Ta’limiy turizm. O‘qish, malaka oshirish maqsadidagi sayohat xalqaro
turizmda nisbatan yangidir. Ko‘proq til o‘rganish uchun safarlar ommaviylashmoqda.
Ayniqsa Buyukbritaniya va boshqa ingliz tilida so‘zlovchi mamlakatlarga qiziqish
katta ortib bormoqda.
Sport turizmi. Sport safarlarining bosh maqsadi – tanlangan sport turi bilan
shug‘ullanish. Bunday safarlar faol va passiv holatga bo‘linadi. Faolda qaysidir sport
turi bilan shug‘ullanish asosiy o‘rin tutadi. Passivda esa sportga qiziqish masalan
musobaqalarga tashrif buyurish-tomosha asosiy maqsaddir.
Do'stlaringiz bilan baham: |