O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


shaxslar uchun tovarlar va xizmatlarga qaratilgan o‘xshash ishlab chiqarish va



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/278
Sana18.09.2021
Hajmi2,37 Mb.
#178132
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   278
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

shaxslar uchun tovarlar va xizmatlarga qaratilgan o‘xshash ishlab chiqarish va 
noishlab chiqarish faoliyatlar turlaridir. 
Keyinchalik  turizm  industriya  tushunchasi  o‘z  mohiyatini  oydinlashtirish  va 
turistik  sektor  tarkibini  belgilashda  turli  xil  qiyinchiliklarga  duch  kelishdi.  Ular 
turizm  industriyasining  iqtisodiyotni  boshqa  sohalari  bilan  o‘zaro  mustahkam 
bog‘liqligidan  paydo  bo‘lgandi.  Turistik  talablar  majmuasi  va  ko‘p  qirrali 
ehtiyojlarini  qondirishda  sanoat  va  qishloq  xo‘jaligi,  qurilish  va  savdo  tarmoqlari 
ishtirok  etdi.  AQSH  savdo  vazirligining  ma’lumotlari  bo‘yicha,  tashrif 
buyuruvchilarga  xizmat  ko‘rsatish  sohasiga  mamlakat  iqtisodiyotining  24  tarmog‘i 
jalb  etilgan.  Shu  munosabat  bilan  turistik  sektorga  aniq  chegara  qo‘yish  va 
tarmoqlardan ajratib tashlash g‘oyat mushkul ishdir. 
Hozirgi  paytda  amaldagi  klassifikatorlardan  birortasi  ham  turistik  faoliyat 
turlarini  uzil-kesil  belgilovchi  ruyxatga  ega  emas.  Turizm  sohasida  faoliyat 
turlarining  xalqaro  klassifikatsiyasi  (SIKTA)  standartlari  BTT  (VTO)  tomonidan 
ishlab  chiqilgan  va  1993  yilda  BMT  statistikasi  komissiyasi  tomonidan  vaqtincha 
klassifikatsiya sifatida qabul qilingan. SIKTA turizmga daxldor statistik axborotlarni 
ob’ektiv yig‘uv tizimini yaratish, qayta ishlash, umumlashtirish va tarqatishga xizmat 
qilishga asoslangan. 
SIKTA ni joriy etish imkon beradi: 
  turizmning nisbatan to‘liqroq statistik manzarasini yaratish; 
  milliy hisoblarni turizmdagi iqtisodiy faoliyatning turlari klassifikatsiyasini 
yangi prinsiplarga qaratish; 
  turizm  to‘g‘risida  milliy  va  xalqaro  darajada  statistik  ma’lumotlarni 
taqqoslashni ta’minlash; 
  mutaxassislarga  bozor  kon’yukturasi,  turistik  tovarlar  va  xizmatlar 
to‘g‘risida ishonchli axborotlar taqdim etish; 
  statistik hujjatlarda turizm faoliyati turlari klassifikatsiyasini talab va taklif 
nuqtai nazaridan bog‘lash; 
  xalqaro  savdo  taraqqiyotida  turizm  hissasi  va  to‘lov  balansi  ahvoli 
to‘g‘risida aniqroq baholash va o‘tkazish. 


                      
172 
SIKTA  ishlanmalarida  markaziy  masala  bo‘lib  klassifikatsion  belgilarni 
tanlash hisoblanadi. Turizm bilan bog‘liq iqtisodiy faoliyat an’anaviy ravishda tashrif 
buyuruvchilar  tovar  va  xizmatlar  iste’molidan  va  ularga  sarflanadigan  turistik 
harajatlar nuqtai nazarida aniqlanadi. Turizmga bunday yondoshuvda turli tarmoqlar 
faoliyat turlarini qamrab olgan yig‘uv sohasi asosiy manba sifatida namoyon bo‘ladi, 
chunki  tashrif  byuruvchilar  iqtisodiyotning  amalda  hamma  sohalarida  harajatlarni 
ko‘taradi. «Turistik harajatlarga daxldor ta’sirlar hisobiga olinganda, faqat bir soha – 
mudofaa hech qanday ta’sirga ega bo‘lmaydi» deb ta’kidlanadi. 
Mavjud  turistik  faoliyat  turlari  va  mahsulotlari  ruyxati  asosiy  statistik 
hisobotlar shakllarida turizm haqida zarur tarzda tasavvur bermasada muhim nazariy 
va  amaliy  ahamiyatga  ega.  Uning  (ouchhti)  haqiqiy  masshtabi  va  iqtisodiy 
potensialini  aniqlashga  yordam  beradi.  Talabga  qurilgan  bu  ko‘rinishlar  milliy 
hisoblar  tizimi  va  xalqaro  klassifikatsiyalar  bilan  mos  kelmaydi.  Chunki  ularda 
tarmoqlar  va  iqtisodiy  faoliyat  turlari  ishlab  chiqarish  harajatlari  va  mahsulot 
chiqarish ya’ni taklif nuqtai nazari mantiqidan kelib chiqadi. 
Taqqoslashni  ta’minlash  va  SIKTA  keng  yoyilishi  xalqaro  tarmoqlar 
standartlari  klassifikatsiyalari  bilan  mustahkam  bog‘langan.  Ular  kod  tarkiblari, 
tipologiyasi  va  keyingi  nomenklaturalardan  foydalanib  ishlab  chiqarilgan.  Bunda 
iqtisodiy  faoliyat  turlarini  tanlash  umumiy  bosh  mezon  bo‘lib,  hisoblanadi:  ya’ni 
masshtab,  ixtisoslashish  darajasi  va  ishlab  chiqarishni  markazlashtirish  (bozorni 
qamrab  olish).  Shu  bilan  birga  talabga  asoslangan  turizm  chegarasini  belgilashdan 
voz kechish maqsadga muvofiq bo‘lardi. SIKTA doirasida ikki yondoshuvni qo‘shish 
qo‘shimcha guruh belgilarini kiritish tufayli mumkin bo‘ldi. Ya’ni turistik harajatlar 
ustun  yo‘nalishlariga  e’tibor  qaratildi.  Turizmda  takliflar  xususiyatlari  bilan  bir 
qatorda,  SIKTA  turistik  harajatlar  ulushiga  to‘g‘ri  keladigan  ruyxatlarga  tashrif 
buyuruvchilar  xohishi  va  talabini  qo‘shib  aks  ettirdi.  Tanlangan  belgilar 
muvaffaqiyatli  ravishda  bir-birlarini  to‘ldiradi  va  turizm  sohasini  chuqurroq  idrok 
etish imkonini berdi. 
SIKTA  17  bo‘lim,  18  bo‘limchalar,  43  guruhlar,  66  klass  va  121  klass 
bo‘laklarini  o‘zida  mujassamlashtirgan.  Rekratsion  xo‘jalikning  o‘xshash  tarkibi 
sobiq sovet ilmiy adabiyotlarida o‘tgan asrning 70-80 yillaridayoq ishlab chiqilgandi. 
Tadqiqotchilar  ketma-ket  amalga  oshiriladigan  texnologik  operatsiyalar  doirasida 
rekratsion  tarmoqda  mavjud  faktlardan  kelib  chiqishdi.  Unga  kiritiladigan  xo‘jalik 
birligi aholi dam olishini tashkil qilishda faol ishtirok etadi. Ammo uning rekratsion 
faoliyat bilan bog‘liqlik darajasi turlicha. 
Bir muassasa o‘z rekratsion xizmatini ko‘rsatishga ixtisoslashadi – bu ularning 
ishida  bosh,  ko‘pincha  yagona  yo‘nalishdir.  Sayyohlik  va  ekskursiya  byurolari, 
otellar,  motellar,  restoranlar,  kafelar  tashrif  buyuruvchilarga  bevosita  xizmat 
ko‘rsatishdan 100 % ga yaqin daromad oladilar. Ular dam olish sohasidan tashqarida 
faoliyat yurita olishmaydi va iqtisodiyotning rekratsion sektori uchun tarkib yaratish 
ahamiyatga ega. 
Boshqa  guruhlar  hayotiy  ta’minlash  korxonalari  tashkil  qiladilar.  Ular  turizm 
ob’ekti  ham,  uning  natijasi  ham  emas.  Ularning  xizmatidan  mijozlr  ham  mahalliy 
aholi ham foydalanishadi. Shunga qaramasdan savdo tarmoqlari, kommunal – xizmat 


                      
173 
ko‘rsatish  transport,  aloqa  mavjudligi  aholi  dam  olishini  tashkil  etishning  zarur 
shartlari hisoblanadi. 
Turistizm  industriyasi  –  bu  o‘xshash  mehmonxonalar  va  boshqa  joylashtirish 
vositalari,  transport  tarmoqlari,  ko‘ngil  ochar  ob’ektlar,  ishbilarmonlik, 
sog‘lomlashtirish,  sport  va  boshqalarga  mo‘ljallangan  tashkilotlar,  shuningdek 
ekskursion xizmatlar va gid – tarjimonlar xizmati ko‘rsatish majmuasidir. 
Turistik  talabni  to‘liq  va  har  tomonlama  qondirish  turizm  industriyasi  barcha 
ob’ekt  va  tashkilotlari,  hamma  xildagi  vositlarni,  ishlarni  muvofiqlashtirilishini 
taqozo etadi. 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish