Huquqiy qobiliyati. Firmaning milliy qonunchilik asosida xalqaro turistik
faoliyat bilan shug‘ullanishiga imkon beradigan ahvoli. Bunday maqomga ega
bo‘lmagan huquqiy va jismoniy shaxs, to‘la huquqli turistik firma sifatida qaralishi
mumkin emas. Bunday firma bilan tuzilgan har qanday bitim yoki kelishuv keltirib
chiqaradigan oqibatlari bilan haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Turistik firma huquqiy qobiliyatligi rasmiy hujjatlarda aks etadi: litsenziya
yoki patent, registratsiya va boshq. Firmaning huquqiy agentlikka yoki xalqaro
turistik tashkilotga a’zoligi, transport kompaniyalari tomonidan akkredatsiyalangani
hisoblanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |