139
bir qismini pudrat shartnomasi asosida boshqa turistik firmalarga beradi. Bunda
tashish bahosi oshsada, baribir pudratga oluvchi uchun foydalidir.
Muvaffaqiyatli charter dasturlari juda ko‘p turoperatorlarga, ayniqsa
Buyukbritaniya, Skandinaviya mamlakatlari va Germaniyada samolyotlar sotib olish
va dasturlarni xususiy aviatransportlarda davom ettirish imkonini berdi. Yirik
turopeatorlar shuningdek avtobuslariga ham ega bo‘lishdi, ular sayr-tomosha
ob’ektlari, ba’zan joylashtirish vositalariga ham egalik qilishadi.
Turistik xizmatlar paketiga narxlar kalkulyatsiyasi masalasi alohida ko‘rib
chiqishga loyiq. Amalda turoperatorlar narx shakllanishining uch usulidan
foydalanishadi: chiqim mo‘ljali bilan, talabga va raqobatga qarab. Birinchi usul
bo‘yicha narx to‘liq summa sifatida hisoblanadi, turistik mahsulot ishlab chiqarish
chiqimli va daromad chiqimdan ziyod foiz sifatida namoyon bo‘ladi. Ikkinchi usul
narxni belgilash va talabni baholash va o‘rganishga asoslangan. Bu konkret maqsadli
bozor uchun ma’quldir. Narxlarni mo‘ljal bilan kalkulyatsiyalashda raqobatga kirish
o‘xshash turlarga narx darajasi bo‘lib xizmat qiladi. Bunday yondoshuv juda jalb
qiluvchi va o‘sha turoperatorlar uchun qulaydir. Chunki ular o‘z xususiy marketing
tadqiqotlarini o‘tkazish imkoniga ega emaslar. Har uchala usul ham oqilona
qo‘llanganda raqobatga dosh beradigan narx belgilashga yordam beradi, iste’mol
talablarini rag‘batlantiradi va sayohat tashkilotchisiga daromadni ta’minlaydi.
Turistik mahsulotga narx belgilash bir qator qiyinchiliklar bilan kechadi, bu
noaniqlik omillaridan kelib chiqadi va iste’molchiga ma’lum qilinadi, qaysikim uning
hamma jihatlari ham ma’lum emas. Shuning uchun turoperator taxminiy
baholashlarga tayanadi. U oldindan turistlar tashish va joylashish vositalariga
yuklanish foizini hisoblab chiqishi, valyuta kursini aniqlashi lozim. Valyuta kursi
xorijiy sheriklar bilan hisob-kitob qilishda e’lon qilinadi va bozordagi narx bilan
muvofiqlashtiriladi. Yo‘l qo‘yilgan noaniqliklar bevosita firma moliyaviy
ko‘rsatkichlarida aks etadi. Zararga yo‘l qo‘ymaslik uchun turoperator boriladigan
mamlakat pul birligida narx belgilashi mumkin, qonunchilikda ruxsat berilgan bo‘lsa,
muddatga valyuta sotib oladi, yoki boshlanishda sotish narxi uzil-kesil emasligini
ko‘rsatadi. Yuklanish koeffitsiyentini aniqlash bilan bog‘liq qaltisliklar qisman narx
ustiga qo‘yiladi.
Avia uchishlar bilan safarlarga ixtisoslashgan bir klassik operator xo‘jalik
faoliyati natijalarini ko‘rib chiqamiz. Aviatashish va joylashtirish harajatlarning
asosiy statiyasi hisoblanadi. Chiqimning xuddi shu turi turoperator taklifini aniqlaydi.
Turoperator pekiej turni iste’molchi uchun maqbul keladigan narx belgilabgina
amalga oshirishi mumkin. Agar turistik xizmatlarni butun paketini sotib olish uning
tarkibiga kiruvchi alohida xizmatlarni sotib olishdan ma’qulroq bo‘lsa, oldi-sotdi
dalolatnomasi tuziladi. Amalda yutuq 15-40 % ga yetadi, ba’zan esa undanda ko‘proq
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: