O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/278
Sana18.09.2021
Hajmi2,37 Mb.
#178132
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   278
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

 
Jadval 6 
Amerika mamlakatlari bo‘yicha xalqaro turistlarning tashrifi 
(2005 yil) 
Asosiy turistik 
yo‘nalishlar 
Keluvchi 
turistlar soni 
(mln.kishi) 
 
 
Hissasi (%) 
Keluvchi 
turistlardan 
olingan 
daromad (mln. 
dollar) 
 
 
Hissasi (%) 
Amerika mintaqasi 
133545 
        100,0 
144551 
        100,0 
Argentina 
    3805 
2,9 
   2753 
1,9 
Aruba 
      733 
0,5 
  1096 
0,8 
Bagam 
    1608 
1,2 
  2069 
1,4 
Braziliya 
    5358 
4,0 
  3861 
2,7 
Kanada 
  18612 
          13,9 
13584 
9,4 
Chili 
    2027 
1,5 
  1256 
0,9 
Kolumbiya 
     933 
0,7 
  1218 
0,8 
Kosta Rika 
   1679 
1,2 
  1570 
1,1 
Kuba 
   2261 
1,7 
  1920 
1,3 
Dominikan 
Respublikasi 
   3691 
2,8 
  3508 
2,4 
Ekvador 
     861 
0,6 
    486 
0,3 
Salvador 
   1154 
0,9 
    543 
0,4 
Gvatemala 
   1316 
1,0 
    860 
0,5 
Gonduras 
     740 
0,6 
   472 
0,3 
Yamayka 
   1479 
1,1 
 1545 
1,1 
Meksika 
 21618 
          16,4 
11803 
8,2 
Nikaragua 
     712 
0,5 
    207 
0,1 
Panama 
     702 
0,5 
    780 
0,5 
Peru 
   1486 
1,1 
  1308 
0,9 
Puerto-Riko 
   3686 
2,8 
  3239 
2,2 
AQSH 
 49402 
          37,0 
81680 
          56,5 
Urugvay 
   1808 
1,4 
    594 
0,4 
Venesuela 
    706 
0,5 
    641 
0,4 
 
Manba: 
Vsemirnaya turistskaya organizatsiya (YUNVTO) ©. 2006.   
 
Janubiy  Amerika  quruqligida  dunyodagi  eng  baland  Anxel  (Venesuela) 
sharsharasi,  ser  suv  Amazonka  (Braziliya)  daryosi,  qo‘l  tekkizilmagan  keng 
maydondagi namlik o‘rmonzorlar, eng yuqori (And tog‘lari) cho‘qqisi joylashgan. 
Bizgacha  yetib  kelgan  qadimgi  ink  qabilalari  sivilizatsiyasining  diqqatga 
sazovor diniy shaharlari Mantu-Pikchu va Kusko, Naska plotasi, kolonizatsiya qilish 


                      
48 
davri shaharlari. Bu materikning eng yirik va ulkan turistik imkoniyatlaridir. Hozirgi 
kunda  ulardan  juda  kam  foydalanilmoqda.  Moboda  materikning  mavjud  turistik 
resurslari to‘liq ishga solinsa, Janubiy Amerikaning xalqaro turistlar tashrifida uning 
salmog‘i so‘zsiz ravishda ortadi.  
Amerikada, xuddi Yevropadagidek singari turistlar oqimining eng ko‘p qismi 
mintaqa  ichki  turizmiga  to‘g‘ri  keladi.  Ayniqsa,  intensiv  turistik  oqim  Shimoliy 
Amerikada:  AQSH,  Kanada  va  Meksika  mamlakatlari  o‘rtasida  kuzatilinadi. 
Qaysikim,  eng  ko‘p  turistik  oqim  BTT  ma’lumtlariga  ko‘ra,  AQShdan  Meksikaga 
kelishadi. Bu esa dunyodagi eng ko‘p turistlar tashrifi oqimi bo‘lib hisoblanadi. Bu 
yerda  o‘rtacha  yillik  keluvchi  va  ketuvchi  turistlar  soni  46-47  mln.  kishini  tashkil 
qiladi.  AQShga  tashrif  buyuruvchi  turistlarni  ko‘proq  mamlakatning  yovvoyi  tabiat 
resurslari,  takrorlanmas  go‘zal  landshaft  manzaralari,  harakatdagi  geyzer  buloqlar 
vodiysi,  «Tirik  geologik»  milliy  bog‘lari  (Yellouston),  gigant  stalagmitli  g‘orlari 
(Karlsbad), katta ponaramali (Grand-Kanon) tog‘ daralari, Mayin qumli (Kaliforniya) 
plyajlari maftun etadi. Horijiy mamlakatlardan kelgan sayyohlarni AQShning nafaqat 
tabiiy  boy  resurlari  balki,  uning  osmon  o‘par  ma’muriy,  savdo-sotiq  binolari 
(Manxetten),  banklar  markazi  (Uoll-strit),  mashhur  ko‘priklari  (Bruklin),  oliygohlar 
(Kolumbiya  universiteti),  prezident  qarorgohi  (Oq  uy),  opera  teatri  (Metropoliten), 
Kinostudiyalari  (Gollivud),  ko‘ngil  ochar,  dam  olish  parklari  (Disneylend)  kabilar 
o‘ziga  chorlaydi.  Har  yili  AQSH  da  1  mlrd.  dan  ortiq turistik kelishlar  va  ketishlar 
(ichki  va  tashqi)  ruyxatga  olinadi.  Mamlakatda  ichki  turizm  salmog‘i  katta  bo‘lib, 
uning  asosiy  marshrutlari  dam  olish  sog‘lomlashtirish,  ko‘ngil  ochar,  tabiat 
ob’ektlari,  tarixiy  va  madaniy  markazlarga,  qarindosh-urug‘lar,  tanish-bilishlarga 
tashrif  buyurishdan  iboratdir.  Amerikalik  sayyohlar  horijiy  safar  qilishda  ko‘proq 
qo‘shni Meksika va Kanada mamlakatlariga sayr qilishni xush ko‘rishadi. Dunyoning 
uzoq  mamlakatlaridan  Yevropaning  Buyukbritaniya,  Fransiya,  Italiya,  Germaniya, 
Ispaniya  kabi davlatlari sayohatga  borishni  tanlashadi. Keyingi  paytlarda  amerikalik 
sayyohlarning  Osiyo-Tinch  okeani  mintaqasi  (Xitoy,  Yaponiya,  Syangan,  sobiq 
Gonkong, Janubiy Koreya, Singapur kabilar) ga borish istagi ortib bormoqda. Afrika, 
Yaqin  Sharq  va  Janubiy  Osiyo  (Hindiston,  Pokiston,  Shri  Lanka)ning  turistik 
mintaqalari amerikalik sayyohlar tomonidan juda kam o‘zlashtirilgan.  
BTT ma’lumotlariga ko‘ra, kelajakda amerikalik turistlarning Yevropa, Osiyo-
Tinch okeani va Yaqin Sharq mintaqasi mamlakatlari bilan ikki tomonlama sayyohlik 
aloqalari kuchaya borishi ko‘zda tutilgan. 
Afrika turizmi. Afrika qit’asi umumiy maydoni orollari bilan birgalikda 30,3 
mln.  kv.kmga  teng.  Aholisining  umumiy  soni  900  mln.  kishiga  yaqin.  Mintaqa 
siyosiy haritasida hammasi bo‘lib 56 ta endi rivojlanayotgan davlatlar bor.  
Afrika  xalqaro  turizm  sohasi  bo‘yicha  unchalik  yuqori  o‘rinni  egallamaydi. 
Uning xalqaro  turistlar  tashrifi bo‘yicha  boru-yo‘g‘i  4,6  %  ni  egallaydi.  Agar  1990 
yilda  butun  Afrika  mamlakatlariga  keluvchi  turistlar  soni  15,2  mln.  kishi  bo‘lgan 
bo‘lsa,  2005  yilga  kelib  ularning  umumiy  soni  36,7  mln.  kishiga  yetdi  yoki  tashrif 
buyuruvchi turistlar soni 2,4 barobarga ko‘paydi. 
Afrika  mintaqasi  tashrif  buyuruvchi  turistlarning  o‘sish  darajasi  bo‘yicha  eng 
oldingi o‘ringa chiqib oldi. 2005 yil ma’lumotiga ko‘ra ularning o‘sish darajasi 9 % 
atrofida kuzatildi. Eng ko‘p tashrif buyuruvchi turistlar Jazoirga (17%), Marokko (7 


                      
49 
%)  va  Tunisga  (6  %)  to‘g‘ri  keladi.  Afrikaning  janubiy  qismidagi  mamlakatlarda, 
jumladan  Kongo  Demokratik  Respublikasi  (+103  %),  Svazilend  (+83  %),  Gambiya 
(+23 %), Senegaya (+15 %) kabilar yuqori natijalarga erishdilar. Afrikadagi xalqaro 
turizmning  eng  muhim  rivojlangan  markazlaridagi  Janubiy  Afrika  Respublikasi 
(+6%)  ham  o‘z  natijalarini  yaxshiladilar.  Keniyada  ham  xalqaro  turizm  borgan  sari 
rivojlanib bormoqda va keyingi paytlarda yaxshi ko‘rsatkichlarga erishdi.  
Afrika  turizmining  tahlili  shuni  ko‘rsatadiki,  mintaqaga  tashrif  buyuruvchi 
turistlar  bo‘yicha  birinchi  o‘rinni  Janubiy  Afrika  Respublikasi  (JAR)  egallaydi. 
Afrikada  turizmga  bo‘lgan  qiziqish  borgan  sari  ortib  bormoqda.  Turistik    servisni 
takomillashtirish  va  uning  xilma-xilligini  oshirshga  e’tibor  kuchayib  bormoqda. 
Xorijiy  mamlakatlardan  kelayotgan  sarmoyalarning  bir  qismi  turizm  industriyasini 
rivojlantirishga yo‘naltirilmoqda. 
2005 yilda mamlakatga keluvchi turistlar soni 7,5 mln. kishidan ortiq bo‘lgan. 
Keyingi o‘rinlarni Tunis (6,4 mln.), Marokko (5,8 mln.), Zimbabe (1,6 mln.), Jazoir 
(1,4  mln.)  kabi    mamlakatlar  egallaydi.  Xalqaro  turizmdan  keladigan  tushum 
(daromad)  bo‘yicha  ham  birinchi  o‘rinni  JAR  (7,3  mlrd.  doll.)  egallaydi.  Keyingi 
o‘rinlarni Marokko (4,6 mlrd. doll), Tunis (2,1 mlrd. doll),  Mavrikiy (871 mln. doll), 
Tanzaniya  (796  mln.  doll),  Keniya  (579  mln.  doll),  Botsvana  (562  mln.  doll)  kabi 
davlatlar egallaydi. 
Jadval 7 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish