganiladi, 
o‘zaro aloqa mustahkamlanadi. 
Bilvosita muloqot shakli- gazeta, jurnal, kitob o‘qish, radio, televizor eshitish 
orqali  yuzaga  keladi.  Bunday  muloqot  jarayonida  bevosita  muloqot  jarayoni  kabi 
olingan  axborotga  sub’ekt  reaksiyasini  ko‘rsatadigan  teskari  aloqa  mavjud 
bo‘lmaydi. 
Ekskursiya  jarayoni  bevosita  muloqot  shakli  sifatida  gid  va  ekskursantning 
hamkorlikdagi  faoliyati  bo‘lib,  ularning  o‘zaro  fikr  almashuvi  va  harakatlarini 
nazarda  tutadi.  Insonlarga  katta  hajmdagi  axborotlarni  olish  imkoniyatini  beradi, 
fikrlash  qobiliyatini  shakllantiradi.  Ekskursiya  xizmatidagi  muloqot  jarayonida 
guruhdagi  individning  harakatidagi  birdamlikka,  hissiy  bir-birini  tushunishiga, 
kayfiyat, fikrlar, qarashlar umumiyligining shakllanishiga erishiladi. 
Ekskursiya jarayoni qatnashuvchilari muloqotini ruhiy-axborot muloqot turi, 
sub’ektlar  va  ob’ektlar  o‘rtasidagi  ikki  xil  munosabatlar  shaklining 
uyg‘unlashuviga kiritishimiz maqsadga muvofiqdir. 
Gidga  psixologiya  va  pedagogika  sohalaridan  bilimlarning  mavjudligi 
ekskursiya  xizmatini  to‘g‘ri  tashkil  qilishga  yordam  beradi.  Gid  va  ekskursantlar 
o‘rtasida  to‘g‘ri  tashkil  etilgan  o‘zaro  muloqoti  ekskursiya  kabi  pedagogik 
jarayonning  negizidir.  Kommunikativ  komponent  gid  kasbiy  mahoratining  asosiy 
qismidir.  Ekskursiya  xizmatining  samaradorligi  nafaqat  gidning  mavzu  bo‘yicha 
bilimi,  uni  auditoriyaga  yetkazish  uslubiga  balki,  ekskursantlar,  boshqa 
mutaxassislar, haydovchi bilan o‘zaro muloqotiga ham bog‘liqdir. 


20 
 
Auditoriya bilan muloqotda hushyorlik, dialog o‘rnata olish kabi xususiyatlar 
ham  muhimdir.  Ekskursiya  muassasasi  rahbarlari  ekskursiya  xizmatida  gidning 
roliga  katta  e’tibor  berib,  uning  yutuqlari  bilan  birga  kamchiliklarini  ham  tahlil 
qilishadi. Ekskursiya jarayonida ekskursantlarning faolligini oshirish maqsadida gid 
turli  variantlarni  qo‘llashi  kerak  bo‘ladi.  Agarda  u  hikoyani  kengroq  yoritsa, 
ma’ruzachiga aylanib qoladi, bu esa ko‘rgan va eshitganlarni his qilishda gidning 
rolini  susaytiradi.  Gid  ma’lumotlarga  urg‘u  berayotganida,  ekskursant  diqqatini 
aniq  yo‘naltirib,  uni  fikrlashga,  taqqoslashga,  baholashga,  xulosa  qilishga 
undasagina jarayon samarali bo‘ladi.  
Amaliyotda  ekskursiya  xizmatini  turli  nuqtai  nazarda(aspekt)
 
ko‘rib chiqish 
mumkin: 

 
ta’lim va  tarbiyaning mustaqil shakli sifatida; 

  ommaviy auditoriya bilan ishlashning shakli sifatida; 

  madaniy hordiqni, tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish shakli sifatida; 

  epizodik  tadbir,  mavzuli  siklning  bir  qismi,  bilishning  bir  pog‘onasi 
sifatida; 

  ilmiy bilimlarni tarqatish shakli, g‘oyaviy tarbiya sifatida; 

  tarbiyaviy yo‘nalishning bir turi sifatida (vatanparvarlik, mehnatsevarlik, 
estetik) shuningdek, har tomonlama mukammal shaxsni shakllantirish jarayonining 
bir qismi sifatida; 

  madaniy-tarbiyaviy  ishlarning  mutloq  shakli  va  tashkillashtirilgan 
turizmning ajralmas qismi sifatida. 
Ekskursiya  xizmati  bir  tomondan  bilim  bersa,  ikkinchi  tomondan 
ekskursantlarga  san’at  asarlari,  tabiat  hodisalari,  turli  soha  vakillari  hayoti  bilan 
tanishish, ob’ektlarni to‘g‘ri ko‘rish mahoratini  rivojlantiradi. 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish