Fanning vazifasi – pedagogika fani taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari bilan
tanishish; ma’rifiy (ta’lim, tarbiya, shaxs kamoloti va madaniyatini tavsiflovchi)
tushunchalar majmuini o‘zlashtirish; o‘qishga va kasbga oid muammoli vaziyatlarni
tahlil qilish; zamonaviy ta’lim jarayonini loyihalashtirish, tashkil etish va amalga
oshirish, uning borishi va natijalarini tashxis qilishning nazariy asoslarini
o‘zlashtirish; ta’lim
oluvchilar, ishlab chiqarish xodimlari bilan tarbiyaviy ishlar metodlarini egallash;
o‘quv mashg‘ulotlarining asosiy turlarini o‘tkazish va ularga tayyorgarlik ko‘rish
ko‘nikmalarini shakllantirish; kasbiy tafakkur, texnik ijodiyotni rivojlantirish metodlari
bilan tanishish.
Do'stlaringiz bilan baham: |