3. Muloqotning interaktiv sohasi:
SHeriklarning (hamkorlarning) o‘zaro munosabatlarda: hamkorlik, konkurensiya (raqobat),
kooperatsiya, do‘stlik va boshqa xilda muloqotga kirishiladi.
Raqobat (konkurensiya) tipida (turidagi) muloqotda sheriklar bitta maqsad va vazifa uchun
munosabatga kirishayotgan bo‘lsalar ham, o‘zaro raqiblardek munosabatda bo‘ladi. Masalan: sinfdagi
a’lochilar o‘rtasida, sexdagi faollar orasida raqobat bo‘lsa yaxshi, lekin raqobat sog‘lom yaxshi niyat bilan
bo‘lsa, u sinfda a’lochilarni ko‘paytiradi, ularning yana yangi pog‘onaga ko‘tarilishlariga sababchi bo‘ladi.
Lekin raqobatlik (konkurensiya) kuchayib ketsa guruhning hamkorligiga putur etadi.
Musobaqa ham raqobatning bir turi bo‘lib, u ko‘pincha sog‘lom asosda, rasmiy nazorat ostida
bo‘lgani uchun ziddiyatga olib kelmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |