3.19.-rasm. GXOning asosiy elementlari.
GXO - bu suv oqimi bo‗ylab o‗zidan oldingi va o‗zidan keyingi
suv sathlarida farq paydo qiluvchi inshoot yoki tabiiy hodisa yuqoridagi
To‗g‗onlar: sun‘iy (GES lar, suv tortgichlar, irrigatsion tizimlar va
boshqa tizimlar to‗g‗onlari) va tabiiy (tabiiy hodisalar: ko‗chkilar, sellar,
o‗pirilishlar, zilzilalar natijasida paydo bo‗ladi) bo‗lishi mumkin.
GTI turlari:
1. Foydalanish xarakteri va maqsadiga ko‗ra:
- suv-energetika inshootlari;
- suv ta‘minoti inshootlari;
- sug‗orish inshootlari;
- oqava chiqindi suvlar chiqarish inshootlari;
- baliq xo‗jaligi inshootlari;
- sport inshootlari.
2. Funksional vazifasiga ko‗ra:
- GES va boshqa GTI ning suv bug‗ish inshootlari (to‗g‗onlar,
ko‗tarmalar);
-
suv oqish (suv o‗tkazish) inshootlari: kanallar, tunnellar;
-
tarnovlar, suv tashlamalar, osma quvurlar, shlyuzlar va hokazo;
-
tashlandiq suv inshootlari (ortiqcha suvni chiqarish uchun):
o‗zan insho otlari, qirg‗oq inshootlar, yuza inshootlar, chuqur inshootlar
va hokazo;
169
-
tartiblash (to‗g‗irlash) inshootlari-suv oqib ketishi sharoitini
hamda daryolar o‗zani va qirg‗oqlarini muhofaza qilish sharoitini
yaxshilash uchun: ko‗tarmalar, navlar, qirg‗oq mahkamlagichlar va h.k.
-
baliq xo‗jaligi inshootlari baliq o‗tkazish va baliq boqish uchun
Markaziy Osiyoda quyidagi GTIlar mavjud: Qayroqqum,
Chordara, Toxtagul, Andijon, Tolimarjon, Nurek, Ragun, Karkidon.
O‗zbekiston Respublikasida hozirgi paytda 18,9 mlrd 700 mln m
3
suv sig‗dira oladigan 53 suv omborlari, 150 tadan ortiq suv to‗g‗onlari,
28122 km uzunlikdagi magistral kanallar mavjud.
GTI qo‗yidagilar natijasida buzilishi mumkin:
1.
Havfli tabiat hodisalari-tabiiy ofatlar (zilzila ko‗chki, yuvib
ketish, jala va boshqalar);
2.
Uskunalarning tabiiy yeyilishi va eskirishi;
3.
Loyihalash va qurishdagi xatolar;
4.
Ishlatish qoidalarining buzilishi;
5.
Portlashlar (jangovar harakatlar, terroristik ishlar va boshqalar).
GTI dagi xarakterli falokatlar:
1.
To‗g‗on buzilgandagi toshqin - suvning bir qismini to‗g‗ondan
o‗tib ketishi;
2.
Suv bosishi - hududni asta-sekin suv ostida qolishi;
3.
Halokatli suv bosishi - to‗g‗on bug‗ilib uni urib ketgan suv
hududni shiddat bilan tez qoplab ketishi va toshqin sodir bo‗lishi.
GTI dagi falokat oqibatlari:
1.
GTIni shikastlanish natijasida ozroq yoki uzoq vaqt o‗z vazifa
sini bajarmasligi;
2.
Urib ketgan to‗lqin odamlarga shikast etkazishi va turli obyekt
larni buzib yuborishi;
3.
Hududni suv bosib, mol-mulkka, yer, hosil, ekin, inshoot va
boshqa infrastrukturalarga moddiy zarar yetkazish.
Transport, energetika va kommunal tizimlaridagi falokatlar va
halokatlar ham O‗zbekiston hududida bir necha minglab sodir etilmoq-
da. Transport tizimidagi avariya va halokatlar natijasida portlash, yon-
g‗inlar sodir bo‗lishi, aholi va yo‗lovchilarning halok bo‗lishi, sodir etil-
gan joylardagi aholi va hududlarning zarar ko‗rishi kuzatiladi.
Energetika tizimidagi avariyalar mas‘uliyatli iste‘molchilarning energiya
ta‘minotini izdan chiqaradi. Maishiy xizmat tarmoqlaridagi avariyalar
insonlarning hayot faoliyatiga, sog‗lig‗iga zarar yetkazadi, atmosferani,
yer ustini, suvlarni zaharlaydi.
170
Kimyoviy va radiatsion xavfli obyektlardagi halokatlar deganda
kuchli ta‘sir etuvchi moddalarning atrof-muhitga tarqalishi, radioaktiv
moddalardan foydalanish va saqlash tartiblariga rioya qilmaslik tufayli
FV ro‗y berishi tushuniladi. FV natijasida zaharli moddalar ta‘sirida
odamlar, hayvonlar, o‗simliklar shikastlanadi.
Kimyoviy xavfli inshoot – xalq xo‗jaligi korxonasi bo‗lib, unda
faoliyat ko‗rsatish davrida sodir bo‗lishi mumkin bo‗lgan halokat tufayli
odamlarning zaharlanishi, atrof muhitga zaharli moddalarning tarqalishi
kuzatiladi. Bu obyektlardagi halokatlarda: 1-portlash tufayli halokatda
texnologik jarayon muhandislik qurilmalari ishdan chiqadi, natijada
qisman yoki batamom mahsulot ishlab chiqarish to‗xtab qoladi. Katta
miqdorda moliyaviy yordam tiklashga talab qilinadi; 2-halokat natija-
sida asosiy yoki yordamchi uskunalar ishdan chiqadi va ishlab chiqarish-
ni yo‗lga qo‗yish uchun ma‘lum miqdorda yordam kerak bo‗ladi.
Radiatsiyaviy xavfli inshoot - bu muassasa bo‗lib, unda sodir
bo‗lgan halokat tufayli ommaviy radiatsion zararlanish vujudga keladi.
Bu halokatlar 3 turga bo‗ linadi: bir joyda (bunda radioaktiv moddalar
inshootdagi uskunalar chegarasida bo‗ladi); mahalliy (bunda radioaktiv
moddalar sanitar-himoya hududga tarqaladi va zarari yuqori bo‗ladi);
umumiy (halokat katta hududga tarqaladi va odamlarga nurlanishga olib
keladi).
Kimyoviy xavfli moddalar – xlor qo‗llansa hidli sarg‗ish – yashil
gaz, 2,5 marotaba havodan og‗ir, 0,03 mg/m
3
– mumkin bo‗lgan
konsentratsiya, 2500 mg/m
3
– esa o‗limga olib keladi; ammiak – o‗tkir
hidli rangsiz gaz. Mumkin bo‗lgan miqdor 0,04 mg/m
3
, 2500-2700
mg/m
3
konsentratsiya o‗limga olib keladi.
O‗zFA Yadro fizikasi instituti va yadro chiqindilari saqlanadigan
joylar radioaktiv xavfli inshootlar hisoblanadi.
Kimyoviy xavfli inshootlardagi halokat sabablari: uskuna-jihozlar-
ning eskirishi, nosozligi, moddalar bilan ishlash, saqlash xavfsizlik
qoidalarining buzilishi, mahsulot ishlab chiqarish va saqlashdagi
xatoliklar, portlash, yong‗in sodir bo‗lishi, halokatlar tufayli, korxonada
mehnat intizomi past, yetarli emasligi.
Texnogen favqulodda vaziyatlar quyidagi obyektlarda ro‗y berishi
mumkin:
1)
gidrotexnik obyektlarda (GES va GTI ni suv bo‗g‗ish
inshootlari: to‗g‗on, ko‗tarma); kanallar, tunellar, suv tashlamalar; osma
quvurlar, shlyuzlar va boshqalar; tashlandiq suv inshootlari, o‗zan, qir-
g‗oq inshootlari;
171
2)
yong‗in chiqishi xavfi bo‗lgan ob‘ektlar: davlat tashkilotlari,
fuqarolarning yashash joylari;
3)
transport, havo, temiryo‗l, avtotransport, energetika (GES, TES),
va kommunal (gaz tarmoqlari, suv saqlagichlar, suv tarmoqlari,
kanalizatsiyalar va gaz tozalash, biologik tozalash va boshqalar) tizim-
lar. Kommunal xo‗jalik vazirligi inshootlari (suvni tozalash) va boshqa
lar);
4)
kimyoviy va radiatsion xavfli obyektlar («o‗zbekkimyosanoat»
uyushmasiga qarashli korxonalar, Toshkent lak-bo‘yoq, to‗qimachilik
korxonasi va boshqalar).
Bundan tashqari, harbiy harakatlardagi favqulodda vaziyatlarlar
bo‗lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |