21
II Bob. XALQARO TURIZMNING RIVOJLANISHIGA
TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
2.1. Geografik omillar
2.2. Iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va demografik omillar
2.3. Sayyohlar xavfsizligi
2.4. Transport tarmoqlari va kommunikatsiyalar
2.5. Turistik infratuzilmalar
2.6. Ilmiy texnika taraqqiyoti (yangi texnologiyalar)
2.1. Geografik omillar
Tabiiy geografik omillar. Kishilar tabiat qo‘yniga chiqib, juda ko‘p
manzarali joylarni ko‘rish va ulardan bahramand bo‘lishga intiladi. Sayyohlik, dam
olish uchun tabiiy sharoitning xilma-xilligi darajasi va xususiyati muhim ahamiyatga
ega. Ya’ni ma’lum bir hududning yer usti ko‘rinish manzarasi (landshafti), iqlimi,
o‘simlik va hayvonat dunyosi xilma-xilligi kishilarning dam olishi, o‘z salomatligini
tiklashi uchun asosiy vositalardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Shu sababli sayyohlik firmalari ekzotik, betakror tabiiy ob’ektlarni ko‘proq
reklama qilishadilar. Ayniqsa Osiyo, Afrika, Markaziy va Janubiy Amerika,
Avstraliya va Okeaniya kabi mamlakatlar o‘zining diqqatga sazavor tabiiy
ekzotikalari bilan Yevropa va Shimoliy Amrikalik sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi.
Kolumbiyada «Kolumbiya qushlari» nomi bilan ataladigan noyob sayyohlik turi,
«Pan-Ameriken» aviakompaniyasining 24 kunlik Avstraliya va Yangi Zelandiyaga
qimmat baho toshlar va minerallarni topish uchun sayohat uyushtirishi misol bo‘ladi.
Xalqaro turizmni rivojlantirishda mamlakat va hududning geografik o‘rni
ya’ni uning dengiz va okeanga yaqinligi, qirg‘oq chiziqlarining xususiyati, turli xil
suv, avtomobil va temir yo‘llar bilan kesishish joyi, tog‘li va o‘rmon manzarali
joylarga yaqinligi, ular bilan ta’minlanganlik darajasiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Jumladan, xalqaro turizmni rivojlanishda Yevropa mamlakatlari, Vest Indiya,
Singapur kabi mintaqalar va hududlar geografik joylanish xususiyati bilan alohida
ajralib turadi.
Ko‘p minglab turistlarning kelib ketishida turistik o‘lkaning yer usti tuzilishi
relefi katta rol o‘ynaydi. Tog‘li, xush manzarali, murakkab relef tuzilishiga ega
bo‘lgan o‘lkalar turistlar oqimini o‘ziga ko‘proq jalb qilishadi. Murakkab tog‘ relfi
landshafti estetik jihatdan tekislik, yassi hududlarga nisbatan turistlarni ko‘proq jalb
etish imkoniyatiga ega. Tog‘li o‘lkalar o‘zining toza va sof havosi bilan ajralib, tog‘
sportini rivojlantirish imkonini tug‘diradi. Yevropaning Alp, Osiyoning Ximoloy,
Afrikaning Atlas, Amerikaning Kordilera va Avstraliyaning Katta suv ayirg‘ich
tog‘lari, Yangi Zellandiyaning Janubiy Alp tog‘lari xalqaro turizm sohasida yirik
markazlarga aylanishi bejiz emas.
Xalqaro turizmning rivojlanish jarayonlari ko‘p xollarda mamlakatlar va
hududlarning tabiiy iqlim sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. Bu o‘rinda tabiiy iqlim sharoiti
yetakchi o‘rinni egallaydi. Tabiiy išlim sharoiti turizm harakatini mavsumiy
harakterga aylantiruvchi asosiy omil bo‘lib hisoblanadi. Tabiatda ob-havoning
22
o‘zgarishi, tabiiy ofatlarning tez-tez takrorlanish hodisalari, tabiat injiqliklari turistlar
oqimining keskin kamayishiga sababchi bo‘ladi. Shu sababli turizmning eng
rivojlangan mintaqalari yer sharining mutadil iqlim zonalariga to‘g‘ri keladi.
Jumladan, O‘rtayer dengizi, qora dengiz, Karib dengizi, Adriatika dengizi, Boltiq
dengizi, Yapon dengizi, Janubiy Xitoy dengizi qirg‘oqlarida joylashgan
mamlakatlarda turizm xalqaro ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |