Darsda qo‘llaniladigan interfaol metod
va texnologiyalar mohiyati
«Kichik guruhlarda ishlash» usuli
Bunda ta’lim oluvchilarni faollashtirish maqsadida kichik guruhlarga ajratiladi va o‘quv
materialini o‘rganish yoki berilgan topshiriqni boshqarishga alohida e’tibor beriladi. Usul
qo‘llanilganda ishtirokchilar kichik guruhlarda ishlab, darsda faol ishtirok etish, boshlovchi
rolida bo‘lish, bir-biridan o‘rganish, turli nuqtai nazarlarni qadrlash imkoniga ega bo‘ladi. Vaqt
tejaladi, chunki, ta’lim beruvchi bir vaqtning o‘zida barcha ta’lim oluvchilarni mavzuga jalb eta
oladi va baholaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |