O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand qishloq xo’jalik instituti



Download 0,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana12.11.2019
Hajmi0,73 Mb.
#25778
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
pedagogika tarixi va goyalari



 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI  
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
SAMARQAND QIShLOQ XO’JALIK INSTITUTI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
PEDAGOGIKA TARIXI VA G’OYALARI 
(O’quv uslubiy qo’llanma) 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Samarqand-2014 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


 
Ushbu  uslubiy  qo’llanma  Samarqand  Qishloq  xo’jalik  instituti  Ilmiy 
kengashining  2013  yil  --  may_______  sonli  yig’ilishida    tasdiqlangan  namunaviy 
dastur  asosida,  Samarqand  qishloq  xo’jalik  instituti    Pedagogika,  psixologiya  va 
o’qitish  metodikasi  kafedrasi  katta  o’qituvchisi  N.Narziyeva  va  o’qituvchi 
Sh.Hayitovalar  tomonidan  tayyorlangan  bo’lib,  Kasbiy  ta’lim(Agronomiya, 
veterinariya, zootexniya) yo’nalishi talabalariga mo’ljallangan. 
Uslubiy  qo’llanma  SamQXI  ilmiy  kengashida  ko’rib  chiqilgan  va  chop 
etishga tavsiya etilgan (2014 yil _____ dagi  - son majlis bayoni). 
 
 
 
Taqrizchilar: 
 
Sh.Z.Taylanova –p.f.n., SamDU Pedagogika kafedrasi dosenti  
 
J.S.Sultonov –p.f.n., SamQXI Pedagogika, psixologiya va o’qitish metodikasi 
kafedrasi dosenti  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


 
KIRISh 
 
Respublikamiz mustaqillik yillarida ta`lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish 
maqsadida  bir  qator  asoslarnini  ishlab  chiqdi.  “Ta`lim  to`g`risida”gi  Qonunning 
qabul qilinishi  ”Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi”  ning  yaratilishi  va amaliyotga 
tatbiq  yetilishi  xalq  ta’limi  sohasida  ham  buyuk  burilishlar  yasadi.  Milliy 
pedagogikamizning jadal sur’atlarda taraqqiy yetishi, ta’lim-tarbiya jarayonida Al-
Buxoriy,  At-Termiziy,  Abu  Rayhon  Beruniy,  Az-Zamaxshariy,  Alisher  Navoiy, 
Zahiriddin  Muhammad  Bobur,  Ogahiy,  Abdulla  Avloniy  singari  ulug’  olim-u 
adiblar,  fozil-u  fuzalolarning  merosidan  foydalanish  imkoniyati  yaratildi.  Ular 
ta’limdagi  milliy  xususiyatlarga  alohida  ye’tibor  berishgan.  Mustaqillik  yillariga 
qadar ularning pand-o’gitlari yetarli darajada o’rganilmadi. Tarixdan ma’lumki, bir 
vaqtlar  Sharq  pedagogikasi  nihoyatda  gullab-yashnagan.  Olmon  olimi  Xerler 
„Sharq  Yevropaning  muallimidir“  deganida  ana  shu  rivojlanish  davrlarini  ko’zda 
tutgandir, yehtimol. 
Bobokalonlarimiz  yosh  avlod  tarbiyasi  borasida  dorilfunun  yaratib 
qoldirganlar. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi sanalmish „Avesto“ dan tortib 
to hozirgi kunda yashab ijod yetayotgan pedagog-olimlar asarlarida nekbin pedagogik 
mafkura o’z aksini topgani bejiz yemas. 
Bugungi  kun  o’zbek  pedagogikasi  millat  ruhiyatidagi  nozik  jihatlarni  hisobga 
olgan  va  dunyo  tarbiyashunosligidagi  yeng  so’nggi  yutuqlarga  tayangan  holda 
taraqqiy  yetmoqda.  Zamonaviy  o’zbek  pedagogikasida  barkamol  insonni 
shakllantirish rasmiy ravishda bosh maqsad qilib belgilangan.  
Prezidentimiz  I.A.Karimovning  “Barkamol  avlod  orzusi”  va  “Yuksak 
ma`naviyat  yengilmas  kuch”  asarlarida  yosh  avlodni  tarbiyalashda  “Kelajak 
bugundan  boshlanadi.  Hozir  tarbiya  masalasiga  ye`tibor  qilinmasa,  kelajak  boy 
beriladi.  Tarbiyadan  hyech  narsani  ayamaymiz.  Ma`naviy  va  axloqiy  poklanish, 
imon,  insof,  diyonat,  or-nomus,  mehr-oqibat  va  shu  kabi  chinakam  insoniy 
fazilatlar  o’z-o’zidan  kelmaydi.  Hammasining  zaminida  tarbiya  yotadi”,  degan 
fikrlarni ta`kidlaydi
1
.  
Ma’lumki,  pedagogika  jamiyatning  rivojlanish  qonun-qoidalariga  tayangan 
holda taraqqiy yetadi. Bugungi kunda yesa ana shu jarayon avj pallasiga kirdi. Inson 
ongi  taraqqiy  yetmas  yekan,  ijtimoiy  hayot  jabhalarida  hyech  bir  o’zgarish 
sezilmaydi.  Modomiki,  zamon  jadal  sur’atlarda  o’zgarayotibdimi,  demak, 
pedagogika  ham  shu  o’zgarishlarga  hamohang  bo’lmog’i  darkor.  Shularni  nazarda 
tutgan holda biz ushbu o’quv qo’llanmani  sharq  mutafakkirlari asarlaridan  unumli 
foydalangan holda yaratdik. 
 
 
 
 
 
 
                                                
1
I.A. Karimov “Barkamol avlod orzusi”. T.: O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2000. – 83 b. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


 
PEDAGOGIKA TARIXI FAN SIFATIDA. 
 
1.Pedagogika tarixining obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari. 
2. Pedagogika tarixini davrlashtirish.  
 
TAYaNCh  TUShUNChALAR: 
“Pedagogika  tarixi”,  “Pedagogika  tarixi  predmeti”,  “Pedagogika  tarixi 
fanining metodologiyasi”, “Tarixiy meros”. 
 
Foydalanilgan  adabiyotlar
1.  Karimov  I.A.  «Barkamol avlod -  O’zbekiston taraqqiyotining poydevori». 
-T.: O’zbekiston, 1997. 
2.  Karimov I.A. «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’k». T.: O’zbekiston, 1998.  
3.  «Barkamol avlod yili» Davlat dasturi. –T.: O’zbekiston, 2010. 5-7-bet. 
4.  Pedagogika nazariyasi va tarixi // M.X.To’xtaxo’jayeva tahriri ostida. – T.: 
Moliya-iqtisod, 2008. 
5.   «Barkamol avlod orzusi». T. «Sharq». 1999. 
6.  Maxmud  Qoshg’ariy.  Devonu  lug’otit  turk.    (Turkiy  so’zlar  lug’ati).  Uch 
tomlik. - T.: FAN, 1960. 
7.  Pedagogika  tarixi.  Ma’ruza  matnlari  1  qism.  (Tuz.S.Nishonova.,  
B.Hasanova.) T., TDPU 2001. 
8.  Pedagogika  tarixi.  Ma’ruza  matnlari  11  qism.  (Tuz.  Nishonova.  S.  
Hasanova. B.) T., TDPU 2002. 
9.  Hasanboyeva  O.,  Hasanboyev  J.,  Hamidov  .  «Pedagogika  tarixi».  T. 
o’qituvchi, 1997.  
10. 
Hoshimov  K.,  Nishonova  S.    Pedagogika  tarixi.  Darslik.  –T.:  Sharq, 
2006.  
 
Mustaqillik  tufayli  ko’hna  Turkiston  diyorida  istiqomat  kilib  kelgan  barcha 
xalqlar milliy kadriyatlarining kayta tiklanishi va rivojlanishiga muyassar bo’ldi. 
Bizga  malumki  sobiq  sho’ro  tuzumi  davrida  o’zbek  xalqining  madaniyati, 
maorifi, ijtimoiy manaviy, ma’rifiy sohadagi yutuqlari kamsitilib, asosan maorif va 
madaniyat  g’arbda  rivojlanib,  keyinchalik  sharqqa  tasir  etgan  degan  fikrlar 
singdirib kelingan edi. 
Mustaqilligimiz  sharofati  shundaki,  tarixni  buzib  ko’rsatishga  chek  qo’yildi. 
Turon  zaminida  yashagan  xalqlarning  ma’rifiy-madaniy  qarashlari  eng  qadimgi 
davrdan yuksak ekanligi olimlarimiz tomonidan isbotlab berildi. «Ta’lim sohasida 
zamonaviy  axborot,  kompyuter  texnologiyalari,  internet  tizimi,  raqamli  va  keng 
formatli  telekommunikasiyalarning  zamonaviy  usullarini  o’zlashtirish  bugungi 
taraqqiyot  darajasini  belgilab  beradigan  bunday  ilg’or  yutuqlar  nafaqat  maktab, 
lisey  va  kollejlar,  oliy  o’quv  yurtlariga  balki,  har  qaysi  oila  hayotiga  keng  kirib 
borishi  uchun  zamin  tug’dirdi  …»  deb  ta’kidlaydi  Prezidentimiz  I.A.Karimov. 
Shunday ekan o’tmish tariximizni ham internet tarmoqlariga kiritish ayni vaqtidir. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


 
Ma’lumki, uzoq va boy tarixga ega bo’lgan Markaziy Osiyo xalqlari o’zining 
ta’lim-tarbiyaga oid  ulkan  merosini  yaratib, takomillashtirib, insoniyatning  yuzlab
 
avlodlarini  insonparvarlik,  ilmparvarlik,  mehr-oqibat,  mehnatsevarlik, 
do’stlik,  saxovat  kabi  umuminsoniy  fazilatlari  ruhida  tarbiyalab  kelgan,  xalqimiz 
yaratgan ma’rifiy fikr sarchashmalari qadim-qadimlarga borib taqaladi. 
O’zbek  xalqi  tarixan  ta’lim-tarbiya  sohasida  o’ziga  xos  dorilfunun  yaratgan. 
Hatto hozirgi o’zbek xalqi yashab turgan zaminda zardushtiylik dini keng yoyilgan 
davrda ham pedagogik mafkura xukm surgan. Bu zardushtiylik dinining muqaddas 
kitobi «Avesto»ning bizgacha yetib kelgan ayrim sahifalarida o’z ifodasini topgan. 
Biroq islomgacha davr tarbiyashunosligi,  fan  va madaniyati tarixini yoritish 
imkoni  chegaralangan.  Chunki,  dastlab  Iskandar  boshchiligidagi  yunon-Makedon 
qo’shinlari,  so’ngra  Qutayba  ibn  Muslim  rahbarligidagi  arab  istilochilari  olib 
borgan  talonchiliklar,  vayronagarchiliklar  tufayli  o’sha  davrga  tegishli  deyarli 
barcha  asarlar,  manbalar  yo’qotib  yuborilgan.  Lekin  islom  va  islomdan  keyingi 
mavjud  pedagogik  qarashlarni,  milliy  ta’lim-tarbiyaga  oid  an’analarni, 
qadriyatlarni,  xalq  pedagogikasini  ilmiy  o’rganish,  puxta  taxlil  qilish  va  hayotga 
tadbiq etish bugungi kunning muhim va dolzarb muammosidir. 
Istiqlolga 
erishganimizga 
qadar 
biz 
tarbiya 
ishlarimizga 
Yevropa 
pedagogikasini  asos  qilib  oldik  va  o’rgandik.  Endigi  vazifa  Sharq  pedagogikasi 
bilan  G’arb  pedagogikasining  eng  ilg’or  an’analarini  o’rganishga  e’tiborni 
qaratishdan iboratdir. Chunki ilmu-fan avval Sharqda taraqqiy etgan. 
Buyuk olmon olimi Xerler: «Sharq Yevropaning muallimidir» -deganda haq 
edi. 
Yuqoridagi  fikrlarning  o’zi  madaniyat,  ma’rifat  Sharqdan  Yevropaga 
tarqalgan deyishga asos bo’la oladi. Chunki, savodxonlik maktablarining, qadimiy 
yozuvlarning vujudga kelishi eng qadimgi manbalarda «Avesto», So’g’d, Baqtriya, 
Urxun-Yenisey,  Xorazm  va  boshqa  yozuvlar  Turon  zaminida  yuzaga  kelganligi, 
shu  muqaddas  zaminda  yashayotgan  xalqlarning  eng  qadimgi  ajdodlari  savodxon 
kishilar  ekanligidan  dalolat  beradi.  Xaqiqatdan  ham  shunday,  o’zbek  xalqining 
madaniy  merosi  ulkan  bir  dengiz.  O’tmishimizda  unutilgan  shunday  ulkan 
sarchashmalar  borki,  ularni  puxta,  atroflicha  o’rganmoq  birinchi  galdagi 
vazifamizdir. 
Bu  esa  qadimiy  boy  marifiy  merosimizning  qimmatli  manbalarini  bebaho 
xazinamizni yuzaga olib chiqish, uni hozirgi ilmiy pedagogik tafakkuri iste’moliga 
kiritishni  taqozo  etadi.  VII  -  XII  asrlar  davomida  Markaziy  Osiyoda  madaniyat, 
ilm-fan  beqiyos  rivojlana  bordi.  Ayniqsa,  aniq  fanlarga  qiziqish  orta  boshladi. 
O’sha  tarixiy  davrda  al-Xorazmiy,  Al-Forobiy,  Al-Farg’oniy,  Al-Beruniy,  Ibn 
Sino, Az-Zamaxshariy singari qomusiy olimlar dunyoga keldi. Ulug’ mutafakkirlar 
inson  ma’naviy  va  tafakkur  dunyosini  boyitishda  insoniyat  ongini,  madaniy-
ma’rifiy  qarashlarni  o’stirishda  o’z  davrida  va  keyinchalik    ham  asosiy  rol 
o’ynadilar,  inson  kamolotiga  doir  beqiyos  ta’limotni  yaratdilar.  XV-XVI  asrlarga 
kelib qadimiy Turkiston jahonga Qozizoda Rumiy, Ulug’bek, Ali Qushchi, Alisher 
Navoiy, Kamoliddin Behzod, Bobur singari allomalarni voyaga yetkazdi. U davrda 
Markaziy Osiyo shaharlarida qator madaniy va ilmiy markazlar vujudga keldi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


 
Demak,  Markaziy  Osiyo  xalqlari,  xususan,  o’zbek  xalqi  va  uning  madaniy  - 
ma’rifiy  taraqqiyoti  asrlar  davomida  misli  ko’rilmagan  darajada  rivojlangan. 
Qolaversa,  uning  axloq  odobga  oid  qarashlari,  pedogogika  fanlari  bo’yicha 
ta’limoti butun jahonga o’rnak bo’larli mano va mazmun kasb etgan. 
Oktyabr to’ntarishidan keyin, yani 1917 yildan boshlab Turkiston mintaqasida 
«Yashin  tezligida»  Sho’ro  hokimiyati o’rnatila  boshlandi.  Bu tuzum kommunistik 
mafkurani targ’ib va tashviq qildi. 
Sho’ro hokimiyatining dastlabki yillarida Turkistonda yangi maktablar ochish 
va  ularni  mustahkamlash  vazifalari  ko’ndalang  qilib  qo’yiladi.  Unda  yoshlar 
ongiga mustabid hokimiyat g’oyalarini singdirish, shu ishlarni amalga oshiradigan 
pedagog  xodimlar  tayyorlashga  etibor  berildi.  U  ishlarni  amalga  oshirishda 
Rossiya  xalq  talimi  yo’nalishi  va  tizimi  yetakchilik  qilgan.  Tarixdan  malumki, 
qaysi  davlat  yoki  mamlakat  hukmron  bo’lsa,  u  tobe  mamlakat  va  xalqqa  o’z 
mafkurasini, madaniyatini, axloq-odob aqidalarini singdirishga harakat qilgan. 
1924  yildan boshlab  Turkistonning  parchalanishi,  milliy respublikalar tashkil 
etilishi  oqibatida  milliy  madaniyat  yo’li  asta-sekin  to’sila  boshlandi.  Asrlar  osha 
amalda  qo’llanib  kelingan,  qomusiy  ilmlar  bitilgan  yozuv  man  etildi.  Avval  lotin 
keyin  rus  grafikasi  asosiga  qurilgan  yozuvga  o’tildi.  Bu  tadbir  Markaziy  Osiyo 
xalqlarining o’z madaniyati tarixini o’rganish imkoniyatidan mahrum qildi. 
Maktablarda dunyo fanini rivojlantirishga munosib xissa qo’shgan o’zbek fan 
va  madaniyatining  asoschilari,  musulmon  olamining  ulug’  zotlari  emas,  balki 
o’zbek xalqi kamolatiga aloqasi bo’lmagan shaxslar faoliyati o’rgatildi. 
Musulmon  dunyosining  muqaddas  kitobi  Qur’oni  Karim,  Muhammad 
Alayhissalom  hadislarini  o’rganish  ta’qib  ostiga  olindi.  Natijada  o’zbek  xalqi 
milliy axloq-odobi va tarbiya ananalaridan mahrum bo’la boshladi.  
Bu  yo’qotish  o’zbek  fani,  madaniyati  va  pedagogika  fanlari  rivojlanishiga 
salbiy tasirini ko’rsatdi. 
1991  yilga  kelib,  O’zbekiston  xalqi  mustaqillikka  erishgach,  o’zining  yangi 
milliy  Qomusi  asosida  hamma  sohada  bo’lganidek  o’zbek  milliy  fani  va 
madaniyati, «Pedagogika tarixi»ga ham yangicha yondashish imkoniyati tug’ildi. 
O’tmishda  atoqli  mutafakkirlar  pedagogikaga  doir  muhim  fikrlarni  aytib 
qoldirganlar,  bularni  o’rganish  pedagogik  tafakkurning  o’sishiga,  pedagogik 
madaniyatning ortishiga imkon beradi. 
Yuqoridagi  fikrlardan  kelib  chiqib,  biz  o’rganmokchi  bo’lgan  pedagogika 
tarixi  fanining  maqsad  va  vazifalarini  aniqlashimiz  va  buni  ta’lim-tarbiya 
jarayonida amaliyot bilan bog’lab qo’llashimiz va takomillashtirishimiz lozimdir. 
Demak,  «Pedagogika tarixi»  fani eng qadimgi zamonlardan tortib, to  hozirgi 
kungacha  bo’lgan  turli  tarixiy  davrlardagi  tarbiya,  maktab  va  pedagogik 
nazariyalar taraqqiyotini milliy va umuminsoniy aqidalarga tayanib o’rganadi. 
Zero, pedagogika tarixi fanini o’rganish o’qituvchining pedagogik mahoratini, 
madaniyatini  oshiradi.  Unga  o’tmishdagi  eng  yaxshi  tajribalarni  hozirgi  zamon 
maktablari  ta’lim-tarbiya  jarayoniga  bog’lab  tahlil  etish  imkoniyatini  yaratib 
beradi.  Bu  fanni  o’rganish  o’qituvchining  umumpedagogik  bilim  darajasini 
kengaytiradi,  pedagogik  merosga  to’g’ri  munosabatda  bo’lishiga  undaydi.  Shuni 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


 
ta’kidlash  lozimki, biz pedagogika tarixini o’rganishimiz  orqali jahon  madaniyati, 
ta’lim-tarbiya, maorif muassasalari tizimini takomillashib borish jarayoni haqidagi 
umumiy 
tasavvurga  ega  bo’lamiz. 
«Pedagogika 
tarixi» 
fani  bo’lajak 
o’qituvchilarga bilim beribgina qolmay, ularda milliy iftixor va g’urur hissini ham 
tarbiyalaydi. 
Chunonchi,  yurtboshimiz  ta’kidlaganidek  «Xalqimiz  tayanchi-ajdodlarimiz 
qoldirgan  ma’naviy  merosning  o’zi  bir  xazina.  Bu  xazinadan  oqilona  foydalanish 
lozim». 
Pedagogika  tarixi  ijtimoiy  fan  bo’lib,  tarixiy  pedagogik  hodisalarga  davr 
talabi  asosida  yondoshadi,  tarbiya  nazariyasi  va  amaliyotini  turli  bosqichlarida 
xilma-xil bo’lganligini ochib beradi. 
Pedagogika  tarixi  fani  quyidagi  fanlar,  ya’ni:  pedagogika,  psixologiya, 
madaniyat  tarixi,  O’zbekiston  tarixi,  jahon  xalqlari  tarixi,  falsafa,  etnografiya, 
arxeologiya, ahloqshunoslik va boshqa bir qator fanlar bilan uzviy alokadadir. 
Biz  pedagogika  tarixi  fanini  o’rganish  va  tahlil  qilishimizda  quyidagilarga 
asoslanamiz.  Bular:  qadimgi  yozuvlar,  bitiklar,  qo’l  yozma  yodgorliklari,  sharq 
mutafakkirlarining  ilmiy,  ma’naviy  merosi, xalq og’zaki  ijodi,  muqaddas kitoblar, 
pandnomalar,  dasturlar,  o’quv  qo’llanmalari  va  darsliklar,  xalq  maorifi   
masalalariga  oid  materiallar,  matbuot  materiallari,  Prezidentimiz  Islom 
Karimovning ta’lim-tarbiyaga doir asarlari, nutq va maqolalaridir. 
Pedagogika  tarixi  fanining  metodologiyasi  esa  milliy  va  umumbashariy 
qadriyatlar, xalq pedagogikasi, Markaziy Osiyo va Sharq mutafakkirlarining ilmiy 
va  ma’naviy  merosi,  O’zbekiston  Respublikasi  Konstitusiyasi,  O’zbekiston 
Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimovning  ta’lim-tarbiyaga  oid  asarlari  va  milliy 
istiqlol g’oyasi  haqidagi nazariyalar hisoblanadi. 
O’zbekiston  Prezidenti  I.A.Karimov  ta’kidlaganidek,  «Tarix  xotirasi, 
xalqning,  jonajon  o’lkaning,  davlatimiz  hududining  holis  va  haqqoniy  tarixini 
tiklash  milliy    o’zlikni  anglashni,  tadbir  joiz  bo’lsa,  milliy  iftixorni  tiklash  va 
o’stirish jarayonida g’oyat muhim o’rin tutadi». 
Darxaqiqat, yurtboshimiz o’z nutqlarida tariximizning beqiyos o’rnini alohida 
iftixor  bilan  tilga  oladi.  Jumladan,  1998  yil,  26-iyunda  Respublikamiz  Prezidenti 
Islom  Karimov  bir  guruh taniqli tarixchi olimlar, jurnalistlar  va ommaviy axborot 
vositasi  vakillari  bilan  uchrashib,  tarix  fani  sohasiga  tegishli  bo’lgan  hamda  hal 
ztilishi  lozim  bo’lgan  dolzarb  muammolarni  o’rtaga  tashladi.  Ushbu  uchrashuv 
natijasida  tarix  fanining  kelajakdagi  taraqqiyoti  istiqbollarini  o’zida  mujassam 
etgan  «Tarixiy  xotirasiz  kelajak  yo’q»  asari  dunyoga  keddi.  1998  yil  27  iyulda 
«O’zbekiston  Respublikasi  Fanlar  Akademiyasi  tarix  instituti  faoliyatini 
takomillashtirish  to’g’risida»  Vazirlar  Maxkamasi  qarorining  qabul  qilinishi  tarix 
fanini  rivojlantirishni  davlat  ahamiyatidagi 
ustuvor 
vazifalardan  biriga 
aylanganligidan dalolat beradi. 
I.A.Karimovning «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q» asari yoshlarni ma’naviy-
axloqiy  ruhda  tarbiyalashdagi  ahamiyati  beqiyos.  Ushbu  asarda  tarix  fanining 
o’zlikni  anglashdagi  roli  keng  tahlil  etib  berilgan.  Shuningdek,  o’zbek 
davlatchiligi,  uning  etnik  tarixi,  tarix  fanining  komil  insonni  tarbiyalashdagi  o’rni 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


 
va  shu  kabi  masalalar  ham  o’z  ifodasini  topgan.  Istiqlol  davrida  tarix  ilmi 
taraqqiyoti ham, uning istiqbollari keng qamrovli tarzda bayon etilgan. 
O’zlikni  anglash  tarixni  bilishdan  boshlanadi.  Tarix  millatni,  xalqni  porloq 
kelajak  sari  birlashtiradi.  Uning  kuch-qudrati  ham  shundadir.  Tarixning 
tasirchanligi   shundaki millatning o’zligini anglashga yordam beradi. Millat tarixi 
-  muayyan  millatning  o’tmishini,  uning  asrlar  davomidagi  istaklari  va  orzu-
umidlarini  namoyon  etadi.  Shu  millatning  kelajak  taraqqiyot  yo’lini  belgilab 
beradi.  Tarixdan  malumki,  o’zbek  xalqining  asriy  orzusi  -  ozodlik,  erkinlik  va 
hurlikka  intilish  bo’lgan.  Istiqlol  sharofati  orqali  bu  tarixiy  ezgu  maqsadlar 
ro’yobga  chikdi.  Vatan  tarixida  millatimizning  o’tmishigina  emas,  balki  uning 
zarhal varaqlarida xalq xotirasi, ajdodlar tafakkuri va dunyoqarashi, buyuk tarixiy-
ma’naviy  meros  mujassam.  Bu  millatimiz  borlig’i,  o’zligi  va  tirikligidir.  Shuning 
uchun  qaysi  xalq  va  millat  borki  o’z  tarixini  tiklashga,  ko’z  qorachig’idek 
asrashga,  uni  bekam-u  ko’st  kelajak  avlodga  yetkazishga  alohida  etibor  bilan 
karaydi. Yurtboshimiz doimo tarixning kuch-qudratini his etib, bizga ajdodlarimiz 
boy  tarixiy  meros  qoldirganligini,  biz  ham  kelajak  avlodga  ana  shunday  ibratli 
tarix qoldirishimiz kerakligini uqtiradi. 
Yurtboshimiz «Millatni asrash kerak, millatni asrash uchun esa uning haqiqiy 
tarixini  o’rganish,  avaylab  himoyalash  kerak»ligini      ta’kidlaydi  («Turkiston» 
gazetasi.  1999  yil,  2  fevral).  Chunki  millat  o’zligini  va  borlig’ini  o’z  tarixi  bilan 
namoyon  etadi.  Haqiqiy  tarix  o’rganilsagina  va  yaratilsagina  millatning  manaviy 
dunyosi  yanada  boyib  boradi.  Millat  jipslashadi,  u  o’zi  tanlagan  yo’ldan  dadil 
boradi. Tanlagan yo’lidan og’ishmaydi. 
Respublika  Prezidenti  Islom  Karimov  tarixning  shu  ahamiyatini  teran  his 
etadi,  tarixni  o’rganish  va  bilish  millat  uchun  suv  va  havodek  zarur  ekanligini 
mantiqan e’tirof etadi. «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q» asarini varaqlar ekanmiz 
«o’zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi. Isbot talab bo’lmagan ushbu xaqiqat 
davlat  siyosati  darajasiga  ko’tarilishi  zarur»  degan  satrlari  diqqatimizni  tortadi. 
«O’zlikni anglash» va «tarixni bilish» bu ikkala tushuncha bir-birini to’ldiradi va 
ajralmasdir.  Bu  tushunchalar  agar  ilmiy  tahlil  etilsa,  ularning  zamiridagi  ma’no 
yuzaga chiqadi. Ya’ni o’zligini anglagan millat olamni taniydi, dunyoni taniydi va 
jahon  taraqqiyotidagi  o’rniga  ega  bo’ladi.  Bunga  tarixni  bilish  orqali  erishiladi. 
Tarix  shu  yo’sinda  millatni  o’zligini  anglatadi.  Kelajakka  ishonch  uyg’otadi. 
Asarda tarixni o’rganish davlat siyosati darajasiga ko’tarilishi zarurligi takidlanishi 
nima  uchunligini  anglab  yetmog’imiz  kerak.  Masalaning  bunday  ko’yilishining 
sababi  bor,  albatta.  Boy    ko’xna  tariximiz  turli  davrlarda  mustabid  hukmron 
mafkura  tazyiqiga  uchradi.  Tariximizni  o’zgalar  o’z  nuqtai  nazaridan  yozgan 
paytlar  bo’ldi.  Shu  tarzda  xaqiqiy  tariximiz  sohtalashtirildi.  O’tmishdan  darak 
beruvchi  nodir  qo’lyozmalar,  ta’lim-tarbiya,  maktab-maorif  masalalariga  oid 
asarlar  o’rganilmadi.  Ularning  ko’pchiligi  mustabid  tuzum  siyosatining  qurboni 
bo’ldi  va  talon-taroj  etildi.  Millatimiz  o’zining  tarixidan  xolis  ma’lumot  beruvchi 
mahalliy  tarixiy  manbalardan  foydalana  olmadi.  Shafqatsiz  siyosatning 
manaviyatga  va  tarixga  bunday  yondashuvi  mohiyatini  Prezidentimiz  I.Karimov 
«Tarixiy  hotirasiz  kelajak  yo’q»  asarida  quyidagicha  izohlab  beradi.  U  shunday 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


 
deydi:  "Sho’rolar  zamonida  tarixiy  haqiqatni  bilishga  intilish,  rag’batlantirishga 
xizmat qilmaydigan  manbalar xalq ko’zidan  iloji boricha  yiroq saqlanardi(4 bet)". 
Bundan  ayon  bo’ladiki  Sho’rolar  davrida  tarix  faniga  kommunistik  mafkurani 
kishilar  ongiga  singdirish  quroli  sifatida  qaralgan.  Tarix  fanining  siyosatga  mute 
bo’lishi  uning  cheklanishiga  va  voqyealarning  suniy  tarzda  bayon  etilishiga  olib 
kelgan. Shu bois o’zbek xalqi o’zining tarixidan baxramand bo’la olmadi. Chunki 
Sho’roning  manaviy  sohadagi  siyosati  bevosita  xalqimizni  o’z  tarixini  bilmaslik 
girdobiga  tortish,  uni  o’rganishdan  bebahra  etish  orqali  millat  sifatidagi  tarixiy 
dunyoqarashini 
falajlash, 
mutelik 
va 
qaramlik 
his-tuyg’usini 
yanada 
mustahkamlashga 
qaratilgan 
edi. 
Chunki 
bunday 
yo’l 
milliy 
tarixiy 
dunyoqarashning  o’sishiga  va  boyib  borishiga  to’sqinlik  qiladi.  Dunyoqarashni 
millat manfaatiga zid tarzda susaytiradi hamda milliy his-tuyg’uni so’ndirib boradi. 
Bunday  ayanchli  tarzda  tarix  ilmidan  millatni  har  tomonlama  o’zligini 
anglatmaslik  yo’lida  foydalanish  g’oyasi  asosida  o’quv  muassasalarida  o’qitishni 
tashkil etish Sho’ro davri siyosatining asl maqsadlarini yanada oydinlashtiradi. 
Yurtboshimizning  «Tarixiy  xotirasiz  kelajak  yo’q»  asarining  mazmun  va 
mohiyati  ham  aynan  Sho’ro  davri  tarix  fanining  millatning  xaqiqiy  tarixini 
yoritishga qodir emasligini, tariximizni ana shu yolg’on va sohtalikdan xalos etish 
zarurligini  ochib  berishga  qaratilgandir.  Chunki  Sho’ro  davridagi  tarixiy 
adabiyotlar,  yaratilgan  darsliklar,  olib  borilgan  ilmiy  tadqiqot  ishlari  tanqidiy 
o’rganishni  talab  etadi.  Sababi  ular  milliy  g’ururni  shakllantira  olmaydi  va  milliy 
vijdonni  uyg’otishga  qodir  emasdir.  Ana  shu  talqinlardan  kelib  chiqib  aytish 
mumkin-ki  tariximizni  tiklash  bu  zaruriyat.  Holisona  va  tarixiy  xaqiqat    mezoni 
asosida  yaratilgan  tarixgina  millat  dardiga  darmon  bo’ladi,  millatga  uyg’oqlik 
baxshida eta oladi. Milliy ma’naviyatni boyitishda muhim omilga aylanadi. Millat 
o’zligini,  borligini  va  salohiyatini  his  etadi  va  nurafshon  istiqbol  -  sari  ildamlab 
boradi. 
Tarixga  nazar  tashlar  ekanmiz,  ajdodlarimizning  ilmiy  salohiyatiga,  ular 
qoldirgan boy tarix, ma’naviy-madaniy merosga havas bilangina emas, balki hayrat 
bilan  qaraymiz.  Ajdodlarimiz  bosib  o’tgan  shonli  tarix  biz  uchun  ibrat  va  tarbiya 
manbaidir. Tariximizda ibrat oladigan jihatlar ko’p. Vatanparvarlik, insonparvarlik, 
millatparvarlik,  xalqparvarlik  va  shu  kabi  xalqimizga  hos  fazilatlar  bizga 
ajdodlarimizdan  meros  qolgan.  Ular  marifatli  jamiyat  bino  etish  goyalarini  ilgari 
suribgina qolmay, uning amaliy ifodasi uchun ham fidoyi bo’lganlar. Ma’rifatning 
qadr-qimmatini anglab yetganlar. Marifatni jamiyat taraqqiyotining garovi sifatida 
talqin  etganlar.  Bu  g’oya  bebahodir.  Ijobat  topmagan  va  orzuligicha  qolib  ketgan 
bu g’oyalar mustaqillik ila ibrat tarzida yana jaranglay boshladi. «Tarixiy xotirasiz 
kelajak  yo’q»  asarida  «jamiyat  taraqqiyotining  asosi,  uni  muqarrar  xalokatdan 
qutqarib  qoladigan  yagona  kuch-marifatdir»  deb  urg’u  berilishi  jadidchilik 
g’oyalarining hayotbaxsh ekanligini ifoda etadi. 
«Ma’rifatparvarlik»,  deydi  yurtboshimiz  -  biz  uchun  bugun  ham  o’z 
ahamiyatini yo’qottani yo’q, yo’qotmaydi ham. Aql-zakovatli, yuksak ma’naviyatli 
kishilarni  tarbiyalay  olsakkina,  oldimizdagi  maqsadimizga  erisha  olamiz, 
yurtimizda  farovonlik  va  taraqqiyot  qaror  topadi.  Agar  shu  muammoni 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

10 
 
yecholmasak,  barcha  toat-ibodatlarimiz  bir  pul:  taraqqiyot  ham,  kelajak  ham, 
farovon hayot ham bo’lmaydi! (7-bet)». 
Hozirgi  o’zbek  xalqining  ajdodlari  bundan  bir  necha  ming  yillar  oldin 
yashagan    bo’lib,  ular  yuksak  va  o’ziga  xos  madaniyatni  vujudga  keltirishda  juda 
katta  va  mashaqqatli  yo’lni  bosib  o’tgan.  Dastlabki  tosh  qurollaridan  tirikchilik 
uchun  foydalanishda  ancha  takomillashgan  mehnat  qurollari  yasashgacha,  undan 
urug’chilik,  qabilachilik  davrlariga  kelib,  xo’jalik  va  madaniy  taraqqiyotda 
erishilgan  yutuqlargacha  bo’lgan  tariximiz  ota-bobolarimizning  boy  qadimiy 
madaniyatga ega bo’lganligidan dalolat beradi. 
Ma’lumki, kishilar  va kishilik jamiyati  vujudga kelishi jarayonida  inson  ham 
biologik  jihatdan,  ham  inson  sifatida  takomillashib  borgan.  Dastlabki  diniy 
e’tiqodlar,  oddiy  ixtirolarning  takomillashib  borishi,  inson  ongining  shakllanib 
borishiga  turtki  bo’ldi.  Bu  jarayon  ming-ming  yillar  davom  etib,  inson  ongi 
shakllanishining asosi bo’lgan xulq-odob qoidalari tarkib topadi. 
 

Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish