Darsda qo‘llaniladigan interfaol metod va texnologiyalar mohiyati
Qarorlar shajarasi
Bu muayyan fan asosida boradigan bir qadar murakkab mavzularni o‘zlashtirish, ma’lum
masalalarni har tomonlama puxta tahlil etish asosida ular yuzasidan muayyan xulosalarga kelish,
bir muammo xususida bildirilayotgan bir necha xulosalar orasidan eng maqbul hamda to‘g‘risini
topishga yo‘naltirilgan texnik yondashuvdir.
Guruh a’zolari ishtirokida qo‘llaniladigan bu usul bir necha o‘n nafar ta’lim oluvchilarning
bilimlari darajasini aniqlash, ularning fikrini jamlash va baholash imkonini beradi. Muayyan
muammo yuzasidan oqilona qaror qabul qilish imkoniyati yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |