Darsda qo‘llaniladigan interfaol metod va texnologiyalar mohiyati
∗
1. “Raqamlar” metodi yordamida bir vaqtning o‘zida ko‘p sonli (20, 30, 40 va h.z.) talaba
(o‘quvchi)larni muayyan faoliyatga jalb etish orqali ma’lum topshiriq yoki masalani hal etish,
shuningdek, guruhlarning har bir a’zosi imkoniyatlarini aniqlash, ularning qarashlarini bilib olish
mumkin. Ushbu metod asosida tashkil etilayotgan darsda har birida 4, 5 yoki 6 nafardan
ishtirokchi bo‘lgan 4, 5 hamda 6 ta guruh o‘qituvchi tomonidan o‘rtaga tashlangan muammo
(masala)ni muhokama qiladi. Belgilangan vaqt nihoyasiga etgach, o‘qituvchi guruhlarni qayta
tuzadi. Qaytadan shakllangan guruhlarning har birida avvalgi guruhlardan bittadan vakil bo‘ladi.
YAngi shakllangan guruh a’zolari o‘z jamoadoshlariga avvalgi guruhi tomonidan muammo
(masala) echimi sifatida taqdim etilgan xulosani bayon etib beradilar va mazkur echimlarni
birgalikda muhokama qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |