talablari majmuasidir.
39.
Dars – 1) uzluksiz ta’lim muassasalarida amalga oshiriladigan ta’limning asosiy shakli;
2) o‘quv ishlarining asosiy tashkiliy shakli, mantiqiy tugallangan, yaxlit o‘quv-tarbiyaviy
jarayonning aniq vaqt bilan cheklangan qismi.
40.
Dars jadvali – o‘quv rejasiga ko‘ra o‘quv haftasining har bir kunida sinflar bo‘yicha
o‘quv mashg‘ulotlari pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq ketma-ketligini belgilovchi hujjat.
41.
Dars tahlili – o‘quv mashg‘ulotini bir butun yaxlit holda yoki muayyan bo‘laklarga
bo‘lib baholash.
42.
Darslik – muayyan fanga doir bilim asoslarini ma’lum tartibda bayon etadigan va
yuqori ma’naviy-g‘oyaviy, ilmiy uslubiy saviyada yozilgan o‘quvchilar va talabalar uchun
mo‘ljallangan o‘quv adabiyotining asosiy va etakchi turi.
43.
Dastur – o‘quv faoliyatini amalga oshirish rejasi va ushbu faoliyatning mazmunini
Do'stlaringiz bilan baham: |