An’anaviy
Noan’anaviy
An’anaviy pedagogik texnologiya– muayyan muddatga mo‘ljallangan, pedagogik
jarayoni ko‘proq o‘qituvchi shaxsiga qaratilgan bo‘lib, o‘qitishning an’anaviy shakli, metodi va
pedagogik vositalarining majmuidan foydalanib pedagogik-tarbiya mAqsadiga erishishdir.
Noan’anaviy pedagogik texnologiya-muayyan muddatga mo‘ljallangan, pedagogik jarayoni
markazida o‘quvchi shaxsi bo‘lib, o‘qitishning zamonaviy shakli, faol o‘qitish metodlari va
zamonaviy didaktik vositalarning majmuini pedagogik-tarbiya ishidan ko‘zlangan maqsad va
kafolatlangan natijaga erishishga yo‘naltirishdir.
Noan’anaviy pedagogik texnologiyasi an’anaviy pedagogik texnologiyasidan farq qilib,
o‘quvchilarning bilish imkoniyatlarini rivojlanishiga sharoit yaratadi, mustaqil ishlashlariga
alohida e’tibor beriladi, bilish faoliyatlari izlanuvchan va ijodiy xarakterga ega bo‘ladi. Dars
tuzilmasi o‘zgaruvchan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |