Tarbiya shakl (turi) lari – tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning hamkorlikdagi faoliyati va
o‘zaro bir-biriga ta’sir ko‘rsatishidir.
Tarbiya natijasi tarbiyaviy jarayonning mazmuni, shakl (tur) lari, metodi va vositalaridan
mohirona foydalanishga bog‘liq. SHu o‘rinda tarbiyachilar ta’sir etishning o‘quvchi shaxsiyatiga
mos turini tanlab olishlari, uning shaxsini ijobiy tomonga o‘zgartirishi uchun kerakli shart-
sharoitlar yaratishlari lozim. Tarbiya shakllari har bir o‘quvchiga, har qaysi o‘quvchilar jamoasiga
alohida munosabatda bo‘lishni nazarda tutadi.
Tarbiya jarayonida o‘qituvchi yakka o‘quvchi yoki o‘quvchilar jamoasi manfaati yo‘lida
biron-bir tarbiyaviy masalani hal qilish uchun o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini,
tarbiyalanganlik darajalarini, pedagogik vaziyat xarakterini hisobga olgan holda ta’sir etish
majmuasiga tarbiya shakli deyiladi.
O‘quvchi yoshlarni tarbiyalashda milliy an’analar, umuminsoniy qadriyatlar asos qilib
olinishi kerak. Bular o‘z navbatida, yangicha tarbiyaning o‘zgacha muvofiq uslub va shakllarini
taqozo etadi. Tarbiya shakllarini o‘rganish, tahlil qilish, bu usullardan pedagogik jarayonda
foydalanish, ko‘nikma va malakalarni egallashni osonlashtirish uchun ularni shartli ravishda bir
necha guruhga ajratish mumkin: o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, axloqiy,
huquqiy, ekologik, iqtisodiy, estetik, jismoniy kabi usullari mavjud.
O‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish lozim. YOsh avlodlarda ilmiy
dunyoqarashni shakllantirish hamma davrlarda millatning ilg‘or kishilari diqqat markazida bo‘lib
kelgan. Dunyoqarash faqat insonlarga xos xususiyat bo‘lib, hayvonot dunyosi, boshqa narsalar,
ya’ni buyumlar va mavjudodlar uchun bu hol yotdir, ularda ham dunyoqarash bo‘ladi, deb o‘ylash
noo‘rindir.
Avvalo ta’kidlash lozimki, ilmiy dunyoqarash turli kasb egalarida turlicha – to‘laroq,
mukammalroq, chuqurroq yoki yuzakiroq, chalaroq, sayoz va xomroq bo‘lishi mumkin. Bunda
kishilar tomonidan oldingi ajdodlardan me’ros bo‘lgan ma’naviy boyliklarni, bilimlarni va hozirgi
mavjud bilimlarni o‘zlashtirish darajalari muhim ahamiyatga egadir.
Ilmiy dunyoqarash jonli kuzatishdan abstrakt tafakkurga va undan amaliyotga o‘tish orqali
amalga oshadi. Ilmiy dunyoqarash ijtimoiy-tarixiy hodisa sifatida doim vorislik asosida
rivojlanadi. O‘tmish dunyoqarash yangi davr dunyoqarashining ildizini tashkil etib uni hayotbaxsh
ozuqa bilan ta’minlab turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |