O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Onlayn–bronlashtirishning  asosiy  xorijiy  turistik  saytlari



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/278
Sana18.09.2021
Hajmi2,37 Mb.
#178132
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   278
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

Onlayn–bronlashtirishning  asosiy  xorijiy  turistik  saytlari.  Mazkur 
bo‘limda  ayrim  qiziqarli  xorijiy  saytlar  va  axborot  texnologiyalari  qisqacha 
harakterlanadi. 
 
Birinchi  misol  sifatida  Ispaniyaning  “TourSpain”  http:  //  www  tourspain. 
es/turespai/marcol.htm web – saytini ko‘rib chiqamiz, u haqiqatdan bunga munosib. 
U foydalanishda juda oddiy: har bir sahifasida uy sahifasiga tayanilgan va bo‘limlar 
ko‘rsatkichiga  ega.  Saytda  reja  yoki  qidiruv  tizimidan  foydalanib  har  qanday 
ma’lumotni osongina topishi mumkin. Buning uchun har bir sahifada qidiruv yoki 
reja  tizimi  keltirilgan.  Bu  xususiyat  tashrif  buyuruvchiga  kerakli  ma’lumotni  tez 
topishga yordam beradi. 
Sayt bo‘limlari sayohatlar tiplariga mos keladi: ishga aloqador safarlar, dam 
olish,  sarguzasht,  gid  kuzatuvida  safar  va  boshqalar.  Sayohat  xususiyati,  masalan, 
regionlar,  joylashish,  transport,  magazinlar,  axborotning  ikkinchi  darajasini  tashkil 
etadi  va  sarlovha,  ostilarida  beriladi.  Shunday  qilib,  axborot  uzatish  individual 
turistga  qaratilgan.  “TourSpain”  xilma-xil  axbortlarni  taklif  etadi.  Joylashish 


                      
273 
sharoiti,  transport,  odatlar,  valyuta  va  magazinlarning  ishlash  vaqti  haqidagi 
ma’lumotlardan  tashqari,  sayt  Ispaniya  haqida  yangiliklardan  xabar  beradi.  Bu 
ma’lumotlar butun dunyodagi gazetalardan yig‘ilgan. Shuningdek 12 ispan axborot 
agentliklariga  bevosita  chiqish  imkoniyatini  beradi.  Bundan  tashqari,  u  ispan  tili 
kurslari haqida keng axborotlar taklif qiladi. 
“TourSpain” har bir sahifasi elektron pochta manzilga ega. Unga tayanilgan 
holda  so‘rov  uchun  qo‘shimcha  axborotlar  beriladi.  Saytda  Ispaniya  turizmi 
bo‘yicha  xorijiy  bo‘limlar  soveti  va  mahalliy  bo‘limlar  ruyxati  bor.  Ya’ni 
foydalanuvchiga maxsus axborot yoki qo‘shimcha yordam kerak bo‘lsa, u Ispaniya 
turizmi  bo‘yicha  Kengash  bilan  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  aloqaning  uch  variantidan 
foydalanishi mumkin. 
“TourSpain”  Internetda  1998  yil  1  yanvarda  paydo  bo‘ldi.  Uni  yaratishdan 
bosh  maqsad  –  jahon  auditoriyasiga  mamlakat  bo‘ylab  kam  harajatlar  bilan  katta 
hajmdagi maxsus turistik axborotlarni yetkazishdir. 
Saytni  ishlab  chiqish  va  yaratish  bevosita  bozorni  tadqiq  qilish  bilan 
birgalikda olib boriladi. U umumiy turistik statistikani, shuningdek asosiy Yevropa 
davlatlari  va  yirik  xususiy  turistik  kompaniyalarning  Web  –saytlarini  o‘rganishni 
o‘z  ichiga  oldi.  Tadqiqotlar  uch  yil  davomida  olib  borildi.  Shundan  keyin  
“TourSpain”  yaratildi.  Uni  ishlab  chiqishga  150  mingga  yaqin  AQSH  dollari 
sarflandi. 
Saytni saqlash va yangilash uchun doimiy harakatda bo‘lgan tadqiqot dasturi 
tuzilgan. Ispaniya turizmi bo‘yicha Kengash har kuni 100 ga yaqin so‘rovlar oladi. 
Ulardan  ayrimlari  Ispaniyada  turizmga  tegishli,  boshqalari  Web  –saytni 
takomillashtirish  bo‘yicha  takliflardan  iborat.  O‘rtacha  har  bir  tashrif  buyuruvchi 
saytda  20  minut  o‘tkazadi.  Tadqiqotlar  o‘z  natijalari  va  foydalanuvchilardan 
takliflar  asosida  axborot  texnologiyalari  bo‘limi  sayt  mazmunini  o‘zgartiradi. 
Rasmiy  milliy  turistik  ma’muriyat  nashri  e’lon  qilgan  maxsus  konkursda  yutib 
chiqqan ispan kompaniyasi uni yaratilishidan hozirgi kungacha tarkibini o‘zgartirib 
keladi. 
Turizm bo‘yicha Ispaniya Kengashi hukumat tashkiloti hisoblanadi va milliy 
byudjetdan  moliyalashtiriladi.  Moliyalashtirishni  yengillashtirish  maqsadida 
Kengash  saytida  tijoriy  reklamalarni  joylashtiradi.  Sayt  mazmunida  milliy  turistik 
ma’muriyatning  rasmiy  nashri  e’lon  qilgan  maxsus  konkursdagi  yutuqning  uncha 
katta bo‘lmagan umum milliy ulushigina ketadi. 
Turizm  bo‘yicha  Ispaniya  Kengashi  saytdan  foydalanish  bo‘yicha 
ma’lumotlarni  sistematik  tahlili  dasturini  yaratdi.  Axborot  manbai  bo‘lib  unga 
tushayotgan so‘rovlar va takliflar xizmat qiladi. Ular har kuni qayta ishlanadi. Ular 
marketing  tadqiqotlari  qismini  tashkil  qiladi  va  turizmning  olg‘a  siljishida 
foydalaniladi. 
Statistik  ma’lumotlarni  yig‘ish  uchun  Web  –Trends”  dastur  mahsuloti 
qo‘llaniladi. Statistik ma’lumotlar har oyda tahlil etilib boriladi. 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish