evakuatsiya yo‘llari
deb ataladi. Evakuatsiya chiqish joylari shunday
hisob bilan qurilishi kerakki, ish o‗rinlaridan to binodan tashqariga
chiqish joylarigacha bo‗lgan masofa xavfsiz bo‗ladigan, bunda odamlar
harakatlanadigan yo‗llar kesishmaydigan yoki to‗qnash kelmaydigan
bo‗lishi lozim.
Yong‗in chiqqanda odamlarni muvaffaqiyat bilan evakuatsiya
qilinishi uchun har bir xonaning yaxshi ko‗rinib turadigan joyiga evaku
atsiya rejasi osib qo‗yilishi, har bir ishchi-xizmatchi bu rejani bilishi
kerak.
Nazorat savollar:
1.
Hozirda tashkilot va korxonalarda yong‗in xavfsizligi bo‗yicha
qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
2.
Kasbiy yong‗in muhofazasi qanday turlarga bo‗linadi?
3.
Yong‗in muhofazasi ishining necha xil yo‗nalishi bor?
4.
Yong‗inga qarshi kurash boshqarmasining vazifalari nimalardan
iborat?
3.3. Yong„in xavfsizligini tashkil etishda ma‟muriy-texnik
xizmatchilarning majburiyat va huquqlari.
Ma‘muriy-texnik xizmatchilar majburiyati va huquqlari.
Korxonalarda, tashkilotlarda xavfsizlikni ta‘minlash va ish sharoiti
ni yaxshilash ma‘muriyatning asosiy vazifasi sifatida mehnat qonunlari
va kodeksida yozib qo‗yilgan.
Ma‘muriyat tarkibiga rahbar xodimlar, ya‘ni korxonalarda, tashki
lotlarda tashkilotchilik, ma‘muriy-xo‗jalik ishlarini amalga oshiruvchi,
ishlab chiqarish jarayonlarni tashkil qiluvchi, ishlab chiqarishda mehnat
248
qilayotgan kishilarni boshqaruvchi, moddiy mablag‗larni taqsimot bilan
ishlatish va uni nazorat qilish ishlarini olib boruvchi shaxslar kiritiladi.
Ma‘muriyat xodimlariga qo‗yiladigan asosiy talab, ular davlat siyo
satini yaxshi tushunishlari va uni amalga oshirishga harakat qilishlari,
davlat va xalq manfaatlarini tushunib amalga oshirishlari, mehnat
sharoiti tartibini saqlay bilishlari, ishchi larni mehnat intizomini saqlash
va ishga rag‗batlantirish, ish unumini oshirish va darajasini bir necha o‗n
yil oldindan ko‗ra biluvchi shaxs bo‗lishlari kerak.
Ma‘muriyat zimmasiga yuklatiladigan majburiyatlar asosan ishchi
lar bilan ma‘muriyat o‗rtasida tuziladigan mehnat shartnomasidan kelib
chiqadi. Bu mehnat shartnomasini tuzish majburiyati O‗zbekiston Res
publikasi Mehnat Kodeksi bilan belgilangan. Bu qonuniyat sifatida quyi
dagicha taqlid qilinadi. Ishchi ma‘lum mutaxassislik bo‗yicha belgilan
gan ishni korxona ichki tartib-qoidalariga rioya qilgan holda bajarish,
ma‘muriyat esa mehnat qilish qonuniyatlariga asosan va jamoat shartno
masida ko‗zda tutilgan ma‘lum miqdordagi majburiyatlar mundarijasini
o‗z zimmasiga oladi.
Mehnat Kodeksida ko‗zda tutilgan majburiyatlar quyidagilardir:
har bir ish chi, xizmatchi uchun ish mutaxassisligi va malakasiga qarab
ma‘lum mashina, stanok va boshqalardan iborat ish joyi tashkil qilish,
sog‗lom va xavfsiz ish sharoitini tashkil qilish, sifatli ish qurollari bilan
ta‘minlash, sanoat va mehnat intizomini har taraflama mustahkamlash,
ish sharoitini kundan-kunga yaxshilab borishni ta‘minlashga qaratilgan
texnik jihozlar o‗rnatish, shuningdek mehnatni muhofaza qilishning
nomenklatura chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Bundan tashqari, rahbar xodimlarga xizmat vazifalari ham yuklana
di. Bu vazifalar boshqarishi lozim bo‗lgan lavozimi taqozo qiladigan
tavsiyanomada belgilangan bo‗ladi.
Yonuvchi moddalarni korxona omborlarida saqlash qoidalari.
Har qanday korxonada ishlab chiqarish texnologiyasi, ishlatiladi
gan xomashyosi, chiqaradigan mahsuloti va joylashgan binosining kons
truksiyasi hisobga olingan holda yong‗in chiqishga, portlashga va
yong‗in chiqqan taqdirda uning tarqalishiga, shuningdek yong‗inning
asoratiga asoslangan holda yong‗inga va portlashga xavflilik darajasi bel
gilanadi.
Albatta, har bir korxonada yong‗in xavfi birinchi navbatda, u erda
ishlatilayotgan xomashyoning va chiqarilayotgan mahsulotning yong‗in
ga xavflilik darajasi bilan o‗lchanadi. Shuning uchun ham korxonalarni
249
kategoriyalarga ajratganda ishlatilayotgan moddalarning fizik-kimyoviy
xususiyatlari hisobga olinadi.
Mana shu xususiyatlarni hisobga olgan holda Qurilish norma va
qoidalari asosida hamma korxonalar, omborxonalar yong‗in va portlash
ga xavfi bo‗yicha 5 ta kategoriyaga bo‗linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |