O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/278
Sana18.09.2021
Hajmi2,37 Mb.
#178132
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   278
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

Kuzatish joyi 
Territoriya 
Yopiq 
Ochiq 
Katta 
Kichik 
Katta 
Kichik 
Mam- 
lakat 
Orol 
Turistlar 
ko‘proq 
boradigan 
joy 
Rayon 
Shahar 
Turistlar 
ko‘proq 
boradigan joy 
Kirish (chiqish) 
punktlari 
ha 
ha 
yo‘q 
yo‘q 
yo‘q 
yo‘q 
Transport 
vositalari 
ha 
ha 
yo‘q 
yo‘q 
yo‘q 
yo‘q 
Joylashtirish 
vositalari 
yo‘q 
ha 
yo‘q 
ha 
ha 
yo‘q 
Ko‘rsatish 
ob’ektlari 
yo‘q 
ha 
ha 
ha 
ha 
ha 


                      
76 
etiladi. Tahlil chog‘ida dalillarga mustahkam poydevor qo‘yiladi, xulosalar chiqarish 
va  aniq  amaliy  takliflarni  ishlab  chiqish  uchun  zamin  yaratiladi.  Ba’zan  statistik 
tadqiqotlar statistik ma’lumotlar bilan to‘ldiriladi. 
Statistik  kuzatuv  xatolari  va  kuzatuv  materiallari  ustidan  nazorat. 
Statistik  kuzatuvlarning  sinchiklab  ishlab  chiqilgan  rejasi  turizm  haqida  ishonchli 
ma’lumotlar  olishning  garovidir.  Lekin  u  qanchalik  ikir-chikirigacha  puxta 
o‘ylanmasin va hisobchilar yo‘l – yo‘riqga amal qilishga qanchalik intilishmasin har 
qanday  statistik  kuzatuvda  xatolarga  yo‘l  qo‘yilishi  mumkin.  Xato  va  kamchiliklar 
turli  sabablarga  ko‘ra  paydo  bo‘ladi.  Jamlangan  kelishuv  natijasida, 
umumlashtirishda,  formulyarni  notug‘ri  to‘lg‘azilganda,  so‘raluvchilar  eslatgan 
dalillar yoddan chiqqanda va h.k. 
Statistikada  hamma  xatolar  oldindan    ko‘zda  tutilgan  va  ko‘zda 
tutilmaganlarga  bo‘linadi.  Keyingisi  o‘z  navbatida  tasodifiy  xol  yoki  sistematik 
harakter kasb etadi. Tasodifiy xato javob beruvchi aybi bilan ham, qayd etuvchining 
yozuvda  adashishi,  kelishuvi,  bilimsizligi  va  boshqalar  oqibatida  ham  ro‘y  beradi. 
Bular  kuzatuv  natijalariga  jiddiy  ta’sir  o‘tkazmaydi.  Chunki  bunday  xatolar 
ko‘pincha  bir xilda kamaytirib ko‘rsatishda  ham,  ko‘paytirib, bo‘rttirib ko‘rsatishda 
ham uchraydi va keng qamrovli kuzatuvda yutilib ketib, betaraflanib qoladi. 
Ko‘zda  tutilmagan  sistematik  nuqsonlar,  xatolar  asosan  so‘rovlarda 
umumlashtirilgan  ko‘rsatkichlar  hisobiga  paydo  bo‘ladi  (tashrif  buyuruvchining 
yoshi, uning daromadi, tunash sonlari va shunga o‘xshashlar). Ko‘pincha yoshni qayd 
etishda  oxiri  0  yoki  5  bilan  tugaydigan  umumlashtirishlar  ko‘zga  tashlanadi.  Misol 
uchun, yozuvlarda 40 yoshli turistlar 39 va 41 yoshlilardan ko‘p uchraydi. Bu hodisa 
statistikada  yoshlarning  akkumulyatsiyasi  deb  nom  olgan.  Bu  xatolar  to‘plangan 
statistik materiallarni qayta ishlashda tuzatilmoqda. 
Ko‘zda tutilgan xatolar, nomidan ham ko‘rinib turibdiki, so‘raluvchining ongli 
ravishda  haqiqatni  yashirishidan  paydo  bo‘ladi.  Bu  xatolar  bir  yo‘nalishda 
ma’lumotlarni uning kattalik ko‘rsatkichlarini buzib, pasaytirib ko‘rsatadi (masalan, 
turistik  firmalar  oboroti).  Ko‘zda  tutilgan  xatolar  statistik  tadqiqotlar  uchun  juda 
xavfli. Ularni aniqlash va tuzatish uchun ozmuncha kuch talab etilmaydi.  
Statistik  formulyarlardagi  axborotlarning  to‘g‘riligi  mantiqiy  va  arifmetik 
yo‘llar  bilan  tekshirib  ko‘riladi.  Mantiqiy  nazorat  chog‘ida  qo‘yilgan  savollarga 
javoblarning  mosligi  yoki  dasturning  turli  savollariga  javoblar  o‘rtasidagi  moslik 
aniqlanadi.  Masalan,  «Safardan  maqsad»  grafasida  «Amerikalik»  deyilgan  bo‘lsa, 
o‘z-o‘zidan  tushunarliki  javob  savolga  to‘g‘ri  kelmaydi,  xato  esa,  boshqa  grafaga 
yozuv tufayli kelib chiqqan. 
Umumiy yig‘indi sifatida olingan javoblar, xilma-xillik yozuvlari yoki boshqa 
ko‘rsatkichlar  qismi  (turistik  harajatlar  va  ularni  statiyalar  bo‘yicha  bo‘linishi, 
shuningdek  sayohat  kunlari  bo‘yicha)  mantiqiy  nazorati  hisoblashning  to‘g‘riligini 
tekshirish orqali tahlil etiladi. 
Hammasini  emas  (tanlangan)  tadqiqotlar  paytida  ularning  xususiyatiga  ko‘ra, 
yuqorida  ko‘rib  chiqilgan  qayd  qilingan  xatolardan  tashqari,  reprezentativ    (taqdim 
etilgan) xatolar ham uchraydi. Ular kuzatuv birligini noto‘g‘ri tanlash chog‘ida paydo 
bo‘ladi.  


                      
77 
Aniqlangan  barcha  xatolar  iloji  boricha  tuzatilishi  kerak.  Buning  uchun 
ko‘pincha  nazorat  so‘rovlari  o‘tkazishga  telefon,  pochta  orqali  so‘rovlar  olishga 
to‘g‘ri keladi. BTT ekspertlarining fikricha, qimmat turadigan tekshirishlar chog‘ida 
xatolar 5 % dan, pilotaj tadqiqotlar chog‘ida 13 % dan oshmasligi zarur. 
To‘plangan axborotlar solishtirib ko‘rilgandan keyin keyingi qayta ishlashlarga 
tayyorlanadi. 
Ular 
jadvallarga 
ko‘chiriladi. 
So‘ngra 
boshqa 
statistik 
ko‘rsatkichlarning asosiy ahamiyati va o‘rtacha kattaligini hisoblashda foydalaniladi. 
 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish