224
Nazariyaning uchinchi elementi - internalizatsiya (baynalminallashuv)
ustunligi. Internalizatsiya tushunchasi shuni bildiradiki, firma uning uchun tashqi
operatsiyalarni o‘z tarkibi ichida amalga oshiradi. U yoki bu mamlakatlar
iqtisodiyotida joriy qilinar ekan, TMK faoliyatini turlicha tashkil etishi mumkin: yo
hammasini korporatsiya doirasida to‘plash, yo bozorda bog‘liq bo‘lmagan sheriklar
bilan ish ko‘rish. Internalizatsiya muammolarini hal etish iqtisodiy ekspansiya
yo‘lini tanlashga olib keladi - yo tashqi savdo, yoki bevosita to‘g‘ridan - to‘g‘ri
xorijiy investitsiyalarni joylashtirish orqali. Har qanday holatda ham internalizatsiya
takliflarning barqarorligini ta’minlaydi, ya’ni texnologiyalardan foydalanish va narx
ustidan nazorat o‘rnatish imkonini beradi, shuningdek bitimlar tuzishda
noaniqliklarni bartaraf etadi. Shunday qilib, kompaniya, oligopoliya, lokalizatsiya
va internalizatsiya ustunliklaridan to‘liq foydalanib, TMK bo‘lish uchun hamma
asoslarga ega bo‘ladi.
Ayrim mutaxassislar TMK fenomenini mahsulotning hayotiy sikli
nazariyasiga tayanib tushuntiradilar. Ularning fikricha, kompaniya o‘z boshqaruvi
ostida internatsional ishlab chiqarish tizimi yaratadi, o‘z mahsulotining hayotiy
siklini uzaytirish uchun unga «ikkinchi umr» baxsh etadi.
Aytaylik X(iks) mamlakatda qandaydir mahsulotni ishlab chiqarish bir necha
yil avval boshlangan va bugun u o‘tmas mol bosqichida turibdi. Qoloq U(igrik)
mamlakat bozorida esa u huddi yangidek qabul qilinadi va joriy etilish bosqichida.
Ishlab chiqaruvchi kompaniya U(igrik) mamlakatga mahsulotni eksport qilishni
tashkil etishi mumkin. Lekin u yerda ishlab chiqarish liniyasi qurib kata foyda
ko‘radi. Sobiq SSSR, Eron, Xindiston hududida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan
Italiya va Buyukbritaniya avtomobil kompaniyalari bunga klassik misol bo‘la oladi.
Mahsulot hayotiy siklini uzaytirishning bunday yo‘li xizmatlarga qaraganda ko‘proq
sanoat tovarlariga qo‘llashga qulayroq.
Turistik biznesni internatsionalizatsiyalash (baynalminallashtirish) ning
asosiy sabablari.
Milliy chegaralar uchun turizmga kompaniyaning kirishi ko‘p
jihatdan oldindan belgilangan o‘ziga xos turistik mahsulotdir. Ta’kidlanganidek, u
o‘zida turistlar sotib oladigan xizmatlar va ayrim tovarlarni mujassamlashtirgan.
Ularning bir qismi turistlar o‘tadigan mamlakatga taaluqlidir. Boshqasi - u o‘tadigan
va tranzit bilan kesib o‘tadigan, boradigan uchinchi mamlakat yo‘lida yotadi. Uning
katta qismi (47%) destinatsiyaga to‘g‘ri keladi.
Turistlar sotib oladigan tovarlar va xizmatlar bir-birini to‘ldiruvchi va maqtab
taklif qilishlar hisoblanadi. Zarur natijaga erishish uchun ulardan birgalikda
foydalanish lozim bo‘ladi. Yetkazib beruvchi biladi, uning mahsulotiga talab boshqa
turistik mahsulotlar va xizmatlarga ham talabni bildiradi. Shuning uchun, har bir
ishlab chiqaruvchi
birinchidan, maksimal daromad olishni ko‘zda tutib turizmning
boshqa sohalarida ham o‘z faoliyatini tarqatishga intiladi. Misol uchun,
aviakompaniya ishlab chiqarishni integratsiyalash yo‘li bilan turistik harajatlarda
o‘z ulushini 30-35 dan 93% gacha ko‘paytirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: