O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/153
Sana27.01.2023
Hajmi5,59 Mb.
#904090
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   153
Bog'liq
c086c6db19fa6204fac524bef9ab0327 FUQARO MUHOFAZASI

1. Chaqnash. 
Agar asta-sekin qizdirilayotgan yonuvchi suyuqlikka 
vaqti-vaqti bilan tashqaridan alanga ta‘sir qildirsak, ma‘lum bir 
haroratga etganda, undan ajralib chiqayotgan gazsimon mahsulot 
chaqnaydi va shu zahotiyoq o‗chib qoladi. Suyuqlikning ana shu 
paytdagi harorati chaqnash harorati deyiladi. Chaqnagan gazlarning tez 
o‗chib qolishining sababi, bu haroratda suyuqlikdan ajralib chiqayotgan 
gazlar alangani davom ettirish uchun yetarli emasligidir. 
Chaqnash harorati moddalarning yong‗in jihatidan xavfliligini 
aniqlashda katta ahamiyatga ega. Ayrim moddalardan ajralib chiquvchi 
bug‗ va gazlar ko‗p miqdorda yig‗ilishi natijasida ochiq alanga bilan 
birikib kuchli portlash paydo qilishi mumkin. 
2. Alangalanish. 
Suyuq yonuvchi moddalarni qizdirish chaqnash 
haroratidan yuqorida ham davom ettirilsa, uning bug‗lanishi jadallashadi 
va shunday bir vaqt keladiki, unga alanga yaqinlashtirilsa chaqnayotgan 
bug‗lar chaqnaydi va yonishda davom etadi. Suyuqlikning shu 
holatidagi harorati alangalanish harorati deb ataladi. 
3. O‘z-o‘zidan alangalanish. 
Agar 
yonuvchi 
suyuqlikni 
alangalanish haroratidan yuqori bo‗lgan holatda ham qizdirilish davom 
ettirilsayu, lekin ochiq alanga yaqinlashtirilmasa, ma‘lum bir vaqtda 
ajralib chiqayotgan bug‗lar o‗z-o‗zidan alangalanib ketadi. Yonuvchi 
suyuqlikning ana shu holatidagi haororati o‗z-o‗zidan alangalanish 
harorati deyiladi. 


230 
4. O‘z-o‘zidan yonib ketish. 
Ayrim yonuvchi qattiq moddalar 
noto‗g‗ri saqlansa o‗z-o‗zidan yonib ketishi mumkin. Masalan, nam 
holda g‗aramlangan poxol, paxta, toshko‗mir, moy artilgan latta va 
boshqalar. O‗z-o‗zidan yonish jarayoni ma‘lum haroratdagina ro‗y 
berishi mumkin. 
Qattiq moddalar yonayotganda yonayotgan qismlariga yondosh 
qismlarning qizishi va o‗z navbatida ulardan yonuvchi gazlar ajralib 
chiqishi hamda ularning ham yona boshlashi natijasida uzluksiz zanjir 
reaksiyasi kechadi. Bu jarayon biron-bir to‗suvchi omilga uchramasa 
yonuvchi modda yonib tamom bo‗lguncha davom etadi. 
Yonuvchi suyuq moddalarning yonishi faqat yuzalari ochiq 
bo‗lgan holatdagina, ya‘ni havo bilan tutash bo‗lgan yuzalaridagina yuz 
berishi mumkin. Bunda suyuqlik yuzasidagi alanga pastki qatlamlarini 
qizdiradi va yonuvchi bug‗larning yangi-yangilarini chiqaradi va ular 
ham yona boshlaydi, shunday qilib, bu yerda ham zanjir reaksiyasi 
kechadi. 
Yonuvchi suyuq moddalarning chaqnash harorati 45

S ga teng 
yoki undan kichik bo‗lsa, uglerod sulfid, spirtlar va boshqalar misol 
bo‗la oladi. Chaqnash harorati 45

S dan yuqori bo‗lganlari esa 
yonuvchi 
suyuqliklar
deyiladi. Qurilish me‘yorlari va qoidalari 11.3-70 da 
keltirilishi bo‗yicha yong‗indan muhofaza qilish ilmiy tekshirish 
institutining tavsiyasiga binoan yengil yonuvchi suyuqliklarga chaqnash 
harorati 61

S ga teng va undan past bo‗lganlarni, yonuvchi 
suyuqliklarga esa 61

S dan yuqorilarini kiritish belgilangan. 
Gazlarda esa, gazning har bir molekulasi kislorodning 
molekulalari bilan bevosita kontaktda bo‗lishi mumkinligi va ular 
vaqtning o‗zida oksidlanish jarayoniga tayyor bo‗lganligi uchun, yonish 
jarayoni katta tezlikda kechadi. Yonuvchi modda bo‗ylab alanganing 
tarqalish tezligi sekundiga bir necha metrni tashkil etsa – 
portlash
, bir 
necha kilometrni tashkil etsa – 
detonatsiya
deb ataladi. 
Gaz va bug‗larning havo bilan aralashmasining yonish va portlash 
xavfi, alanganing tarqalish haroratidan tashqari ularning havodagi 
konsentarsiyasi chegarasi (bug‗lar uchun) bilan xarakterlanadi. 
Portlashning konsentarsiya chegarasi
deb, yopiq tigelchishida 
yonuvchi gaz va bug‗larning havodagi miqdori tashqi alanga ta‘siri 
ostida alangalanib keta oladigan miqdorga aytiladi. 
Havo bilan to‗ldirilgan berk idish olib, unga ma‘lum miqdorda 
yonuvchi gaz yoki bug‗ qo‗shib boramiz va har gal uni yoqib ko‗ramiz. 
Gazning miqdori (foizlarda yoki og‗irlik konsentarsiyasida) kam 


231 
bo‗lganda alangalanmaydi, ya‘ni idish ichidagi bosim atmosfera 
bosimiga tengligicha qolaveradi.
Yonuvchi moddaning konsentratsiyasi oshirib borilishi natijasida 
shunday holat yuzaga keladiki, bunda aralashma kuchsiz portlaydi. 
Yopiq idish ichida yonuvchi gaz yoki bug‗ning havo bilan aralashmasi 
yondirilganda portlash paydo qiladigan minimal qiymati 
portlashning 
pastki chegarasi
deyiladi. Idish ichiga berilayotgan gaz yoki bug‗ning 
konsentarsiyasi yana oshirib borilsa, portlash kuchi ortib, maksimal 
qiymatga erishadi. Konsentratsiyaning yanada ortib borishi endi portlash 
kuchini oshirmay, balki pasaytiradi va asta-sekin so‗na boshlaydi, ma‘ 
lum consentratsiyada esa butunlay to‗xtaydi. Yopiq idish ichida yonuv- 
chi gaz yoki bug‗ning havo bilan aralashmasining yondirilganda 
portlaydigan maksimal qiymati 
portlashning yuqori chegarasi
deyiladi. 
Port lashning pastki va yuqori chegaralari orasidagi farq ancha katta 
bo‗lsa, moddaning portlash xavfi shuncha yuqori bo‗ladi. 
Har bir yonuvchi moddaning bug‗lari, gazlari hamda changlari 
o‗zining pastki hamda yuqorigi portlash chegaralari qiymatlariga ega. 
Yonuvchi changlar va tolalarning pastki portlash chegarasi 65 g/m
3
dan 
past bo‗lsa, portlash xavfi mavjud hisoblanadi. Agar ularning pastki 
portlash chegarasi 65 g/m
3
dan yuqori bo‗lsa, ular yuqori xavfli bo‗lgan 
changlar hisoblanadi. Suyuqliklar bug‗lari uchun ham portlashning 
harorat chegaralari pastki va yuqorigi qiymatlarga ega. 
Yonuvchi suyuqliklarning gaz va bug‗larning havo bilan 
aralashmasini yuqorida ko‗rsatilgan chegaralaridan tashqari qiymatlarida 
hech qanday manba bilan alangalatib bo‗lmaydi. Masalan, atseton 
to‗yingan bug‗lari uchun portlashning pastki harorat chegarasi-20

S, 
yuqorigisi 7
0
S, uglerod sulfid uchun tegishlicha -14

S va -7

S. 

Download 5,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish