Fizikaviy himoyalash vositalari - maxsus elektron qurilmalar yordamida
ma‘lumotlarga egalik qilishni taqiqlash vositalaridir.
Mantiqiy himoyalash -
dasturiy vositalar bilan ma‘lumotlarga egalik qilishni
taqiqlash uchun qoʻllaniladi.
Tarmoqlararo ekranlar va shlyuzlar -
tizimga keladigan hamda
undan chiqadigan
ma‘lumotlarni ma‘lum hujumlar bilan tekshirib boradi va
protokollashtiradi.
Xavfsizlikni auditlash tizimlari -
joriy etilgan operatsion tizimdan
oʻrnatilgan
parametrlarni zaifligini qidirishda qoʻllaniladigan tizimdir.
Real vaqtda ishlaydigan xavfsizlik tizimi -
doimiy ravishda tarmoqning
xavfsizligini tahlillash va auditlashni ta‘minlaydi.
Stoxastik testlarni tashkillashtirish vositalari -
axborot tizimlarining sifati
va
ishonchliligini tekshirishda qoʻllaniladigan vositadir.
Aniq yoʻnaltirilgan testlar -
axborot-kommunikatsiyalar
texnologiyalarining sifati
va ishonchliligini tekshirishda qoʻllaniladi.
Xavflarni imitatsiya qilish —
axborot tizimlariga nisbatan xavflar yaratiladi
va
himoyaning samaradorligi aniqlanadi.
Statistik tahlilgichlar -
dasturlarning tuzilish tarkibidagi kamchiliklarni
aniqlash, dasturlar kodida aniqlanmagan kirish va chiqish nuqtalarini topish,
dasturdagi oʻzgaruvchilarni toʻg‗ri aniqlanganligini va koʻzda tutilmagan
ishlarni bajaruvchi qism dasturlarini aniqlashda foydalaniladi.