Razvedka bosqichi – uncha katta bo‘lmagan daromad miqdori bilan
harakterlanadi. Turistlar oqimi belgilangan manzilga yetib borishda transport
qiyinchiligi, unda turistik infratuzilmaning yo‘qligi oqibatida cheklangan.
Destinatsiyaga odamlar gavjum dam oladigan joydan qochib, yolg‘iz xordiq
chiqarishni istagan bitta – ikkita avantyur tipdagi sayyohlargina tashrif buyuradi.
Ularni hali qo‘l urilmagan tabiat va diqqatga sazovar maishiy joylar jalb etadi. Bu
bosqichda turizm tabiiy atrof-muhitga va madaniy muhitga sust ta’sir o‘tkazadi.
Turistlar mahalliy aholining g‘ashini keltirmaydi, ular bilan yaxshi aloqaga kirishadi.
Hozirgi vaqtda razvedka bosqichi Lotin Amerikasi bir qism mamlakatlari va
Kanadaning arktik zonasi chegaralarida o‘tmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |