O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/278
Sana18.09.2021
Hajmi2,37 Mb.
#178132
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   278
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

Inson  resurslari.  Turistik  mahsulotlarni  ishlab  chiqarish  jarayonida 
mehnatdan  –  insonning  ongli  vududga  kelgan  ruhiy  va  jismoniy  energiyasidan 
foydalaniladi. U o‘z ehtiyojini qondirish uchun daromad olishga qaratiladi. Bu keng 
tushuncha insonlarni kasbiy ko‘nikmalari, ma’lumoti, jismoniy kuchi va salomatligi 
holatini qamrab oladi. 
Mehnatning  kattaligi  ko‘pincha  iqtisodiy  omil  sifatida  mehnatga  qobiliyatli 
yoshdagi  odamlar  soni  va  ish  vaqtining  davomiyligi  bilan  o‘lchanadi.  Mehnat 
resurslarining  sifat  ko‘rsatkichlari  -  bu  odamlar  doimiy  takomillashtirib  boradigan 
kasbiy  bilim  va  ko‘nikmalaridir.  Shuningdek  ularning  ishga  qiziqish  (motivatsiya) 
darajasi  va  qobiliyati  saviyasini  ham  aniqlash  mumkin.  Ma’lum  qaltisliklar  bilan 
bog‘liq  iqtisodiy  faoliyat  bilan  shug‘ullanish  qobiliyati  iqtisodiyot  fanlarida 
tadbirkorlik  degan  maxsus  nom  olgan  va  ko‘pincha  ishlab  chiqarishning  mustaqil 
omili sifatida ko‘rib chiqiladi. 
Turizm jahon xo‘jaligining eng ko‘p mehnat talab qiladigan sektorlaridan biri 
hisoblanadi.  1994  yilda  Iqtisodiy  hamkorlik  va  taraqqiyot  tashkiloti  kotibiyati 
(OESR)  a’zo  mamlakatlar  o‘rtasida  «Turizm  va bandlik»  anketasi tarqatdi.  Olingan 
ma’lumotlar umumlashtirilib, tadqiqot natijalari e’lon qilindi. 1993 yilda Germanida 
turizmda  1,8  million  kishi  (mamlakatda  iqtisodiyotda  band  kishilarning  6,5  %) 
ishlagan.  Ispaniyada  1,4  mln.  (9,1  %),  Fransiyada  1,2  mln.  (4,8  %),  Yaponiyada  1 
mln.ga  yaqin  (1,6  %)  kishi  turizmda  band  bo‘lgan.  Bu  mamlakatlarda  turizmda 
bandlik ulushi to‘xtovsiz o‘sib borayapti. Tashrif byuuruvchilarga xizmat ko‘rsatish 
bo‘yicha  turistik  faoliyat  bilan  birga,  iqtisodiyotning  turizm  sohasi  bilan  tutash 
korxonalari katta hajmdagi mehnatni talab qiladi: savdo, qurilish, qishloq xo‘jaligi va 
boshq. 


                      
120 
Turizm  sohasida  mehnatning  bosh  xususiyatlari,  uning  nokvalifikatsion 
harakteridan iborat. Mexanizatsiya va avtomatizatsiya xizmati bu sektoriga sust joriy 
qilingan. Ishlab chiqarish jarayonlari xuddi avvalgidek qo‘l mehnatiga asoslangan va 
xizmat ko‘rsatuvchi xodimni bevosita mijoz bilan aloqasida amalga oshadi. Turizmda 
band  80  %  ni  malakasiz  ishchi  kuchlari  tashkil  qiladi.  Ularning  katta  qismi  xotin-
qizlardir.  Ko‘pincha  ular,  ma’suliyatli  lavozimni  band  qila  turib,  murakkab 
bo‘lmagan  binoni  yig‘ishtirish,  uy  yuritish,  ovqat  va  ichimlik  tayyorlash  kabi 
mehmonxona  va  restoran  xo‘jaligi  ishlarini  boshqarishadi.  Avstraliya,  Belgiya, 
Fransiya,  Shveysariyada  turizmdagi  barcha  yumushlarning  yarimidan  ko‘prog‘i 
ayollar ulushiga to‘g‘ri keladi. Vaholanki, iqtisodiyotning boshqa sektorlarida ishning 
uchdan birigina xotin-qizlar zimmasida. 
Turizm  industriyasida  xorijiy  ishchilar  va  ishchilar  mehnatidan  keng 
foydalaniladi.  YEI  mamlakatlarida  har  uchinchi  yosh  kishi  16  yoshigacha  turistik 
xizmat ko‘rsatish va ekskursantlikka jalb etilgan. 
Turistik  sektordagi  mehnat  bozori  boshqa  xususiyatlari  orasida  yuqori 
bo‘lmagan  mehnat  haqi  ko‘zga  tashlanadi.  Ish  rejimi  va  maxsus  grafikli  ish  haftasi 
nisbatan  uzun,  mehnat  jamoalari  hayotida  kasaba  uyushmalari  ishtiroki  sust.  Misol 
uchun, Isroilda mehmonxona va restoran xo‘jaliklarida jamoatchilik mehnat faoliyati 
eng  past  haq  to‘lanadigan  soha  hisoblanadi.  Xizmatkorlar,  ofitsiantlar,  tikuvchilar, 
shveysarlar  ish  haqi  mamlakat  o‘rtacha  darajasidan  ikki  martadan  past.  Turizm 
tizimida  amaldagi  mukofatlash,  qo‘shimchalar,  vaqtdan  tashqari  ishga  haq  to‘lash, 
dam olish kunlari va boshqalar iqtisodiyotining boshqa tarmoqlaridagidek ancha farq 
qiladi va mehnat bozoridagi ahvolni tubdan o‘zgartira olmaydi. 
Ish  haftasining  davomiyligi  kattaligi  turistik  kasb  nufuzini  oshirish  va 
mustahkamlashga  imkon  bermaydi.  Keyingi  o‘n  yilliklarda  u  asta-sekin  qisqara 
boshlagan bo‘lsa-da, G‘arbda mehnatni tashkil qilish tamoillari avvalgidek qolayapti.  
Ishning  nisbatan  yengilligi  va  oddiyligi,  faqat  tashrif  buyurilgandagina  xizmat 
ko‘rsatilishi  ish  soatlarining  katta  miqdori  bilan  qoplanishi  lozim  deb  sanaladi. 
Turizmda  ayrim  hollarda  ish  haftasi  40  soatdan  oshadi,  vaxolanki  iqtisodiyotning 
boshqa  sektorlarida  bir  qator  mamlakatlarda  ishchilar  uni  35  soatgacha 
qisqartirilishiga erishganlar. 
Bularning  hammasi  kadrlarni  yuqori  qo‘nimsizligiga  olib  keladi. 
Buyukbritaniyada mehmonxona va restoran xo‘jaliklarida  40 % band kishilar bir yil 
ishlagandan  keyin  bo‘shatiladi,  Fransiyada  esa  xizmat  ko‘rsatuvchi  xodimlar 
o‘rtasida vaqtincha shartnoma bilan ishlayotgan ishlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. 
Xalqaro  mehnat  tashkiloti  (MOT)  turizmda  bandlikning  uchta  asosiy  shaklini 
ajratib ko‘rsatadi: 

 
mavsumiy  ish,  faol  ishchanlikning  o‘zgarib  turish  sikli  bilan  bog‘langan. 
Odatda  ishchi  kuchiga  qo‘shimcha  talab  yoz  oyida,  dam  oluvchilar 
ko‘paygan  davrda  namoyon  bo‘ladi.  Avj  mavsumda  otellar  xodimlari 
Gresiyada  3  marta,  Irlandiyada  1,5  marta,  Ispaniyada  30  %  ga  ko‘payadi. 
Turistik oqimlar kamayishi bilan ularni ommaviy bo‘shatish ruy beradi va 
ishsizlik muammosi yanada yangi o‘tkir tus oladi; 

 
to‘liq  bo‘lmagan  ish  kuni  –  rivojlangan  mamlakatlar  mehmonxona  va 
restoran  xo‘jaliklarida  bandlikni  keng  tarqalgan  shakli.  Ular  bir  tomondan 


                      
121 
qator afzallikka ega: mehnat sohasiga aholining faol iqtisodiy kategoriyasini 
(xususan, xotin-qizlar va talabalarni) jalb etishga imkon beradi, ular boshqa 
sohadagi ishi bilan birga turistik sektorda ham mehnat qiladilar. Bu turistik 
xizmatlar  va  tovarlar  ishlab  chiqarish  jarayonlariga  egiluvchanlik  va 
tezkorlik baxsh etadi (misol uchun, sutkalik ishlarni smenali tashkil etishga 
yordam beradi).  
Turli mamlakatlarda to‘liq bo‘lmagan ish kuni ulushi mehmonxona biznesida 
xodimlar umumiy soni bandligini 12 dan 52 % gacha o‘zgarib turadi: 

  Qisqa  muddatli  ishchanlik  faolligi  davrida  vaqtinchalik  ish  (dam  olish 
kunlari, ko‘rgazmalar, assambleyalar o‘tkazishda va boshq.).  
Turistik  korxonalarni  zarur  kadrlar,  mehnatga  qobiliyatli  aholini  ish  bilan 
ta’minlashda  vaqtinchalik  ishchi  xodimlarni  yollash  bo‘yicha  firmalar  muhim  rol 
o‘ynaydi.  G‘arbda  bandlik  xizmati  fuqarolarni  ishga  joylashtirishda  vositachilik 
vazifasini bajaradi. Avval ularni o‘zining shtatiga qabul qiladi, keyin esa korxonalar 
va  tashkilotlar  ixtiyoriga  o‘tazadi.  Ko‘p  xollarda  ular  vaqtinchalik  yo‘q  xodimning 
vazifasini  bajarishga  jalb  etiladi;  tanlash  davrida,  korxona  faoliyatini  kengaytirish 
davrida vaqti cheklangan, muddati belgilanmagan bo‘sh o‘rinlarda ishlab turiashadi. 
Bu xizmat ishchi o‘rni qidirish va ishga joylashtirish bilan birga kadrlarni tayyorlash 
va qayta tayyorlashni amalga oshiradi. Mehnat shartnomasi tuzish, bajarilgan ishlarga 
to‘lovlarni  amalga  oshirish  va  boshqalarga  ko‘maklashadi.  U  fuqarolarga  kasbiy 
malakalarni  egallashga  va  mehnat  bozoriga  kirishga  imkon  beradi.  Bu  qaysidir 
darajada taklif etilayotgan ishlar beqaror harakterini kompensatsiya qiladi. 
Turizmda  mehnatga  haq  to‘lashning  uchta  asosiy  tizimi  amal  qiladi.  Ulardan 
biri «choy puli» berishga va boshqa ixtiyoriy taqdirlanishga asoslangan. Bu mijozlar 
tomonidan  xizmat  ko‘rsatgan  xodimga  bevosita  to‘lanadi.  Ular  odatda  hisobda 
ko‘rsatilgan summaning 10 % ni tashkil qiladi. Xizmat ko‘rsatish sohasida an’anaviy 
tarzda  amal  qilib  kelgan  bu  tizim    asta-sekin  o‘tmishda  qolayapti.  Bir  qator 
mamlakatlar hukumatlari bu  tajribani   saqlanishiga qarshi  chiqishmoqda. Chunki bu 
xizmat  ko‘rsatish  krxonalarida  mehnat  haqi  darajasini    pasayib  ketishiga  sabab 
bo‘lishi mumkin. 
Ikkinchi  tizim,  xizmat  ko‘rsatish  va  sotishda  ulush  bilan  ishtirok  etishga 
asoslangan, oldingi mehnatga haq to‘lashning alternativi sifatida tashkil qilingan. U 
firmalar  ish  natijalaridan  kelib  chiqadigan  mukofatlash  hajmiga  bevosita  bog‘liq. 
Ya’ni  ko‘rsatilayotgan  xizmatlar  hajmi  ko‘payishidan  xodimlarning  moddiy 
manfaatdorlikka  qiziqishlarini  oshiradi.  Ularning  ishtiroki  ulushi  va  mijozlardan 
olinadigan to‘lovlarni 5 dan 15 %, ayrim hollarda 20 % ga yetadi. 
Nihoyat  korxonada  qayd  qilingan  mehnat  haqi  belgilanishi  mumkin.  Keyingi 
o‘n yilliklarda taqdirlashning bu shakli turistik firmalar, otellar, restoranlarda mijoz 
bilan  bevosita  aloqada  bo‘lmaydigan  xodimlar  o‘rtasida  yoyilmoqda.  Bu  Kuba, 
Niderlandiya va Yangi Zellandiyada keng qo‘llaniladi. 
Jahonning  Germaniya,  Shvesiya,  Shvesariya,  Ispaniya,  Turkiya,  Polsha 
Indoneziya,  Tanzaniya  singari  juda  ko‘p  mamlakatlarida  bir  vaqtning  o‘zida 
mehnatga  haq  to‘lashning  ikki  tizimdan  foydalaniladi.  Xodimga  eng  kam  mehnat 
haqi bilan birga ishtiroki ulushiga bog‘liq holda daromaddan foiz to‘lanadi. Bir qator 
jamoat  tashkilotlari  minimal  mehnat  haqi  belgilanishiga  qarshi  chiqayotgan 


                      
122 
bo‘lsalarda, bu bandlik o‘sishini cheklab qo‘yayotgan bo‘lsada, hozircha ko‘zlangan 
maqsadga erishilayotgan yo‘q.  
Ishlab  chiqarish  va  mehnatning  tegishli  bozor  qiymati  (ish  haqi)  ma’lum 
darajada inson kapitalida sarmoyalar bilan belgilanadi. Turgan gap va ehtimol bunday 
yo‘nalishda eng muhim quyilish ma’lumot hisoblanadi.  
Turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash ta’lim standartlariga muvofiq amalga 
oshiriladi,  uning  asosiga  turistik  kasb  va  malaka  talablari  (professional  standartlar) 
turistik  industriya  mansabdor  xodimlari  uchun  asosiy  mezon  qilib  qo‘yilgan.  1999 
yilda Rossiya Mehnat Vazirligi qarori bilan turizm va yangi professional standartlari 
tasdiqlandi.  Bu  hozirgi  zamon  xalqaro  talablariga  javob  beradi.  Ularni  ustida  ish 
«Turizm  industriyasi  uchun  o‘quv  bazasini  mustahkamlash»  YES  /  TASIS  loyihasi 
doirasida olib borildi. Unda mutaxassislar katta guruhi ishtirok etadi: mazkur sohada 
g‘arb  yetakchi  ekspertlari,  Moskva,  Sankt-Peterburg,  Sochi  ixtisoslashgan  o‘quv 
muassasalari va turistik biznes vakillari shular jumlasidandir. 
Professional  standartlar  ustida  ishlashda  turistik  firmalar,  mehmonxona  va 
turizm  boshqaruv  organlari  rahbarlarini  ekspert  so‘rovlarga  jalb  etilishi  muhim 
bosqich  bo‘ldi.  Bu  amaliyotlar  fikrlarini  bilish  va  xo‘jjatlar  tuzishda  ularning 
istaklarini  hisobga  olish,  shu  bilan  ta’limni  turizm  industriyasi  bilan  aloqasini 
ta’minlash imkonini beradi.  
Yangi  standartlar  turistik  xodimlar  va  mehmonxonalar  biznesiga  qo‘yiladigan 
barcha  kompleks  talablarni  belgilaydi.  Yevropa  formatida  ishlab  chiqilgan  bu 
standartlar  o‘z  ichiga  nafaqat  mansab  majburiyatlarini,  balki  ularni  bajarish  uchun 
zarur bilim va ko‘nikmalarni ham qamrab olgan.  
Tuzilgan va qabul qilingan «Turistik industriya asosiy mansabdor xodimlariga 
kvalifikatsion  (professional  standartlar)  talablar»  hujjati  turistik  kadrlar  tayyorlash 
normativ  bazasini  yaratish  yo‘lida  olg‘a  tashlangan  muhim  qadam  bo‘ldi.  U  RFda 
mehnat bozorining real ehtiyojlarini o‘zida aks ettiradi. 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish