O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Jadval 19  Dunyo mehmonxonalarini boshqaruvchi yirik kompaniyalar



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/278
Sana18.09.2021
Hajmi2,37 Mb.
#178132
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   278
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

Jadval 19 
Dunyo mehmonxonalarini boshqaruvchi yirik kompaniyalar 
Kompaniy

lar  
Shtab-
kvartira- 
ning 
joylashgan 
joyi 
Nomer 
lar soni, 
mingta 
Mehmon 
xonalar 
soni, 
birlikda 
 
 
Eslatma 
Richfild 
Xospiteliti 
Servaysiz 
AQSH 
 
 
 
33.5 
141 
«Xilton 
Xoutelz 
Korpa- 
reyshn», «Ay-Ti-Ti Sheraton» 
va  boshqa  aksiyalarini  egal- 
laydi.  O‘ntadan  ortiq  xuusiy 
mehmonxonalarga  ega.  Ikkita 
mamlakatda 
mehmonxonalarni  boshqarish 
shartnomasiga ega. Boshqaruv 
sohasidan olgan daromadi 552 
mln.  AQSH    dollari.  Oziq-
ovqat  va  ichimlik  lardan 
olingan      daromad  200  mln. 
AQSH dollari. 
Intersteysh 
AQSH 
29.6 
130 
«Marriot  Inerneshnl»,  «Xil-


                      
231 
Xoutelz 
ton  Xoutelz  Korporeyshn», 
«Ay-Ti-Ti 
Sheraton», 
«Xolidey  Inn  Uorlduayd»  va 
yana 
12 
korxona-larning 
aksiyasiga egalik qiladi. Ikkita 
xususiy  otelga  ega.  Uning 
umumiy  daromadi  587  mln. 
AQSH 
dollari. 
Mehmon-
xonalarning    yuklanish  koef- 
fitsenti -73%. 
Dablitri 
Xoutelz  
AQSH 
21.6 
81 
— 
Kvinz 
Mout 
Xauziz 
Buyuk -
britaniya 
21.2 
172 
«Xolidey  Xauziz  Inn  Uorl-
duayd», 
«Mout 
Xauziz», 
«Kvinz  Xoutel»,  «Austrotel» 
va  «Bilderberg»  aksiya-lariga 
egalik 
qiladi. 
Yevropa, 
jumladan,  Buyukbritaniyadagi 
mehmonxonalarni boshqaradi. 
Ameriken 
Djenral 
Xospiteliti 
AQSH 
16.9 
96 
«Xospiteliti 
Franchayz 
Sistems», 
«Xolidey 
Inn 
Uorlduayd»,  «Best  Uestern 
Inerneshnl» 
va 
boshqa 
aksiyalariga 
egalik 
qiladi. 
Uchta 
mehmonxonaga 
birgalikda 
ega-lik 
qiladi. 
Boshqaruv 
faoliyati-dan 
olingan  daromad  270  mln. 
AQSH dollari.   
Manba:
 A.Yu.Aleksandrova. Mejdunarodniy turizm. M., 2004. 
 
Turistik  bozorda  o‘z  mavqeini  mustahkamlash,  maqomini  oshirish  va 
moliyaviy  ko‘rsatkichlarini  yaxshilash  maqsadida  kompaniya  boshqaruvchisi 
kuchlarni birlashtiradi. Korxonalar egalari bilan shartnoma tuzishda ular birgalikda 
o‘z  manfaatlarini  himoya  qilishi  osonroq  kechadi.  Kontragentlar  o‘rtasidagi 
munosabatlarda  o‘zaro  manfaatli  aloqalar  bugun  muhim  ahamiyat  kasb  etadi. 
Chunki mulkdor professional menejerlarga talabni tobora qattiqroq qo‘yayapti. Ular 
kompaniya  boshqaruvchisi  uning  mehmonxonasi  egasi  bo‘lishini  istaydi.  Uning 
bilan  moliyaviy  qaltisliklarni  baham  ko‘radi.  Bu  bilan  mulkdan  qanday  qilib 
samarali  foydalanish  lozimligini  rag‘batlantiradi.  «Xayyatt  Xoutelz  Internesheynl» 
korporatsiyasi  prezidentining  so‘zlariga  ko‘ra:  «Boshqaruvda  mutloq  shartnomalar 
davri  o‘tdi.  Endi  mehmonxonalarni  investitsiyalovchi  odamlar  boshqaruvi  o‘z 
manfaatlarini ular bilan baham ko‘rishni istashadi». 
TMK  mehmonxonalar  strategiyasi  kuchli  va  kuchsiz  tamonlar  xorijiy 
ekspansiya turli usullarining murakkab birligi hisobga olish yo‘li bilan shakllanadi.  
 
Hozirgi  vaqtda  jahon  mehmonxonalar  xo‘jaligi  jiddiy  o‘zgarishlar  davrini 
boshidan kechirmoqda. Sektorni tarkibiy qayta qurish jarayoni ro‘y beryapti. Ishlab 


                      
232 
chiqarishni  boshqarish  va  tashkil  etish  shakllari  o‘zgaryapti  va  transmilliy 
favoliyatini tashkil etish moddellari yangilanyapti. 
 
Keyingi  uch  o‘n  yilliklar  davomida  eng  samarali  model  amerikaniki  bo‘lib 
hisoblanadi. U mehmonxonalar taraqqiyotiga kuchli ta’sir o‘tkazmoq va u ommaviy 
ketma-ket  ishlab  chiqarish  tizimi  tamoyillaridan  foydalandi.  Bu  tamoil  birinchi 
marta  AQSH  da  G.Ford  avtomobil  zavodida  joriy  etildi.  Bu  tizim  ishlab  chiqarish 
jarayonlarini 
standartlash, 
tipiklashtirish, 
konverterlashga 
asoslangan. 
Mehmonxonalar  xo‘jaligida  ketma  -  ket  ommaviy  ishlab  chiqarishni  tashkil 
etishning  amerika  modeli  mablag‘larni  joylashtirshning  yuqori  darajada  milliy 
standartlashtirishda  namoyon  bo‘ldi.  Ularning  tarmoqlari  “Xolidey  Inn»,  “Best 
Uestern motel”, “Xavard Jonson” singari mexmonxonalar kompaniyalari sharofi ila 
tez su’ratlarda kengayib bormoqda. 
 
XX  asrning  50-60  yillarida  mehmonxonalar  biznesini  tashkil  etishning 
amerikacha modeli o‘zining gullab yashnagan cho‘qqisiga yetdi. Uning ustunligi va 
harakterli  qirralari  turistlarga,  eng  avvalo  AQSH  lik  turistlarga  yaqqol  ko‘rindi. 
1955 yil “Istambul Xilton” oteli tantanali ochilish marasimida ishtirokchilardan biri 
mehmonxonalar  “Xilton  Xoutelz”  zanjiriga  kiruvchi  shunday  xotirilaydi:  “Biz 
Istambuldan  uchib  kelganimizda,  bu  qadimgi  shahar  sirli  va  romantik  olamga 
chuqur  g‘arq  bo‘ldik  deyishimiz  ortiqcha”.  Men  bu  shahar  «Oltin  muguz» 
Amerikaning  kichkinagina  bo‘lagini  o‘zida    mujassam  qilgan  ulkan  kengliklar 
ekanligini  his  etdim.  Ochilish  marosimida  Konrod  Xilton  uning  har  bir  oteli 
mittigina Amerika ekanligini aytdi. 
 
Amerika  modeli  qattiy  ma’muriy  boshqaruv  usullariga  asoslangan.  Otellar 
xodimlari tor ixtissoslikka ega edilar. Ularning barchasi xatti harakatlari instruksilar 
va bevosita rahbarlik ko‘rsatmalariga  bo‘ysindirilgan edi. Bular esa ishlab chiqarish 
tizimi  ishni  yaxshi  yo‘lga  qo‘yishni  ta’minlaydi.  Mehnatni  tashkil  etishda 
amerikaliklar  munosabatini  o‘rgangan  Buyukbritaniyalik  menejerlar  ishning 
standart  usullari  samarali  ekanligini  ta’kidlashdi.  Ular  yana  amerikalik 
hamkasabalarining ish usalubi prinsipal asarlari – doimiy ravishda foyda va zararni 
hisoblab  borishlariga  e’tiborini  qaratdilar.  Keyinchalik  bu  ish  tamoiliga 
yevropaliklar ham amal qila boshladilar. 
 
Mehmonxona  biznesini  boshqarish  va  tashkil  etishning  amerikacha  modeli 
urushdan  keyingi  jahon  bozori  talablariga  haddan  tashqari  mos  keldi.  Is’temol 
talablari qondirilmagan sharoitda amerika kompaniyalari mehmonxonalar xizmatida 
ketma-ket  ommaviy  ishlab  chiqarishga    umid  bog‘ladilar.  Ular  o‘zlarining 
mehmonxonalar    zanjirini  o‘z  mamlakatlaridan  tashqari  uzoq-uzoq  mamlakatlarga 
yoydilar. Bunda mahalliy mehmonxonalar kompaniyalarning raqobatda ojizligi qo‘l 
keldi.  Amerika    transmilliy  korporatsiyalarining  xorijdagi  ekspansiyasi  deyarli 
to‘siqqa  uchramay  bosib  bora  boshladi.  O‘nta  yetakchi  xalqro  mehmonxonalar 
kompaniyalaridan  sakkiztasi  amerikanikidir.  Dunyodagi  otellarning  yarimi  va 
xonalarning 56% Amerika TMK ulushiga to‘g‘ri keldi. 
 
O‘tgan asrning 80 – yillarida Amerika modeli o‘z nufuzini yo‘qota boshladi. 
Uning samaradorligini pasayishi birinchi navbatda is’temol talablarining o‘zgarishi 
bilan bog‘liq edi. Jahon bozorining ehtiyoj mollari va xizmatlar bilan seroblashgani 
amerikacha  ommaviy  ishlab  chiqarish  standart  mahsulotlarini  yetkazib  qo‘ydi. 


                      
233 
Talab  differensiyalashib  (tabaqalashib)  qoldi.  Uni  qondirish  uchun  keng  iste’mol 
assortimentida  sifatli  mahsulotlar  ishlab  chiqarishni  yo‘lga  qo‘yish  talab  qilinardi. 
Ko‘pchilik 
turistlar 
uchun 
standart 
joylashtirishlar 
ustunlikdan 
bosh 
yetishmovchilikka aylandi. 
 
Sayohatchilardan  birining  xotiralarida  Amerika  mehmonxonalari  zanjiri 
fenomen va keng qamrovli standartlashtirishga nisbatan his tuyg‘usi ifoda etilgan: 
«Men shaharning uzoq chekkasigacha yetib borgach fontanli hashamatli bino turishi 
kerak  bo‘lgan  joyda  kutilmaganda  o‘zicha  ko‘chib  kelgan»  «xolidey  Inn»ni 
ko‘rdim. Qurilish shunchaki katta va ko‘rimsiz tashlandiq bir joyda qurilgan ediki  
hafsalam  bir  bo‘ldi.  No‘noqlik  bilan  shablon  quticha  shaklida  qurilgan  bino 
derazalari qiyshaygan, kirishdagi qorong‘u yo‘lak, o‘tgan qaytganlarni qayd etuvchi 
devordagi  videokamera,  yashil  plastik  ko‘rsatkichlarni  ko‘rib  huzr  qilib,  so‘lim 
go‘shada dam olish orzurarimiz chippakka chiqdi. U xuddi mashinalar qo‘yiladigan 
joyga  o‘xshardi.  Uni  ko‘rkam  qilish  uchun    Sariq  chaqalik  ham  ish  qilinmagani 
ko‘rinib turardi. 
 
Yangi  bozor  sharoitida  konveyer  usulida  ishlab  chiqarish  tizimida 
egulivchanlik  yetishmasdi.  U  juda  ham  inersion  bo‘lib  chiqdi.  Amerika  TMK 
doimiy o‘zgarib turuvchi is’temol talablariga tezda javob berishga qodir emasdi.  
 
Mehmonxonalar biznesini boshqarish va  tashkil etishning amerikacha modeli 
inqirozi  turli  shakllarda  namoyon  bo‘layotir.  Jahon  bozoriga  Yapon,  Britan, 
Syangan  (Gankong),  Skandinav,  Fransuz  operatorlari  chiqdilar  va  Amerika 
kampaniyalarini  siqib  chiqara  boshladi.  Bunda  ayniqsa  Fransiya  «Akkor»guruhini 
alohida  ta’kidlab  o‘tish  lozim.  Bu  gurhda  1978  yilda  45  otel  bo‘lgan  bo‘lsa  1989 
yilga  kelib  ularning  soni  263  taga  (84%ga)  o‘sdi,  1994  yilga  kelib  esa  dunyo 
bo‘yicha  2265  otelga  ega  bo‘ldi.  Bundan  tashqari  Britaniya  kampaniyalari 
tamonidan  uch  yetakchi  Amerika  mehmonxonalar  zanjiri  sotildi.  «Xolidey 
Korporeyshn»  o‘ziga  tegishli  «Xolidey  Inn»  aksiyalarini  Britaniya  kompaniyasi 
«Bass  Xoutelz  End  Risorts»ga  boy  berib  qo‘ydi.  «Xilton  interneyshnl» 
«Ledbrouks»kompaniyasi    tamonidan  nazorat  qilinmoqda.  «Inter-Kontinental 
«Xoutelzx End Risorts» «Grant Metropoliten» tamonidan sotib olindi. Keyinchalik 
esa uni Yaponiyaning «Seybu Seyzon» kompaniyasiga sotib yubordi. 1998 yilda u 
yana  «Bass Xoutelz End Risorts»ga qayta sotildi. 
 
Davr 
menejerlardan 
boshqacha 
fikrlashni 
talab 
qilardi. 
Amerika 
mehmonxonalar kompaniyalari kadrlar tayorlashda AQSH bosh yo‘nalishidan kelib 
chiqib  o‘zining  milliy  standarlarini  dunyoga  yoyishni  ko‘zlagan  edi.  Bu  tamoilga 
amal  qilgan  Amerika  mehmonxonalar  kompaniyalari  avvalo  amerikalik  turistlar 
uchun xos muxit yaratdilar. Ularni mahalliy va begona kishilardan ajratib qo‘ydilar. 
Shu tariqa amerikaliklarga sayohat uchun qulay shart- sharoit yuzaga keldi. 
 
Ammo hayot qabul qiluvchi mamlakat milliy madaniy xususiyatlarini hisobga 
olishga  majbur  etdi.  Birinchi  mult  madaniy  firmalar  paydo  bo‘ldi.  O‘zgarish 
zarurligini  anglagan  amerikalik  mehmonxonalar  korporatsiyalari  boshqaruv 
xodimlari o‘rtasida «globallashuv bo‘yicha qo‘llanma» tarqatdilar. 
 
Amerikaliklarnikidan  farqli  ravishda  Yevropaliklar  mehmonxonalar  ishini 
tashkil  etishga  avval  boshdan  yumshoqroq  yondoshdilar  va  standartlashga  kam 
darajada  e’tiborni  qaratdilar.  «Akkor»  fransuz  guruhi  rahbarlarining  fikricha, 


                      
234 
kompaniya  xalqaro  muvaffaqiyatga  egiluvchan  xo‘jalik  yuritish  tizimi  va  milliy 
muhitga ko‘nikish tufayli erishgan. 
 
Kelib  chiqishi  Osiyodan  bo‘lgan  boshqa  model  ham  bor.  Dunyoda  Yapon, 
Syangan  (Gonkong)  mehmonxonalar  zanjiri  bilan  birga  tobora  ko‘proq  tarqalib 
borayapti. U butunlay uzoq istiqbollarga mo‘ljallangan. TMKlar va ularning barcha 
korxonalarining  asosiy  hayotchanligi  mezonlaridan  biri  uzoq  davr  mobaynida 
egiluvchan  va  samarali  faoliyat  ko‘rsatishi  hisoblanadi.  Bunday  yondoshuv  juda 
muhim.  Chunki  Osiyolik  mehmonxonalar  TMKlari  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  xorijiy 
investitsiyalar 
hajmlarini 
oshirib 
borishadi. 
Ayrim 
mutaxassislarning 
baholashlaricha,  2019  yilga  borib,  dunyodagi  yetakchi  10  ta  mehmonxonalar 
zanjirining yarimi o‘zining Osiyolik tub ildiziga ega bo‘ladi. 
 
Hozirgi  vaqtda  har  uchchala  modelning  o‘zaro  yaqinlashish  tendensiyasi 
ko‘zga  tashlanmoqda.  Ko‘proq  samaraliroq  boshqaruv  usullarining  qo‘llanish  va 
innovatsiyalar  almashish  jarayonlari  kechayapti.  Shu  munosabat  bilan,  xo‘sh, 
Amerika,  mehmonxonalar  TMKlar  prinsipial  jihatdan  strategiyasini  o‘zgartiradimi 
yoki  modifitsirlashtiradimi?  degan  savol  tug‘iladi.  Hozircha  bu  savol  javobsiz 
turibdi. 
 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish