O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Turistik talab va ehtiyojning asosiy belgilari



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/278
Sana18.09.2021
Hajmi2,37 Mb.
#178132
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   278
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

5.2. Turistik talab va ehtiyojning asosiy belgilari 
 
Turistik  ehtiyoj  va  talab  harakterli  belgilarga  ega:  dinamizm,  getrogenlik  va 
komplekslik, elastiklik, mavsumiylik va boshq. 
Turistik ehtiyoj va talab – dinamik  kategoriyalar. Turistik ehtiyoj va talab 
jamiyat  rivojlanishi  bilan  bog‘liq.  Jumladan  talab  jamiyat  rivojlanishi  bilan  birga 
o‘zgaradi,  eskilari  yaramay  qoladi  va    yangilari  paydo  bo‘ladi.  Ehtiyoj  esa  doimiy 
ravishda  kengayib,  boyib  boradi.  Turistik  xizmatlar  iste’molida  chuqur  sifat  va  son 
o‘zgarishlari  ikkinchi  jahon  urushidan  keyingi  yillarda  fan-texnika  taraqqiyoti, 
siyosiy-iqtisodiy,  ijtimoiy  sohalardagi  o‘zgarishlar  tufayli  ro‘y  berdi.  Rivojlangan 
mamlakatlarda  aholining  harid  qilish  qobiliyati  oshdi,  moddiy  turmush  farovonligi 
yuksaldi.  Bu  odamlarni  ommaviy  ravishda  turizm  orqali  u  yoq,  bu  yoqlarga  borib 
kelishi imkoniyatini berdi va turizmga zamonaviy tus baxsh etdi. 
Turistik harakat intensiv ravishda rivojlana bordi, ammo u bir tekisda emasdi. 
Uzluksiz o‘sish va pasayishlar turizmga bir butun doimiy harakat ko‘rinishini beradi. 
Bir qarasangiz xalqaro turizm o‘sishi eng yuqori nuqtasiga chiqadi, bir qarasangiz u 
uzoq muddatli va o‘rta muddatli pasayishlar tendensisiga duchor bo‘ladi.  
XX asrning 1950 va 1960 – yillarida kelishlar o‘sish sur’atlari iqtisodiy faollik 
tebranishiga  qaramay  barqaror  ravishda  yuqoriligicha  qoldi.  Bu  hodisa  qator 
mutaxassislarga turizm  inqirozga mahkum emas, deb ta’kidlashga asos bo‘ldi. Biroq 
50-60-yillarning ikkinchi yarimi bu nuqtai nazarlarni chippakka chiqardi. 1966 -1967 
yillardagi iqtisodiy inqiroz (krizis) chog‘ida turistik kelishlar sur’ati 7 foizga pasaydi. 
Navbatdagi ikki pasayish esa turizm rivojlanishi ham boshqa xo‘jaliklar singari 
o‘sha qonuniyatlarga buysunadi degan barcha shubhalarni tarqatib yuboradi. Ulardan 
biri  1973-1974  yillardagi  energetika  inqirozi  bilan  bog‘liq  edi.  Ikkinchisi  esa  1980-
yillar  boshidagi  jahon  iqtisodiy  inqiroziga  to‘g‘ri  keladi.  Bu  davriy  (siklik)  inqiroz 
sinxron ravishda sanoati rivojlangan mamlakatlarni butunlay qamrab oldi va ikkinchi 
jahon urushidan keyin eng uzoq davom etgan inqiroz bo‘ldi. 1981-82 yillarda turizm 
pasayishi  juda  chuqur  bo‘ldi.  Agar  oldingi  inqirozlar  yillarida  turistik  kelishlar 
sur’atlari keskin susaygan bo‘lsa, endi ularning soni mutlaqo qisqardi. 


                      
91 
Turistik  faollik  faqat  iqtisodiy  ahvolga  emas  balki,  dunyodagi  siyosiy 
vaziyatga  ham  bog‘liqdir.  Uning  keskinlashuvi  turistik  safarlarga  real  talabning 
kamayishiga  olib  keladi.  Ayrim  qurolli  ixtiloflar,  masalan,  1967  va  1973  yillardagi 
Yaqin  sharq  majoralari  iqtisodiy  inqirozga  to‘g‘ri  keldi.  Bir  –  biriga  aybni  to‘nkash 
orqali ular turizm xalqaro rivojlanishiga o‘z salbiy ta’sirini kuchaytirdilar. 
1990  yillar  boshlarida  turistik  kelishlar  o‘sish  sur’atlarining  pasayishi  Fors 
ko‘rfazi rayonidagi jangovar harakatlar va g‘arb mamlakatlaridagi iqtisodiy inqirozlar 
soyasida  ruy  berdi.  Turizmning  o‘sish  sur’atlari  pasayishi  jahonning  barcha  turistik 
mintaqalarida  –  Yevropa  va  Amerika,  Osiyo  va  Afikada  qayd  etildi.  Birgina 
Fransiyada  1989  yilda  xalqaro  ziddiyatlarning  kuchayishi,  Iroq  qo‘shinlarining 
Quvaytga  bostirib  kirishi  arafasida  18  ming  individual  va  50  ga  yaqin  turli 
guruhlarning turli turistik tomonlarga yo‘naltirilgan safarlari bekor qilindi. 1991 yilda 
AQSH  boshchiligida  ko‘p  millatli  qurolli  kuchlar  Eronda  «Sahrodagi  bo‘ron» 
operatsiyasini  o‘tkazishdi,  Yevropada  turistlar  kelishi  o‘sishi  nol  darajaga  tushib 
ketdi.  Italiya,  Buyukbritaniya,  Germaniya  va  Shveysariya  singari  mamlakatlarda 
turistlar soni 1990 yilga taqqoslanganda mutloq qisqargani qayd etildi.  
Amerika  mintaqasida  chiqish  turizmi  hajmi  3%  ga,  Yevropada  esa  23  %  ga 
qisqardi. Yevropa mamlakatlari okean ortidan 5 mln. turistlar kelishga mussar bo‘la 
olmadilar. 
Terroristik  xurujlardan  xavotirlanib,  AQSH  tashqi  ishlar  vazirligi  mamlakat 
fuqarolariga xorijga safar qilishdan tiyilib turishni tavsiya etdi. Yirik turistik firmalar 
o‘z  xodimlarini  safarga  jo‘natdilar  va  turistlar  sayohatini  bekor  qilishdi.  Ayrim 
xalqaro aviatsiya reyslariga chiptalar sotish salkam yarimga tushib qoldi. 
Fors  ko‘rfazidagi  urush  oqibatida  Osiyo-Tinch  okeani  mintaqasida  turizm 
taraqqiyotiga jiddiy salbiy putur yetdi. Ixtiloflar chog‘ida Malayziyaga kelishlar soni 
kamaydi.  Ularning  o‘sish  sur’atlari  Syangan  (Gonkong)  va  Singapurda  susaydi. 
Ayniqsa  bundan  turizm  intensivligi  jabr  ko‘rdi.  Ayrim  mutaxassislar  uning  oldingi 
darajasini tiklash uchun kamida 1,5 yil vaqt kerakligini aytdilar. 
Fors  ko‘rfazi  hududidagi  jangovar  harakatlar  davrida  Afrika  qit’asida  ham 
xalqaro  turizm  tushkunlikka  uchragani  qayd  etildi.  Haddan  tashqari  xavf-xatarlar 
ko‘pgina odamlarni Misr (kelishlar soni 1991 yilda 1990 yilga nisbatan 12,4 % kam) 
va  1991  yilda  1990  yilga  nisbatan  chiqish  turizmni  80  %  ga  yo‘qotgan  Tunisga 
safardan  voz  kechishga  majbur  qildi.  Turizmda  yanada  chuqurroq  inqirozni  yaqin 
Sharq  mamlakatlari  –  Iordaniya  (kelishlar  23  %  ga  kamaydi),  Isroil  (kelishlar  soni 
11,3  %  ga  kamaydi)  va  boshqa davlatlar  o‘z  boshidan  kechirdilar.  Mintaqaga  1991 
yilda  kelishlar  soni  o‘tgan  yilga  nisbatan  7  %  ga  kamaydi.  Bu  jahondagi  xalqaro 
turizmning umumiy manzarasini belgilab berdi. 
Kosovo  (Yugoslaviya)  dagi  ixtiloflar  xalqaro  turizm  ko‘lami  uchun  Fors 
ko‘rfazidagi  urushdan  nisbatan  kamroq  zarar  yetkazdi.  Shunga  qaramay  Yevropa 
mintaqasi jahonda 1999 yilda kelishlar soni bo‘yicha umumjahon miqyosidan  ancha 
past ko‘rsatkichga ega bo‘ldi (+ 1 %).  
Yevropa  mintaqasida  asosiy  zarbani  Markaziy  va  Sharqiy  Yevropa 
mamlakatlar  o‘ziga  oldi.  Jumladan,  turizmda  Xorvatiya  (1999  yilda  kelishlar  1998 
yilga nisbatan 17,3% kam), Vengriya (  -  13,8 %), Polsha (  - 4,5 %), Chexiya (- 1,8 
%). Barcha murakkabliklarga qaramay, 1999 yil Ispaniya uchun omadli yil bo‘ldi. U 


                      
92 
ilgari Balqon yarim  oroli va Turkiyaga yo‘naltirilgan turistik oqimni qisman o‘ziga 
og‘dirib olishga erishdi. 
Sayohat  xavfsizligi  muammolaridan  tashvishga  tushgan  Butun  jahon  Turistik 
tashkiloti (BTT) turistlarning hayotiga potensial tahdidga bog‘liq ravishda chiqishga 
qaratilgan  yo‘nalishlar  klassifikatsiyasini  ishlab  chiqdi.  Birinchi,  ko‘proq  xavfli 
guruhga cho‘zilib ketgan harbiy ixtilof, terrorchilik xurujlari va iqtisodiy barqarorlik 
avj  olgan  mamlakatlar  (hududlar)  kiritildi.Ular  turizmni  rivojlantirishda  nafaqat 
muntazam  salbiy  ta’sir  qilishadi,  balki  amalda  turizm  nufuzini  tushurib  yubordilar. 
Bular – Livan, Shimoliy Irlandiya, Afg‘oniston, Yugoslaviya respublikalaridir.  

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish