rivojlanishdagi inqirozga binoan
(L.S.Vigotskiy);
motivasion yondashish
(L.I.Bojovich);
faoliyatga ko‟ra munosabat
(D.B.Elkonin);
shaxsning
ijtimoiylashuv
xususiyatiga
e'tiboran
(A.V.Petrovskiy);
shaxsning
tutgan
pozisiyasini
hisobga
olib
(D.I.Feldshteyn) va hokazo. Shunday qilib, xorij va rus psixologlari
tomonidan bir qator puxta ilmiy-metodologik asosga ega bo‘lgan shaxsning
rivojlanishi nazariyalari ishlab chiqilgan. Ularning aksariyati ontogenezda
shaxsning shakllanishi qonuniyatlarini ochishga muayyan hissa bo‘lib xizmat
qiladi, amaliy va nazariy muammolarni echishda keng ko‘lamda qo‘llaniladi.
Biz shaxs rivojlanishini o‘rganar ekanmiz, asosiy e‘tiborni shaxsga ta‘sir
etuvchi omillar sifatida faqat - biologik va ijtimoiy ta‘sirlarga emas,
shuningdek shaxsning hayoti davomida rivojlanish jarayoninini ta‘minlovchi
omillar - o‘qish-o‘rganish, shaxs motivlari, emotsiyalari va shaxs sog‘lig‘iga
ham qaratish lozim. Shaxsni o‗rganishga bag‘ishlangan bugungi tadqiqotlar
asosiy e‘tiborni shaxsning biologik rivojlanishiga va shaxsning atrof-muhitga
bo‘lgan munosabatiga qaratadi. Ular shuningdek shaxsga bo‘lgan madaniy
ta‘sir shaxsning boshqalar tomonidan tan olinganlik hissi, shaxs egoizmining
shakllanishiga bo‘lgan ta‘sirini o‘rganadi, ular Freydning asosiy kashfiyoti
bo‘lgan ongsizlik muammosiga ham katta e‘tibor qaratadi.
Jumladan, Z.Freydning psixologik himoya mexnizmlari haqidagi fikrlari
shaxs rivojlanishi borasida muhim ahamiyat kasb etganligi ta‘kidlashadi.
Freydning psixologik himoya mexnizmlari haqidagi nazariyasining mohiyati
quyidagicha: «Har birimiz ijtimoiy guruhlar a‘zosi ekanmiz anglaganimiz
uchun o‘zimizning jinsiy va agressiv mayllarimizni nazoratda tutamiz, ularni
ochiq oydin oshkora qilmaymiz. Lekin bazida ego nazoratimizning
yo‘qolishiga sabab bo‘ladi va ana shunda ID va Super Ego orasida ziddiyat
yuzaga keladi. Ego o‘zini himoya mexanizmlari bilan himoyalaydi. Quyida 7
ta misol keltirilgan:
1)
Repressiya (ongdan chiqarib tashlash) Freydning fikricha barcha
himoya mexanizmlari asosida repressiya yotadi.
2)
Regressiya (sustlashish, zaiflashish) - masalan, o‘qish davomida
uydan uzoqda bo‘lgan talabalar o‘zlarini noqulay his qilishadilar va o‗qishda
sustkashlikka yo‗l qo‗yadilar.
3)
Reaksion formatsiya – ego ongsizlikda qabul qilinmaydigan
impulslarini uning teskarisiga o‘xshab yaratadi, bunda o‘zini munosabatini
teskari tarzda ifodalaydi. Masalan, sevib qolgan qiz sevgi obektiga nisbatan
sevmayman deb aytgani bilan aslida unga nisbatan qizda ―Men uni sevaman‖
degan munosabat shakllangan bo‘ladi.
65
4)
Proeksiya (vaziyatga nisbatan hayolda tasavvur qilish) – shaxsni
ta‘qib etuvchi tahlikali impulslarni boshqalarga ko‗chirish. Freydning
fikricha o‘g‘ri hammani o‘g‘ri deb hisoblaydi. Bunda shaxs o‘z impulslarini
boshqalarga ko‘chirib fikrlaydi.
5)
Ratsionalizatsiya – bunda shaxs qilayotgan hatti-harakatlarini
oqlash uchun ongli ravishda bahonalar to‗qiydi. Buning natijasida haqiqiy
sabablarni bekitib, boshqa sabablar keltiradi. Masalan, imtixondan yiqilgan
talaba «Men yaxshi o‘qigan edim, lekino‘qituvchi menga past baho qoydi», -
deb o‗zini oqlaydi.
6)
Boshqasiga almashtirish (o‗rnini to‗ldirish) – shaxsning o‗z
jinsiy yoki agressiv impulslarini unda impuls hosil qilgan ob‘ektga nisbatan
ma‘qulroq bo‗lgan boshqa ob‘ektga ko‗chirish yoki qaratish. Masalan,
boshlig‘idan jahli chiqqan er xotinidan alamini oladi. Yoki imtihondan o‗ta
olmagan talaba o‗z alamini xonadoshi yoki guruhdoshiga sochishi mumkin.
7)
Qarshilik ko‘rsatish – masalan, o‘layotgan bemor o‘z kasalligini
rad etadi. Ichkilikka berilgan o‘g‘lining qilmishlarini ota-ona tan olmaydi.
Taniqli psixolog olim Karl Yung Ollport nazariyalariga o‘xshab
yagonalikka hos bo‘lgan mulohaza va savollarga javob bergan. Yung
ishonadiki, har bir insonning alohida tushunadigan yoshlari, timsoli
bo‘ladi
14
.
15
L.N.Tolstoy ro‗parasidagi odamga chuqur ma‘noga ega va ajoyib bir
fikrni bayon qilgan edi: «... men sizni birinchi marta ko‘rib turibman,
boshingiz, qo‘llaringiz, oyoqlaringiz barcha odamlarnikiday, yuzingiz
bichimi ham shunaqa yohud o‘zgacha. Buni men ham ko‘rib turibman,
hamma ham ko‘radi. Ammo, agar men ko‘nglingizga yo‘l topolsam, shu
joyga qo‘l sola olsam (u bir qo‗lini ro‗parsidagi shaxsning yelkasiga, ikkinchi
qo‘lini esa ko‘ksiga qoydi), agar o‘sha joyda bor bo‘lgan narsani oshkora qila
olsam (tashqariga chiqara olsam) men kishini hayajonlantira olaman, ko‘ziga
yosh oldira olaman, barcha hislarini qo‘zg‘atib yubora olaman, ko‘zga
ko‘rinmas odamni ana shunday yaqqol shaklda ko‘rsata olaman va u holda
men chinakam sa‘natkor bo‘laman‖, degan edi.
Rossiyalik psixofiziolog Ivan Pavlov shaxs xulq-atvorini tasvirlab
berishda o‘z nazariyasini ilgari suradi. Uning nazariyasiga ko‘ra xulq-atvor
shaxslarni bir-biriga yaqinlashtiradi deb ta‘kidlagan. Bu holatda insonlar
atrof-muhitga nima berayotganlarini osongina tushunib yetadi va javob
beradi. Uning nazariyasida faollik va ishyoqmaslik to‘g‘risida savollarga
javoblar berilgan.
16
14
David G.Myers – Psychology NY – 2010 Worth Publishers -572 бет (mazmunidan foydalanildi)
15
David Martin ―Human Behaviours‖ USA, 2010(mazmunidan foydalanildi)
16
David G.Myers ―Psyxology ninth edition in modules‖ . 2010/ 4-5 pajes (mazmunidan foydalanildi)
66
Do'stlaringiz bilan baham: |