O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/153
Sana27.01.2023
Hajmi5,59 Mb.
#904090
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   153
Bog'liq
c086c6db19fa6204fac524bef9ab0327 FUQARO MUHOFAZASI

Kukunli birikmalar
yonayotgan gazlar, yengil alangalanuvchan, 
yonuvchan suyuqliklar, kuchlanish ostida bo‗lgan elektr uskunalarini 
o‗chirishda ishlatiladi. Ular arzonligi tufayli tobora ko‗proq qo‗llanil 
moqda. Asosiy qismi natriy karbonatdan iboratdir. 
Metalloorganiq birikmalarni o‗chirishda SI-2 kukuni ishlatiladi. 
Uning asosiy qismini freon (114 B
2
) bilan tindirilgan selikogen zarra 
chalari tashkil etadi. Yong‗inga tushgach kukun zarrachalaridan 
alangaga kuchli tormozlovchi (ingibitor) sifatida ta‘sir qiluvchi freon 
ajralib chiqadi. 
Ko‘pik.
yonayotgan yuzaga tushgach, uni qoplab olib, kislorod 
kirishidan to‗sadi va ajralib chiqayotgan suyuqlik yonayotgan yuzani 
sovitadi. Ko‗pik asosan qattiq moddalar va yonuvchan suyuqliklarni 
o‗chirishda ishlatiladi. U paydo bo‗lishiga ko‗ra ikki xil bo‗ladi: ko‗pik 
hosil qiluvchi qorishmani havo oqimi bilan mexanik aralashtiruv orqali 
olinadigan havomexanik va ishqor eritmasi bilan kislotaning aralashishi 
natijasida paydo bo‗ladigan kimyoviy ko‗pik. 


235 
Ma‘lumki, yong‗in paytida yonayotgan yuzalarni qoplash uchun 
ko‗plab miqdorda ko‗pik hosil qilish kerak bo‗ladi. Buning uchun ko‗pik 
hosil qiluvchi modda (penoobrazovatel) larni kuchli bosimdagi suv yoki 
havo bilan aralashtiriladi. Bu jarayon maxsus uzluksiz ishlovchi 
apparatlar – ko‗pik generatorlari yordamida amalga oshiriladi. Ko‗pik 
hosil qiluvchi moddalar kukun holida bo‗lib, odatda biron-bir 
kislotaning (ko‗- pincha oltingugurt kislotasining) tuzidan va ishqoriy 
qismi esa natriy bikarbonatning aralashmasidan tashkil topadi. 
Ko‗pik generatorlari ikki turli bo‗lib (PG-50M va PG-100), 
yonuvchi hamda yengil alangalanuvchan suyuqliklarni o‗chirishda 
ishlatiladi va faqat o‗lchamlari bilan farqlanadi. Masalan, 4.1-rasmda 
PG-100 ning sxemasi tasvirlangan. Generator 
bosim ostidagi suv tarmog‗iga ulash uchun 
mo‗ljallangan shtutser (1), uchlik (2), vakuum 
kamerasi (4) da suvning oqimi tufayli kerakli 
siyraklanish hosil bo‗lishi uchun diffuzor (3), 
kukunni elash uchun metalldan yasalgan to‗r (6), 
ta‘minlovchi bunker (5), ko‗pik chiqaruvchi 
shtutser (7), sharsimon klapan (8), manometr (9) 
dan iborat. 
Diffuzor ustki va ta‘minlovchi bunkerning 
quyi qismida suv berish vaqtincha yoki butunlay 
to‗xtatilganda suv orqaga quyilmasligi va kukunni namlamasligi uchun 
sharsimon klapan o‗rnatilgan. Kukun namlansa va qotib qolsa, ko‗pik 
generatorini ochib tozalash kerak bo‗ladi. Suvning bosimini nazorat 
qilib turish uchun shtutser yaqiniga manometr o‗rnatiladi. 
PG-100 ni ikki kishi boshqaradi: biri ta‘minlovchi bunkerga ko‗pik 
hosil qiluvchi kukun solib, generatorni ishga tushirib yuboradi, 
ikkinchisi esa hosil bo‗layotgan ko‗pikni alanga ustiga yo‗naltiradi va 
shlanglarning burilib qolmasligini nazorat qilib turadi. Shtutserdagi 
suvning bosimi manometr bo‗yicha ish bosimi (4-6 atm.b.) qiymatiga 
yetgach, ta‘minlovchi bunkerga kukun solinadi. Shu ish bosimi ostida 
ko‗pik 15 m. yuqoriga etkazib beriladi. O‗t o‗chiruvchi shlangning 
diametri 75 mm. bo‗lganda ko‗pik paydo bo‗lish jarayoni yaxshi bo‗lishi 
uchun uzunligi 60 m. dan kam bo‗lmasligi kerak. PG-100 ning ish 
unumdorligi sekundiga 100 litrni, og‗irligi 24 kg.ni tashkil qiladi. Bu 
generator yonuvchi suyuqlik saqlanuvchi bir necha idishlarni ko‗pik 
bilan ta‘minlay olishi mumkin. 
4.1.-rasm.PG-100 ko‘pik
gеnеratorining sxеmasi. 


236 
Hozirgi paytda ko‗pik hosil qilish unumdorligi katta bo‗lgan 
ko‗pik generatorlari (GPS-200, GPS-600 va GPS-2000) qo‗llanilmoqda. 
4.2-rasmda GPS-200 ko‗pik generatorining sxemasi ko‗rsatilgan. 

Download 5,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish