O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


-rasm. Shaxsiy bog„lov paketining ko„rinishi



Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/153
Sana27.01.2023
Hajmi5,59 Mb.
#904090
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   153
Bog'liq
c086c6db19fa6204fac524bef9ab0327 FUQARO MUHOFAZASI

5.1-rasm. Shaxsiy bog„lov paketining ko„rinishi. 
 
Dastlab to‗g‗nog‗ich olinib, so‗ngra qog‗oz o‗rovi ochiladi va yos 
tiqchalarning ichki yuzasi, ya‘ni jarohat ustiga qo‗yiladigan tomoniga 
qo‗l tekkizmay, bog‗lov materiali ehtiyotkorlik bilan asta yoziladi. Yos 
tiqchalarning faqat rangli ip bilan maxsus chatib qo‗yilgan tomoninigina 
qo‗l bilan ushlash mumkin.Yostiqchalar ustma-ust jarohat ustiga qo‗yi 
lib, bint bilan o‗rab bog‗lanadi, so‗ngra bintning uchi to‗g‗nog‗ich bilan 
qadab mustahkamlanadi. Teshib o‗tgan jarohatni bog‗lash vaqtida uning 
kirish va chiqish teshiklarini berkitish maqsadida yostiqchaning surilmas 
qismi jarohatning bir teshigiga, suriladigan ikkinchi qismi esa, boshqasi 
ustiga qo‗ yiladi va bint bilan o‗ralib, mustahkamlanadi. Paketning tash 
qi rezinali g‗ilofidan havo kirmaydigan, germetik bog‗lamlar qo‗yish 
uchun foydalaniladi. 
Oddiy bog‗lov haltachasi shaxsiy bog‗lov paketidan farqli o‗laroq, 
hamma tomoni pishiq pergament qoqozi bilan o‗ralgan bo‗ladi. Bir va 
ikki yostiqchali birinchi yordam xaltachalari ham pishiq qog‗oz, yupqa, 
elim parda bilan o‗raladi. Durracha bog‗lamlar bosh ko‗krak qismlariga, 
elka, tirsak, tizza, boldir-panja bo‗g‗imlari, shuningdek, oraliqqa qo‗yila 
di. Odatda, jarohat yuzasiga steril bint yoki salfetkalar qo‗yilgach, usti 
durrachalar bilan bog‗lab mustahkamlanadi. 
Tabel bog‗lov vositalari bo‗lmaganida yoki etishmay qolganida 
qo‗l ostidagi mavjud vosita va imkoniyatlardan foydalanish zarur. Bu 
maqsadda Mashtarafov usuli bo‗yicha qo‗yiladigan tejamli bog‗lamalar, 
ayniqsa qulaydir. Ushbu bog‗lamalar turli kattalikdagi gazlama (choy 
shab, qo‗ylak va boshqalar) bo‗lagidan tayyorlanadi, bu xom-ashyo 


260 
larning uch tomonlarini tasmalar qilish uchun qirqiladi. Jarohat yuzasiga 
avval steril bint, salfetka, yoxud paxta qo‗ygach, ustidan bog‗ichlari bo‗l 
gan gazlama bo‗lagi bog‗lab qo‗yiladi. 
Kleol va yopishqoq plastir bog‗lamlari, odatda, kichikroq jarohat 
larga qo‗yiladi. Jarohat yuzasiga steril bint, salfetka yoki paxta qo‗yil 
gach, uning usti yopishqoq vositalar yordamida teriga mustahkamlanadi. 
Birinchi tibbiy yordam ko‗rsatish turlari. 
Jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‗rsatishning bir qan 
cha turlari mavjud. Shulardan ayrimlarini keltirib o‗tamiz. 
Bosh va ko‗krak sohalariga bog‗lam qo‗yish. Boshning sochli 
qismi jarohatlanganida «chepets» deb ataladigan maxsus bog‗lam qo‗yi 
ladi. Bunday bog‗lam ayollarning tunda boshlariga kiyib yotadigan engil 
va issiq bosh kiyimi (peshnob) ko‗rinishida bo‗lgani uchun ham shunday 
ataladi. 
Buning uchun bintdan 1 m chamasi qirqib olinadi, o‗rtasi jarohat 
yuzasini yopib turgan steril salfetka usti, bosh qismiga qo‗yiladi, uning 
uchlari esa, quloq oldidan pastga tik tushirilib, tarang qilib tortib turiladi. 
Keyin boshdan ustma-ust, ketma – ket bint aylantiriladi. Har safar bintni 
tugiladigan joyidan orqaga qaytarib, qiyshiq holda dam ensa, dam 
peshona tomonlarga (10 martaga yaqin) yurgiziladi va nihoyat, boshning 
sochli qismi o‗rab chiqiladi. Shundan so‗ng bintni 2-3 marta aylantirib 
o‗rab bog‗lam mustahkamlanadi.Tugunning uchlari esa, engak tagidan 
kapalak nusxa qilib bog‗lanadi. 
Jarohat odamning bo‗yin, tomoq yoki 
ensa sohalarida bo‗lsa, butsimon (krestsi 
mon) bog‗lam (5.2-rasm) qo‗yiladi. 
Bunda avvalo, bosh qismi bint bilan 
gir aylantirib bog‗lanadi, so‗ngra chap qu 
loqning yuqorirog‗iga va orqasidan qiyshiq 
yo‗nalishda bo‗yin tomon pastga tushiriladi 
(1,2,3-holatlar). Keyin bint bo‗yinning o‗ng 
yuzasi bo‗ylab, oldingi qismini berkitadi va 
ensa tomon qaytadi. O‗ng va chap quloq 
ning yuqorirog‗idan o‗tib, yana oldingi 
o‗ramni takrorlaydi. Nihoyat, bosh bint 
bilan gir aylantirib o‗ralgach, bog‗lam mustahkamlanadi. 
Bosh qismlarida jarohatlar bo‗lgan holda «egarsimon» ko‗rinishida 
gi bog‗lam qo‗yiladi. 
5.2-rasm. Bo‘yin,tomoq, 
ensa sohalariga qo‘yiladigan 
butsimon (krеsttsimon) bog‘lam


261 
Bint peshonadan gir aylantirib o‗tkaziladi, keyin uni ushlab tura 
digan qilib o‗ralgach, ensadan bo‗yin va engak tomon yurg‘iziladi, ensa 
bilan bosh tepasidan o‗t kazilib,bir necha marta tikkasiga o‗raladi, so‗ng 
bint engak tagidan o‗tib, ensa bo‗ylab boradi.

Download 5,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish