Qisqacha xulosa:
SHaxs va uning faolligi masalasi doimo dolzarbdir. SHaxs faoliyati turlariga o‘yin, mehnat,
o‘qish, muloqot kiradi. SHaxsdagi harakatlar jismoniy va aqliy harakatlarga bo‘linadi. Ularning
har bir o‘z tuzilmasi va xususiyatiga ega. SHunga ko‘ra tashqi va ichki faollik kuzatiladi. SHaxs
harakatida motivlar muhim bo‘lib, ular ijtimoiy xulq motivlari, shaxs motivatsiyasi, motivlar kabi
turlarga bo‘linadi. SHaxsda muvaffaqiyatga erishish va mag‘lubiyatdan qochish motivlari
ko‘rinadi. Ishlab chiqarish jarayonida ro‘y beradigan turli vaziyatlarda shaxs motivatsiyasining
o‘zgarishi va uni boshqarish masalalari muhim bo‘lib, uni o‘rganish har bir shaxs uchun zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |