O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Ilon chaqqanligi belgilari va alomatlari



Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/153
Sana27.01.2023
Hajmi5,59 Mb.
#904090
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   153
Bog'liq
c086c6db19fa6204fac524bef9ab0327 FUQARO MUHOFAZASI

Ilon chaqqanligi belgilari va alomatlari 

Og‘riq (zaharli ilon chaqqan bo`lsa, chidab bo‘lmas darajada 
bo`ladi). 

Juft yoki toq tishlangan jarohat. 


208 

Chaqilgan joyda teri rangining o‘zgarishi hamda shish. 

Holsizlanish, nafas olishning buzilishi. 
Ilon chaqqanda birinchi yordam kursatish 
 
1 Birinchi yordam ko‘rsatishning asosiy qoidalariga amal qiling. 
2 Jabrlanuvchiga qulay o‘rnashib olishga yordam bering hamda 
agar imkoni bo`lsa, zahar so‘rilishini sekinlashtirish uchun tananing 
chaqilgan qismini yurak sathidan pastroq tushiring. 
3. Chaqilgan joyga muz qo‘ying . 
4. Jabrlanuvchini tinchlantirish hamda unga harakatsiz yotishni 
maslahat bering. 
Ilon chaqishi kamdan kam hollarda o‘limga olib keladi. Biroq 
bemorga iloji boricha tezroq shifokor yordamini ko‘rsatish kerak. Kichik 
bolalar, tana massasi kichik bo`lgani uchun, xavf-xatarda qolib ketishi 
mumkin. 
Zaharni og‘zingiz bilan so‘rib olishga urinmang, jarohatni 
ishqalamang hamda jgut bog‘lamang.
PARAZITAR KASALLIKLAR
Parazitar kasalliklar - parazitlar qo‘zg‘atadigan kasalliklar. 
Odamlarda uchraydigan parazitar kasalliklarni gelmintlar, eng sodda (bir 
xujayrali) 
hayvonlar 
(amyobalar, 
leyshmaniyalar, 
lyambliyalar, 
toksoplazmalar, 
plazmodiyalar 
va 
boshqalar) 
hamda 
kasallik 
qo‘zg‘atuvchilari 
(viruslar, 
bakteriyalar)ni 
tashib 
yuruvchi 
bug‘imoyoqlilar (hasharotlar va kanalar) keltirib chiqaradi. Parazitar 
kasalliklar invazion kasalliklar (invaziya - parazit hayvonlardan yuqish) 
deb ham yuritiladi. 
Parazitar kasalliklardan farq qilib, bakteriya, spiroxeta, rikketsiya 
va viruslar qo‘zg‘atadigan kasalliklar 
infeksion kasalliklar
deb ataladi. 
Parazit chuvalchanglar yoki 
gelmintlar
qo‘zg‘atadigan kasalliklar 
gelmintozlar 
deyiladi: 
ulardan 
askaridoz, 
ankilostomidoz, 
gimenolepidoz, difillobotrioz. teniidoz, trixinellez, trixosefalez, entero-
bioz, exinokokkoz
va boshqalar ko‘proq uchraydi. 
Eng sodda hayvonlar protozooz kasalliklarga sabab bo‘ladi; 
amyoba dizenteriyasi, leyshmanioz. lyamblioz, bezgak, toksoplazmoz
shular jumlasidandir. Eng sodda hayvonlarning 50 dan ortiq turi 
odamlarda parazitlik qiladi. Parazit hasharotlar va kanalar entomoz va 
akaroz kasalliklarini qo‘zg‘atadi. Entomozlarga miazlar kiradi; bunda 
odamning organ va tuqimalari pashsha lichinkalari bilan zararlanadi; 


209 
bitlar, 
chivinlar, 
iskabtoparlar 
chaqishidan 
teri 
kasalligi 

dermatozoonozlar kelib chiqadi. Qo‘tir akarozlarga misol bo‘ladi. 
Vaqtinchalik va doimiy parazitlar bor. Vaqtinchalik parazitlar 
(chivin urgochisi, iskabtoparlar va boshqalar) tabiatda yoki turar 
joylarda erkin yashab, juda qisqa vaqt yoki biror kun oziqlanish uchun 
odamlarga hujum qiladi. Doimiy parazitlar (bitlar, gelmintlar, eng sodda 
hayvonlar) odam tanasida rivojlanishining ma‘lum bir davrida yoki umr 
bo‘yi yashashi mumkin. Yashash joyiga qarab tashqi - ektoparazitlar 
(parazit xo‘jayin tanasining tashqarisida yashaydi) va ichki - 
endoparazitlar (parazit xo‘jayin tanasining to‘qima yoki bo‘shliqlarida 
yashaydigan) bo‘ladi. Parazitlarning teri qavatlarida (qo‘tir kanasi, 
me‘da so‘nasi lichinkasining birinchi bosqichi) va tashqi muhit bilan 
kontaktdagi organlar bo‘shliqlarida: burun, og‘iz, quloq va boshqalarda 
(so‘na, volfart pashshasi lichinkalari) parazitlik qiladigan xillari ham 
bor. Kasallik qo‘zg‘atuvchi ayrim parazitlar rivojlanishi bosqichlarida 
xo‘jayin organizmida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib yurishi (migra-
siya qilishi) mumkin (masalan, ankilostoma). Parazitar kasalliklar 
qo‘zg‘atuvchilari yashash sikli davomida bir necha xo‘jayin 
almashtirishi mumkin (masalan, difillobotrioz, bezgak, teniidoz, 
exinokokkoz qo‘zg‘atuvchilari). 
Kasallik manbai (invaziyani qo‘zg‘atuvchi manba) kasal odam 
(parazit tashib yuruvchi) yoki hayvon hisoblanadi. Ba‘zan odamning 
o‘zi o‘ziga kasallik manbai bo‘lishi mumkin - autoinvaziya (masalan, 
ostrisa bilan ifloslangan tirnoqni tishlash, so‘rish natijasida qaytadan 
kasallanish). Kasallik qo‘zg‘atuvchisi odam organizmiga teri yoki tabiiy 
teshiklar, ko‘pincha og‘iz, ba‘zan orqa chiqaruv va siydik yo‘llari, 
shuningdek burun orqali yuqishi mumkin. Parazitar kasalliklar 
qo‘zg‘atuvchilarining oziq-ovqat (alimentar), kontakt, transmissiv, havo 
orqali yuquvchi xillari bor. Gelmintozlar, lyamblioz va boshqalar 
organizmga oziq - ovqat (masalan, trixinella lichinkasi tushgan go‘sht) 
va ifloslangan suv orqali tushishi mumkin. Ba‘zan parazitlar iflos qo‘l 
va idish - tovoqlar orqali ham yuqadi. 
Qo‘tir bit va boshqalar kontakt yo‘li bilan ya‘ni bemor va 
zararlangan ro‘zg‘or buyumlari orqali odamga yuqishi mumkin. 
Transmissiv Parazitar kasalliklar (transmissiya - tashib yurish) deganda 
bo‘g‘imoyoqlilar tashib yuradigan kasallik xillari tushiniladi. 
Leyshmanioz, bezgak transmissiv yo‘l bilan yuqadi. Parazitar kasalliklar 
qo‘zg‘atuvchilarining havo orqali odamga yuqishi juda kam uchraydi. 
Kasallik qo‘zg‘atuvchisi o‘zining yashash sikliga qarab odamga turli 


210 
faslda, kunning ma‘lum bir vaqtida yuqishi mumkin (masalan, bezgak 
kasalligini tarqatuvchi anofeles chivini odamni kechqurun yoki kechasi 
chaqadi). Parazitar kasalliklar qo‘zg‘atuvchisi odam organizmida xilma-
xil mexanik zararlanishlar keltirib chiqarishi, organ va to‘qimalarni 
jarohatlashi, zaharlash (parazitning moddalar almashinuvi mahsulotlari 
bilan zaharlanishi), allergiya paydo qilishi, mavjud kasalliklarni yanada 
og‘irlashtirishi va tashqaridan ikkilamchi infeksiyaning kirishiga sharoit 
yaratib berishi mumkin. 
Parazitar kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarni mutaxassis 
shifokor davolaydi. Parazitar kasalliklarning oldini olish uchun 
bemor va parazit tashuvchlarni vaqtida aniqlash va davolash lozim. 
Kasallik qo‘zg‘atuvchilarini dezinfeksiya qilish, tashqi muhitni 
ifloslanishdan 
muhofaza 
qilish, 
kishilarni 
parazit 
bo‘g‘imoyoqlilardan himoya qilish 
(repellentlar,
himoya kiyimlari, 
himoya turlari vositasida) va boshqa tadbirlarni qo‘llash lozim. 
Mamlakatimiz, parazitar kasalliklarga qarshi rejali ravishda kurash 
olib borilganligi sababli, kasallik kam uchraydi, ayrimlari (bezgak, 
rishta) butunlay yo‘qotilgan. 

Download 5,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish