Harajatlar qismi
Harajatlar, AQSH dol.
Jami
safar
gacha
safar davomida
1 kun
2 kun
3 kun
Kompleks safarlar, turlar
Joylashish
Ovqatlanish va ichimliklar
Transport
Rekreatsion, madaniy va sport
tadbirlariga qatnashish
Magazinlarga borish
boshqalar
Hammasi:
Manba:
A.Yu.Aleksandrova. Mejdunarodniy turizm. M., 2004.
Ularda umumiy summa ko‘rsatilgan holda harajatlar yozib boriladi va bu
harajatlar sarflar statiyasi va kunlarga bo‘lib qayd etiladi. Unda kelishdan maqsad,
bosh mo‘ljallangan joy, yetib kelish rayoni va tunash sonlari belgilanadi. Chuqurroq
tekshirish jarayonida kundalikka qo‘shimcha bo‘limlar kiritiladi. Ularda tashrif
buyuruvchi harakteri (yoshi, jinsi), transport turi va joyi, harajatlar qayerda
sarflangan yangi – hammasi aks ettiriladi.
Kundalik usulining ham kuchli, ham ojiz tomonlari bor. U turistik harajatlar
haqida batafsil ma’lumot olishga imkon beradi. Kundalikda to‘lov operatsiyalarining
shu zahotiyoq qayd etilishi, tashrif buyuruvchi uni yodda saqlab qolishi va istalgan
paytda aniq axborot beraolishi bu usulning afzal tomonlari hisoblanadi.
Shu bilan birga kundalik usulida ayrim kamchiliklar ham bor. Ulardan muhimi
– kundalikni to‘ldirish shakli koeffitsiyenti uncha yuqori emas va hammasi ham
to‘liq qaytarilmaydi. Bu esa o‘z-o‘zidan yig‘ilayotgan axborotlarning ishonchlililigini
pasaytiradi. Bunday qaraganda, bu nuqsonni osongina bartaraf etish mumkinday:
tarqatiladigan kundaliklar soni ko‘paytirilsa kifoya. Bu qaror kundalikni to‘ldirish va
qaytarish tasodifiy hol bo‘lganda to‘g‘ri bo‘lishi mumkin edi. Maxsus tadqiqotlar
natijlari esa shuni ko‘rsatmoqdaki, bu kamchilik sistematik omillar tufayli kelib
chiqarkan. Tekshirishlarda ish yuzasidan keluvchi turistlar sust faol ishtirok etadilar,
74
vaholanki safar uchun ular kata harajatlar qilishadi. Shuning uchun ham kundalikni
to‘ldirgan va qaytargan shaxs barcha ko‘rinishlari va o‘z tarkibiga ko‘ra tashrif
buyuruvchining bosh belgilariday hamisha farq qiladi. Ko‘rinib turibdiki,
tarqatiladigan kundaliklarning sonini ko‘paytirgan bilan ko‘rsatilgan nuqsonlarni
bartaraf etib bo‘lmaydi.
Kundalik usuli bilan kuzatuv o‘tkazish va rejalashtirishda oldinda turgan
markaziy – tashkiliy vazifalardan biri – to‘ldirilgan blankalarni qaytarishni
rag‘batlantirishdir. Ularning 70-75 foizini qaytarlishi natijalarning yetarli darajada
ishonchliligini ta’minlaydi. Bu darajaga erishishingiz real usullari mavjud. Ularning
barchasi so‘raluvchilarning tekshiruvda ishtirok etishlari uchun qulay va ijobiy muhit
yaratilishiga qaratilgan. Kompleks tadbirlarda – kundalikning tushunarli va oson
to‘ldiriladigan shakli, javoblarning anonimligi kafolati, to‘ldirilgan blankalarni
qaytarishning aniq tartiblari, anketaning so‘raluvchiga kundalikni to‘ldirishni so‘rab
qilgan shaxsiy iltimosi, so‘raluvchi foydasiga tekshiruv natijalarini potensial
tushuntirish, javob uchun moddiy va boshqa rag‘batlantirishlar o‘z ifodasini topgan.
Statistik kuzatuv rejalashtirilayotganda kuzatuv sub’ekti masalasi hal etiladi,
ya’ni kim birlamchi mahsulotlarni yig‘adi. Bir holatda statistikaning bu organlari o‘z
kadrlari va xodimlari, boshqa holatda statistik mutaxassislar bilan bir qatorda harakat
qiluvchi keng jamoatchilik vakillari bo‘lishi mumkin. Tekshiruvda, shuningdek agar
ular mustaqil ravishda anketalarni to‘lg‘aza olishsa aholi ham jalb etilishi mumkin.
Misol uchun, AQShda turistlar bilan so‘rov o‘tkazish uchun yuqori ma’lumotli,
intizomli va xorijiy tilni yaxshi biladigan odamlar tanlab olinadi. Bunday kishilar
odatda biznes-maktablar va universitet o‘qituvchilari bo‘lishadi.
Anketachi tadqiqot natijalariga sezilarli ta’sir o‘tkazadi. Bu ta’sir ko‘pincha
bildirmasdan muloqat vaqtida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va tegishli savollar berish, yashirin
fikrlar shaklida namoyon bo‘ladi: suhbatini umumiy ematsional kayfiyatda olib
borish, ishtirokchilarning xulqi-atvori, mimikasi va boshqalarga qarab savol – javob
qilish. Ko‘pincha so‘raluvchining intervyu oluvchiga yozadigan javoblarni berishga
intilishi kuzatilgan. Anketalar esa sayohatchilar ma’lum guruhining vujudga kelgan
stereotip tarziga asoslanib, ba’zan na faqat so‘raluvchilarning fikrlarini, balki o‘zlari
kutgan javoblar berilishini aks ettirishga urinishadi. Shuning uchun anketachilarni
to‘g‘ri tanlash va o‘qitish muhim vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Bu ayniqsa
kuzatuvning tayyorgarlik bosqichida jiddiy e’tiborni talab qiladi. Dala bosqichi
boshlanishidan oldin ular so‘rov texnikasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishadi. Maqsadi
bilan tanishishadi, oldinda turgan tadqiqotlar xususiyatlari va vazifalari, ish tartibi va
qo‘yilayotgan talablar, statistik formalarni to‘lg‘azish tartiblari shular jumlasidandir.
Rejada kuzatuv sub’ekti bilan bir qatorda tadqiq qilishning joyi, muddati
kelishib olinadi. Yilning ma’sumlariga qarab kattaligi va tarkibi o‘zgarib turadigan
turistik oqimlarni kuzatish uchun kalendar davrini tanlash muhimdir. BTT hamma 12
oyni turistik mavsumlar bo‘yicha guruhlash (yuqori, past, oraliq)ni tavsiya qiladi.
Keyinchalik har bir mavsumdan kuzatuv uchun bittadan oy tanlab olinadi.
Turistlar haqida ma’lumotlar yig‘ish aniq muddatli rejada dastur va tadqiq
birligi soni, aktivning son tarkibidan kelib chiqib belgilanadi. Amerika greklarini
so‘rov (yuqorida eslatilganidek) besh oy davomida 1980 yil dekabrdan 1981 yil
apreligacha o‘tkazilgan edi. Ayrim statistik kuzatuvlar bundan ham uzoqroqqa
75
cho‘ziladi. Kanada va Meksikadan AQShga avtomobilda kelayotgan shaxslar so‘rovi
yil davomida olib boriladi.
Kuzatuv joyini belgilash kuzatuv o‘tkazishda masalani hal etishga olib keladi.
Bu joyni tanlash juda ko‘p omillarga bog‘liq, ulardan eng muhimi hudud hajmi va
uning ochiqlik darajasi hisoblanadi. Agar hudud yopiq bo‘lsa, ya’ni ma’muriy
xayrixoxlik bo‘lmasa yoki tabiiy chegara (misol uchun, mamlakat yoki orol) mavjud
bo‘lsa tadqiq chiqish (kirish) punktlarida va transport vositalarida (avtobus, samolyot,
kema va boshq.) o‘tkaziladi. Ochiq hududda, rayon yoki shaharda, statistik kuzatuv
joylashtirish vositalarida va ko‘rsatiladigan ob’ektlarda, to‘lov asosida tashrif
buyuriladigan ochilish marosimlari joylarida o‘tkaziladi (jadval 10).
Do'stlaringiz bilan baham: |