229
istiqboli yo‘q. Savdo markalari o‘rtasida raqobatning kuchayishi franshiza
beruvchini franshiza oluvchi manfaatlari hisobga olingan holda to‘lov tarkibini va
hajmini ko‘rib chiqishga majbur qiladi. Shu bilan birga franshiz oluvchini qo‘llab-
quvvatlashini kengaytirishi kerak. Vaqt tizimdan katta xayrixoqlikni talab qiladi.
Keyingi paytlarda muammolar soyasida franshiza mehmonxonalar zanjiri
klassik taraqqiyotida keng kooperatsiya asosidagi franshiza korporatsiyalar ajralib
turibdi (misol uchun «Xospiteliti Franchayz Sisteme»). Ular bir a’zoga bitta ovoz
prinsipi asosida ishlaydilar. Barcha muhim qarorlar ko‘pchilik malakali ovoz berish
yo‘li bilan qabul qilinadi.
Franchayzing sohasida ko‘proq olg‘a surilgan qism AQSH ning
mehmonnovvozlik industriyasidir. «Xospiteliti Franchayz Sisteme» singari yirik
mehmonxonalar korporatsiyasi o‘zining xususiy otellariga ega emas. Ularni esa
franshizalar shartlari orqali birlashtiradi. Boshqa Amerika mehmonxonalari
zanjirida joylashtirishda jahon bozorida qudratli ekspansiyani amalga oshiruvchilar
ham franshiza korxonalaridir. AQShda franshiza mehmonnovvozlik industriyasini
rivojlantirishda magistral yo‘l siyosatida qaraladi.
AQShdan farqli ravishda Yevropada boshqaruvda kontrakt tuzish amaliyoti
keng tus olgan. Mehmonxona menejmentiga ixtisoslangan operator, otel egasi va
kompaniya o‘rtasida boshqaruvga kontrakt tuziladi.
Mulkdor tajribasi yoki xohishi yo‘qligi sababli menejerlik vazifasini uddalay
olmagan, lekin qo‘shgan mablag‘idan daromad olish ilinjida bo‘lgan vaziyatda o‘z
korxonasini professional boshqaruvga beradi.
Kontrakt bo‘yicha ega boshqaruv jarayoniga aralashmaydi va mulkchilik
huquqidan kelib chiqadigan moliyaviy va operatsion qaltisliklarga
joriy harajatlarga
javob beradi. Boshqa tomondan, operator, mehmonxonani boshqarishga biror bir
huquqni sotib olishsiz kirishadi.Uning moliyaviy javobgarligi cheklangan bo‘lib,
ko‘rsatilgan xizmatlari uchun u kafolatlangan mukofot oladi. Mehmonnovozlik
industriyasida qachon, kim tomonidan birinchi marta boshqaruvda shartnomadan
foydalanganligi to‘g‘risida hozirgacha baxslar to‘xtamaydi. Birovlar uni XX asr
boshlarida paydo bo‘lgan desa, boshqalar bunday shartnoma munosabatlari 1950-
yillar o‘rtalarida Amerika mehmonxonalar kompaniyalarini xalqaro bozorga
chiqqanidan boshlab vujudga kelgan deyishadi. Boshqaruvda shartnomaning keng
tarqalishi o‘tgan asrning 70-80 yillariga to‘g‘ri keldi. Bunga otellar qurilishi keng
tus olganligi sabab bo‘ldi. Ko‘chmas mulkka yuqori narx sharoitida uni uzoq vaqt
ushlab turish, mulkka egalik qilish ozmuncha daromad keltirmadi. Investorlar
mehmonxona xo‘jaliklariga ishtiyoq bilan mablag‘ qo‘ya boshlashdilar. Ko‘p
hollarda ular yangi ochilgan korxona egasi bo‘lib oldilar. Amerikaning gigant
mehmonxonalari «Xilton Xoutelz Korporeyshn», «Ay-Ti-Ti Sheraton», «Mariott
Interneshnl» va boshqalar shu tarzda vujudga kelganlar.
Xonalarga ehtiyoj bozori sharoitlarining yaxshilanib borishi talablardan o‘zib
keta boshladi otellarning gavjumligi kamaydi va ko‘chmas mulk bahosi tushib ketdi.
Raqobat kuchayishining o‘tkir tus olishi mehmonxonalar biznesini susaytirdi.
Tadbirkorlar orasida faqat mulkka ega bo‘lishning o‘zi kifoya qilmasligi, undan
to‘g‘ri foydalanishni bilish ham zarurligini anglaganlar soni anchagina ko‘paydi.
Bunday paytda egalari o‘z korxonalarini operativ boshqarishga ixtisoslashgan
230
kompaniyalariga berish amaliyoti vujudga keladi. Taraqqiyot strategiyasining bu
usulini birinchilar qatorida Amerikaning «Xayyatt Xoutelz Interneshnl»
mehmonxonalar korporatsiyasi tanlab oldi. Avvaliga u mehmonxonalarni mulk qilib
olish huquqi bilan mo‘ljal oldi. Ammo keyinchalik ikkita kompaniya tuzishga qaror
qilindi. Birinchisi otellarga egalik qilishi kerak edi. Ikkinchisi esa faqat operativ
boshqaruv bilan shug‘ullanishi lozim edi. Vazifalarning taqsimlanishi ijobiy
natijalar berdi. So‘nggi paytlarda «Xayyatt Xoutelz Interneshnl» tajribasidan juda
ko‘pgina mehmonxonalar guruhlari foydalanishmoqda.
Firmalar rivojlanishi jarayonlarida ularning egalari kapital qo‘yilmalar
hajmini oshirib borishadi. Oqibatda moliyaviy qaltislikka duch kelishadi. Kelgusi
o‘sish sur’atlari muammo bo‘lib qoladi va, ohir-oqibat professional menejerlik
kompaniyalariga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi. Bunday kompaniyalarning ikki
tipi ajralib turadi. Ularning ko‘pchiligi mehmonxonalar zanjirini tuzadilar. O‘z
a’zolari boshqaruvini shartnoma orqali amalga oshiradilar. Misol uchun, Yevropada
eng katta mehmonxonalar korporatsiyasi «Akkor» (Fransiya) 22% xonalarni
shartnoma asosida boshqaradi.
Ikkinchi tipga esa, mustaqil boshqaruvchi kompaniyalar kiradi. Ular turli
mehmonxonalar zanjirlariga xizmat ko‘rsatadilar. Jahonning yuz yetakchi mustaqil
operatorlari 3,6 ming otellarda 632,8 ming xonalarni nazorat qilgan. Bular
AQShning o‘zida boshqaruvda shartnoma mehmonxonalar industriyasi uchun
unchalik xos bo‘lmasada, asosan Amerika kompaniyalari edi. Keyingi yillarda
ularning ro‘yxatini «Richfild Xospiteliti Servaysiz» boshqarayapti. Ushbu
kompaniya me’moriy jihozlash moddiy-texnika ta’minoti va mehmonxona faoliyati
bilan bog‘liq boshqa masalalar bilan shug‘ullanadi. U 83 mustaqil otellar, 18
mehmonxonalar zanjiri bilan ish olib boradi (jadval 19).
Do'stlaringiz bilan baham: