O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/153
Sana27.01.2023
Hajmi5,59 Mb.
#904090
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   153
Bog'liq
c086c6db19fa6204fac524bef9ab0327 FUQARO MUHOFAZASI

5.
Gazlar va changning yonishi. 
Yonuvchi gazlar havo bilan 
birikib portlash jihatidan xavfli aralashmani hosil qilishi mumkin, shu 
sababli ular portlash jihatidan xavfli moddalar toifasiga kiradi. Gaz-havo 
aralashmasining xavflilik darajasi ularning alanga olish harorati va 
portlashning miqdoriy chegaralariga qarab baholanadi. Gazlar barqaror 
yonayotganda harorati 1400

S gacha, portlashda esa 2000

S gacha 
ko‗tarilishi, bosimi 10

Paga etishi mumkin. 
Yonuvchi 
gazlarning, 
shuningdek, 
suyuqlik bug‗larining 
portlashiga qarshi kurash tadbirlarini to‗g‗ri tashkil qilish uchun ularning 
havo bo‗yicha zichligini bilish zarur, chunki havo bo‗yicha zichligi 
birdan kichik bo‗lgan gazlar xonaning yuqori qismida, zichligi birdan 


232 
katta bo‗lgani esa xonaning pastki qismida, quruq, o‗ra, xandaqlarda 
to‗planadi. 
6. Ishlab chiqarishdagi alanga olish manbalari.
Yonuvchi 
ashyolarning alanga olishiga va yonuvchi aralashmalarning portlashiga 
sabab bo‗luvi issiqlik manbalari o‗zining issiqlik jamg‗armalari va 
ularning yuzaga kelish sabablariga ko‗ra turli-tuman bo‗lsada, ammo 
ularning barchasi qandaydir enregiya yoki kimyoviy reaksiyalarda 
issiqlik chiqishi yoki yutilishining natijasidir. Ochiq alanga, 
cho‗g‗langan yonish mahsullari, uchqunlar, issiqlik chiqaradigan 
kimyoviy reaksiyalar, alanga olish manbai turli xil gorelkalar, 
kavsharlash lampalari, elektr yoylari, isitish pechlari, elektr tokida va 
gaz alangasida payvandlash jarayonlari, chekish uchun yoqilgan gugurt 
ochiq alanga olish manbai bo‗lishi mum- kin. Ochiq alanga manbaining 
va issiqlik energiyasi jamg‗armasining harorati deyarli hamma yonuvchi 
moddalar va har qanday gaz-havo hamda bug‗-havo aralashmalarining 
alanga olishi uchun yetarlidir. 
Yong‗in davrida qilinadigan ishlar va uni o‗chirish. 
Yonish jarayoni to‗xtashi uchun oksidlanish-tiklanish ekzotermik 
zanjir reaksiyasi tuzilishi kerak. Bu reaksiyada to‗xtashning fizik hamda 
kimyoviy usullari qo‗llaniladi. 
Fizik usullari:
alangani yonuvchi modda 
yuzasidan uzib tashlash, yonuvchi modda yuzasi haroratini alangalanish 
haroratidan pasaytirish, oksidlovchi modda (kislorod) konsentratsiyasini 
kamaytirish (ko‗pincha yonmaydigan gazlar consentratsiyasini oshirish 
hisobiga) va yonuvchi modda bilan oksidlovchini bir-biridan ihotalash. 
Kimyoviy usullar: 
yonish reaksiyasini tormozlash hisobiga amalga oshiri 
ladi. 
O‗t o‗chirish vositalari asosan uch turga bo‗linadi: 
1) yonishni tugatish usuli bo‗yicha – sovituvchi, aralashtiruvchi 
ixotalovchi, ingibiritlashtiruvchi; 
2) elektr o‗tkazuvchanligi bo‗yicha – elektr tokini o‗tkazuvchi 
(suv, bug‗, ko‗pik), elektr tokini o‗tkazmaydigan (gazlar, kukunli 
birikmalar); 
3) zaharliligi bo‗yicha – zaharli (freon, brometil), kam zaharli 
(karbonat angidrid, azot), zaharsiz (suv, ko‗pik, kukunli birikmalar). 
Suv
o‗tni o‗chirishda eng keng tarqalgan moddadir. O‗zining 
quyidagi xususiyatlari tufayli o‗tni o‗chirishda eng afzal hisoblanadi. 
Issiqlik sig‗imi katta, yonayotgan yuzaga tushganda uning issiqligini 
yutib olаdi. Yuqori haroratli yuzalarga tushgan suv tezda bug‗lanadi. 
Bug‗lanish natijasida uning hajmi 1700 marta ortadi va vaqtincha 


233 
yonayotgan yuzani qamrab olib, havodagi kislorod miqdorini 
kamaytiradi. Suvning yuzalarini ho‗llash xususiyati yong‗inning 
tarqalmasligida katta rol o‗ynaydi. Uning sirt tarangligi kichik (0,073 
n/m) bo‗lganligi uchun yonayotgan moddalarning tirqish va teshiklariga 
tezda kirib, ularni sovitadi. 
Paxta tolasi yonganda suv bilan o‗chirish samara bermaydi. Yona 
yotgan paxta tolalarini suv to‗la hovuzga tashlab, bir haftadan so‗ng 
olingach ham tutay boshlagan hollari kuzatilgan. Buning sababi, suvning 
sirt tarangligi kichik bo‗lishiga qaramay juda kichik tirqishlarga, 
masalan, paxta tolasi, paxta changi yuzalaridagi tirqishlarga kira 
olmaydi. Ularning atrofi suv bilan qoplangan bo‗lishiga qaramay, 
tolaning ichki qismi cho‗g‗lanishda davom etaveradi. Shuning uchun 
paxta yonganda uni o‗chirish uchun sirt tarangligini kamaytirish 
maqsadida ho‗llovchi moddalar qo‗shiladi. Bu tadbir suv sarfini 2-2,5 
marta va o‗t o‗chirish vaqtini 20-30 % ga kamaytiradi. Keng tarqalgan 
OP-1 ho‗llovchi moddasidan suv og‗irligiga ko‗ra 3,5-4 miqdor yoki 
«nekal» HB ho‗llov chisi 0,7-0,8 miqdor qo‗shiladi. 
So‗nggi yillarda suv neft mahsulotlarini ham o‗chirishda 
ishlatilmoqda. Yong‗in bo‗layotgan yuzalarga u mayda zarrachalar 
holida sepiladi. Bu mayda (0,1-0,5 mm kattalikdagi) tomchilar tezda 
bug‗lanadi va bug‗lanayotgan suyuqlik yuzasini qamrab olib kislorodni 
o‗tkazmaydi. Shuningdek, suv oxirgi paytlarda o‗t o‗chirishda keng 
qo‗llanilayotgan havo-mexanik ko‗pik hosil qilishda ham ishlatiladi. 
O‗t o‗chirishda suvning salbiy xususiyatlaridan biri elektr tokini 
o‗tkazuv chanligidir. Bu kuchlanish ostida bo‗lgan uskunalarni o‗chirish 
imkoniyatini bermaydi. Bundan tashqari, suv ayrim moddalar (kaliy, 
natriy) bilan kimyoviy reaksiyaga kirishib parchalanadi. Parchalanish 
natijasida ajralib chiqadigan vodorod portlashi mumkin, kislorod esa 
yonishni kuchaytiradi. Shuningdek, suv bilan kalsiy karbidini ham 
o‗chirib bo‗lmaydi, chunki unga suv tekkanda yonuvchi gaz – atsetilin 
ajralib chiqadi. 

Download 5,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish