91
III - BOB. TARMOQ, INTERNET TIZIMI, ELEKTRON POCHTADA
AXBOROT XAVFSIZLIGI VA HIMOYALANISH USULLARI.
3.1 KOMPYUTER TARMOQLARIDA ZAMONAVIY HIMOYALASH
USULLARI VA VOSITALARI
Reja:
1. Kompyuter tarmoqlarining zaif qismlari
2. Tarmoq himoyasini tashkil qilish asoslari
3. Kompyuter telefoniyasidagi himoyalash usullari
4. Kompyuter tarmoqlarida himoyani ta‟minlash usullari
5.Kompyuter tarmoqlarida ma‟lumotlarni himoyalashning asosiy yoʻnalishlari
6. Kompyuter tarmoqlarida zamonaviy himoyalash usullari va vositalari
Tayanch soʻz va iboralar:
ахborot, kompyuter tarmoqlari, tarmoq
himoyasi, telefoniya, himoyani ta‟minlash, apparat-texnik vositalari, lokal
tarmoqlar, mintaqaviy tarmoqlar, global komyuter tarmoqlari.
Kompyuter tarmoqlarining zaif qismlari
Hozirgi vaqtda lokal hisoblash tarmoqari (LAN) va global hisoblash
tarmoqlari (WAN) orasidagi farqlar yoʻqolib bormoqda. Masalan, Netware 4x
yoki Vines 4.11. operatsion tizimlari LANning faoliyatini
hududiy darajasiga
chiqarmoqda. Bu esa, ya‘ni LAN imkoniyatlarining ortishi, ma‘lumotlarni
himoyalash usullarini yanada takomillashtirishni talab qilmoqda.
Himoyalash vositalarini tashkil etishda quyidagilarni e‘tiborga olish lozim:
-
tizim bilan alokada boʻlgan sub‘ektlar sonining koʻpligi, koʻpgina
xollarda esa ba‘zi bir foydalanuvchilarning nazoratda boʻlmasligi;
-
foydalanuvchiga zarur boʻlgan ma‘lumotlarning tarmoqda mavjudligi:
-
tarmoqlarda turli firmalar ishlab chiqargan
shaxsiy kompyuterlarning
ishlatilishi;
-
tarmoq tizimida turli dasturlarning ishlatish imkoniyati;
-
tarmoq elementlari turli mamlakatlarda joylashganligi sababli, bu davlatlarga
tortilgan aloqa kabellarining uzunligi va ularni toʻliq, nazorat qilishning qariyb
mumkin emasligi;
-
axborot zaxiralaridan bir vaqtning oʻzida bir
qancha foydalanuvchilarning
foydalanishi;
-
tarmoqqa bir qancha tizimlarning qoʻshilishi;
-
tarmoqning
yengilgina
kengayishi,
ya‘ni
tizim
chegarasining
noaniqligi va unda ishlovchilarning kim ekanligining noma‘lumligi;
92
-
hujum nuqtalarining koʻpligi;
-
tizimga kirishni nazorat qilishning qiyinligi.
-
Tarmoqni himoyalash zarurligi quyidagi hollardan kelib chiqadi:
-
boshqa foydalanuvchilar massivlarini oʻqish;
-
kompyuter xotirasida qolib ketgan ma‘lumotlarni oʻqish, himoya
choralarini
aylanib utib, ma‘lumot tashuvchilarni nusxalash;
-
foydalanuvchi sifatida yashirincha ishlash;
-
dasturiy tutgichlarni ishlatish;
-
dasturlash tillarining kamchiliklaridan foydalanish;
-
himoya vositalarini bilib turib ishdan chiqarish;
-
kompyuter viruslarini kiritish va ishlatish.
Tarmoq, muxofazasini tashkil etishda quyidagilarni e‘tiborga olish lozim:
-
muxofaza tizimining nazorati;
-
fayllarga kirishning nazorati;
-
tarmoqda ma‘lumot uzatishning nazorati;
-
axborot zaxiralariga kirishning nazorati;
-
tarmoq bilan ulangan boshqa tarmoqlarga ma‘lumot tarqalishining nazorati.
Do'stlaringiz bilan baham: