O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/278
Sana18.09.2021
Hajmi2,37 Mb.
#178132
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   278
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

10.2. Butunjahon turistik tashkiloti 
 
 
Butunjahon  turistik  tashkiloti  turizm  sohasida  yetakchi  xalqaro  tashkilot 
hisoblanadi. Turistik siyosat masalalarini  muhokama qilishda global forum bo‘lib 
xizmat  qiladi.  Shuningdek  turistik  statistika  va  turizm  sohasida  amaliy 
texnologiyalar manbaidir. 
 
BTT -World Tourism Organization, WTO, turistik tashkilotlar rasmiy xalqaro 
ittifoqi,  merosxo‘ri  sifatida  1975  yil  tashkil  etilgan.  BMT  bosh  Assamblyasi 
EKOSOS  bilan  kelishgan  holda  BTTni  hukumatlararo  tashkilot  maqomini  tan 
olgan. 
2002  yilda  uning  tarkibiga 139  mamlakat, 6  hudud  va 350  ga yaqin  xususiy 
sektor,  o‘quv  yurtlari,  turistik  assotsiatsiyalar  va  mahalliy  turistik  tashkilotlar 
kirgan. 
BTTning – Butunjahon turistik tashkiloti shtab kvartirasi Madrid (Ispaniya)da 
joylashgan.  Unda  dunyoning  barcha  joylaridan  turizm  sohasidagi  90  mutaxassis 
xodimlar  ishlaydi.  BTT  hukumatlararo  tashkilot  hisoblanib,  BMT  topshirig‘iga 
ko‘ra  hamma  uchun  ochiq  turizmni  rivojlantirish,  turizm  harakatiga  keng  ko‘lam 
baxsh etishda markaziy va hal qiluvchi rol o‘ynash vazifasi yuklangan. 
BTTning asosiy vazifasi yana yangi ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiy o‘sishni 
rag‘batlantirish,  atrof-muhitni,  madaniy  merosni  muhofaza  etish  va  targ‘ib  qilish 


                      
282 
hamda  dunyoda  turizm  orqali  inson  huquqlarini  xurmat  qilishga  erishish 
hisoblanadi. 
BTTning asosiy maqsadlari: 

 
Iqtisodiy  taraqqiyot  vositalari  sifatida  turizmni  qo‘llab-quvvatlash  va 
tinchlikni, xalqlararo o‘zaro tushunishni, farovonlikni, tili, irqi, jinsi, diniy 
e’tiqodidan qat’iy nazar inson huquqlariga rioya etilishni ta’minlash; 

  Turizm sohasida rivojlanayotgan mamlakatlar manfaatlariga rioya etish. 
BTT  yetarli  rejalashtirish,  boshqaruv  va  monitoring  bo‘lmasa  turizm 
madaniy, ekologik va ijtimoiy taraqqiyotga salbiy ta’sir qiladi deb hisoblaydi. Shu 
munosabat bilan BTT hukumatlarni, xususiy sektor, mahalliy xukumat organlari va 
nodavlat  tashkilotlari  bilan  hamkorlikda  turizm  sohasida  muhim  rol  o‘ynashga 
chaqiradi. 
BTT  fikricha,  turizm  bizning  davrimizda  faoliyatning  dinamik  turi  sifatida 
qashshoqlikka 
qarshi 
kurashda 
samarali 
foydalanilishi 
mumkin. 
BTT 
kambag‘allikka  barham  berish  vositasi  sifatida  turg‘un  turizmni  rivojlantirish 
bo‘yicha yangi tashabbuslarda o‘z kuchini YUNKTAD bilan birlashtirdi.  «Turg‘un 
turizm  –  kambag‘allika  bar  ham»(ST-EP)  dasturi    tashkilotni  uzoq  muddatga 
ishlashga  mo‘ljallangan,  kambag‘allik  bilan  kurashishi  uchun  turg‘un  turizm 
harakatiga  qaratilgan.  U  2003  yilda  «Turizm  kambag‘allik  bilan  kurashish,  ish 
o‘rinlari yaratish va ijtimoiy gormoniya uchun qudratli omil» shiori ostida hayotga 
tadbiq etildi. 
BTT-  Butunjahon  turistik  tashkilotining  barcha  a’zolari  uch  kategoriyaga 
bo‘lindi: 

 
Haqiqiy a’zo maqomiga ega bo‘lgan suveren davlatlar; 

 
Assotsiyalashgan a’zo maqomi (BTT assotsiyalashgan a’zosi har qanday 
   
davlat  yoki  guruxlar  territoriyalari  bo‘lishi  mumkin,  ular  o‘z  tashqi 
siyosati uchun mustaqil javobgar emas)ga ega bo‘lgan davlatlar; 

 
BTT birlashgan a’zolari turizm sohasida manfaatdor har qanday 
 
hukumatlararo  yoki  nodavlat  tashkilotlari,  shuningdek  faoliyat  BTT 
vakolati  yoki  turizmning  ba’zi  asoslariga  daxldor  tijorat  tashkilotlar  va 
birlashmalar  (aviakompaniyalar,  mehmonxonalar,  banklar,  tadqiqot 
institutlari, nashrlik guruxlari va boshqalar). 
Birlashgan a’zolar esa uch guruhga bo‘linadi:  
 
- BTT ish kengashi; 
 
- BTT ta’lim bo‘yicha soveti; 
 
- BTT turistik markazlarni boshqarish bo‘yicha operativ markazlari. 
 
Birlashgan  a’zolarga  kirish  uchun  nomzod  shtab  –  kvrtirasi  joylashgan 
mamlakatning  qo‘llab-  quvatlovchi  rasmiy  roziligi  talab  qilinadi.  BTT  turistik 
industriya  rahbarlari  va  hukumatlararo  faol  hamkorlikni  ta’minlovchi  hukumat 
vakillari  bilan  ish  olib  boradigan  operativ  sektor  mavjud  bo‘lgan  yagona 
hukumatlararo  tashkilotdir.  Birlashgan  a’zolarning  keng  tarkibi  o‘z  ish  dasturiga 
ega. Unda har yili majlislar va texnik seminarlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Masalan 
2001  yilda  «Turizmda  elektron  biznes»,  2002  yilda  «Davlat  va  xususiy  sektor 
hamkorligi va sherikchiligi » kabi maxsus mavzularda seminarlar o‘tkazildi. 


                      
283 
BTT quyidagi tuzilmaga ega: 

  Bosh assambleya. Bosh assambleya haqiqiy a’zolar vakillaridan iborat BTT 
ning yuqori organi hisoblanadi. Navbatdagi sessiya har ikki yilda bir marta 
chaqiriladi.  Zarurat  tug‘ulganda  navbatdan  tashqari  sessiya  chaqirilib, 
vaziyat taqazo qilgan masalalar  muhokama qilinadi. Assambleya ikki yilda 
bir  marta  tashkilot  byudjetini  muhokama  qilish  uchun  chiqariladi  va  uning 
ish dasturi turistik sektordagi dolzarb muammolarni muhokama qiladi. Bosh 
assambleya har to‘rt yilda tashkilot bosh kotibini saylaydi. Asambleya BTT 
faoliyat  doirasiga  kiruvchi  har  qanday  masalani  muhokama  etadi.  Bosh 
assambleya  Haqiqiy  va  Assossiyalashgan  a’zolar  ichidan  ovoz  beruvchi 
delegatlardan  tashkil  topgan.  Birlashgan  –  Qo‘shilgan  a’zolar  va  boshqa 
halqaro  tashkilotlar  vakillari  Assambleyada  kuzatuvchi  sifatida  ishtirok 
etadi. 

  Ijroiya  soveti.  Ijroiya  soveti  Bosh  assambleya  tamonidan  geografik 
vakillarga rioya etilgan holda saylanadiki, besh haqiqiy a’zoga bitta kengash 
a’zosi to‘g‘ri keladi. Ispaniya kengashga BTT joylashgan mamlakat sifatida 
kiradi. Bundan tashqari assotsilashgan va qo‘shilgan a’zolardan ovoz berish 
huquqisiz bittadan vakillar  kiritiladi. Ijroiya  kengashi  bir  yilda kamida  ikki 
marta  yig‘iladi.  U  bosh  kotib  bilan  birgalikda  Assambleya  qarorlari  va 
tavsiyalarini amalga oshirilishi uchun zarur barcha chora- tadbirlarni ko‘radi 
va  ularning  bajarilishi  yuzasidan  hisobot  (doklad)  -  axborot  beradi. 
Assotsiyalashgan  va  Qo‘shilgan  a’zolar  Ijroiya  soveti  ishida  kuzatuvchi 
sifatida qatnashadilar. 

  Hududiy. BTT a’zolari - davlatlar olti hudud bo‘yicha taqsimlangan: 
1.  Afrika; 
2.  Amerika; 
3.  Sharqiy Osiyo va Tinch okeani; 
4.  Yevropa; 
5.  Yaqin va O‘rta Sharq; 
6.  Janubiy Osiyo. 
Komissiya  tegishli  hududlardan  barcha  haqiqiy  va  Assotsiyalashgan 
a’zolardan  iborat  va  o‘z  majlisini  kamida  yiliga  bir  marta  o‘tkazuvchi  Mazkur 
hududdan qo‘shilgan a’zo komissiya ishida kuzatuvchi sifatida qatnashadi.  

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish