O‘quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarda umumiy psixologik bilimlarni
egallashga, shaxs psixologiyasi, uning faoliyati va muloqoti, psixik taraqqiyot
qonuniyatlari, shaxsni etnopsixologik metodlar yordamida o‘rganish bo‘yicha bilim,
ko‘nikma va malakalarni shakllantirish.
Fanning vazifasi – talabalarga voqelik va jamiyatdagi voqea-
hodisalarning, jamiyat hayotida umumiy psixologik hodisalar, holatlar va
jarayonlarning mohiyatini tahlil etishga, shaxsning kamoloti va unga ta’sir
ko‘rsatuvchi omillar, uning individual psixologik xususiyatlari, emotsional va
irodaviy sifatlarini tahlil etishga o‘rgatishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |