Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta-maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti ximmatov ibodilla, abduraxmanov muxtor


Tizim  Dasturdagi kodlar uzunligi



Download 6,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/170
Sana25.10.2022
Hajmi6,13 Mb.
#856169
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   170
Bog'liq
e8c4cf93f29e87a66f8031109e51623c AXBOROTNI HIMOYALASH

Tizim 
Dasturdagi kodlar uzunligi 
Netscape 
17 mil. 
Space 
10 mil 
Linuxkernel 2.6.0 
5 mil 
Windows XP 
40 mil 
Mac OS X 10.4 
86 mil 
Boeing 777 
7 mil 
Tahlillar natijasi shuni koʻrsatadiki har 10 000 qator kodda, 5 ta bag mavjud 
boʻlar ekan. Boshqacha qilib aytilganda oʻrtacha 3 kbayt .exe faylda 50 taga yaqin 
bag boʻladi. 
Dasturiy vositalardagi mavjud tahdidlar odatda dasturlash tillari imkoniyatlari 
bilan belgilanadi. Masalan, nisbatan quyi dasturlash tillari dasturchidan yuqori 
malakani talab etgani bois, ularda koʻplab xavfsizlik muammolari paydo boʻladi. 
Masalan, C#, Java dasturlash tillari C yoki C++ dasturlash tillariga nisbatan 
xavfsizdir. Sababi bu dasturlash tillarida koʻplab muammolar avtomatik ravishda, 
kompilyasiya jarayonida aniqlanadi. 
Dasturiy mahsulotlarda mavjud zaifliklar
Odatda zararli dasturiy vositalar ikki turga boʻlanadi: 
– dasturlardagi zaifliklar (atayin qilinmagan);
– zararkunanda dasturlar (atayin qilingan). 
Birinchi turga asosan, dasturchi tomonidan yoʻl qoʻyilgan xatolik natijasida 
kelib chiqqkan zararli dasturlar misol boʻlsa, ikkinchi turga buzg‗unchilik 
maqsadida yozilgan maxsus dasturiy mahsulotlar (viruslar) misol boʻladi. 
Quyida hozirda dasturiy vositalarda dasturchilar tomonidan yoʻl qoʻyiladigan 
tahdid va kamchiliklar bilan tanishib chiqiladi. 
Xotiraning toʻlib toshishi (Buffer overflow).
 
Amalda koʻp uchraydigan 
dasturlash tillaridagi kamchiliklar odatda, taqiqlangan formatdagi yoki hajmdagi 
ma‘lumotlar kiritilishi natijasida kelib chiqadi. Bu turdagi tahdidlar ichida keng 
tarqalgani bu – xotiraning toʻlib toshish tahdidi sanaladi.
Masalan, veb saytda foydalanuvchidan ma‘lumotlar kiritilishi talab etilsa 
(ismi, familyasi, yili, va hak.), foydalanuvchi tomonidan kiritilgan 
―ism maydonidagi ma‘lumot serverdagi N ta belgi hajmiga ega sohaga 
yoziladi. Agar kiritilgan ma‘lumot uzunligi N dan katta boʻlgan holda, xotiraning 
toʻlib toshishi hodisasi yuzaga keladi. 
Agar buzg‗unchi tomonidan ―kerakli ma‘lumot kiritilsa, bu oʻz navbatida 
kompyuterni buzulishiga olib keladi. 
Quyida C dasturlash tilida yozilgan kod keltirilgan boʻlib, agar bu kod 
kompilyasiya qilinsa xotiraning toʻlib toshishi hodisasi kelib chiqadi. 


195 
int main() 

int buffer [10]; 
buffer [20] =37; 

Sababi 10 bayt oʻlchamdagi xotiraning 20 baytiga ma‘lumot yozilmoqda. Bu 
esa xotiraning ruxsat etilmagan manziliga murojaatni keltirib chiqaradi. 
Agar dasturiy mahsulot autentifikatsiyani ta‘minlash maqsadida yaratilgan 
boʻlib, autentifikatsiya natijasi bir bit bilan ifodalanadi. Agar xotiraning toʻlib 
toshishi natijasida ushbu bit buzg‗unchi tomonidan muofaqiyatli oʻzgartirilsa Tridi 
oʻzini Alisa deb tanishtirish imkoniyatiga ega boʻladi. Bu holat quyidagi 3.7.1–
rasmda keltirilgan. Bu erda F autentifikatsiyadan muvafaqiyatli oʻtilmaganligini 
bildiradi. Agar Tridi F (0 ni) maydon qiymatini T (1 ga) oʻzgartirsa, dasturiy 
ta‘minot Tridini Alisa sifatida taniydi va unga resurslaridan foydalanish 
imkoniyatini yaratadi (3.7.2 – rasm). 
3.7.1-rasm Xotira va mantiqiy bayroq 
3
.7.2 – rasm. Sodda xotirani toʻlib toshishi 
Xotirani toʻlib toshish hodisasini chiqurroq oʻrganishdan oldin zamonaviy 
kompyuterning xotira tuzilishi bilan tanishilib chiqiladi. Kompyuter xotirasining 
soddalashgan koʻrinishi quyidagi 3.7.3 – rasmda keltirilgan. 
3.7.3 – rasm. Xotiraning tuzilishi 


196 
Bu erda 
text 
madonida kodlar saqlanib, 
data 
sohasida static kattaliklar 
saqlanadi. 
Help 
sohasi dinamik ma‘lumotlarga tegishli boʻlib, 
stack 
ni prosessor 
uchun «keraksiz qog‗oz» vazifasini oʻtaydi. Masalan, dinamik lokal 
oʻzgaruvchilar, funksiya parametlari, funksiyalarning qaytrish manzillari kabi 
ma‘lumotlar stack da saqlanadi. 
Stack
pointer 
yoki 
SP
esa stackni eng yuqorisini 
koʻrsatadi. Rasmda stackni quyidan yuqoriga chiqishi holati bilan ifodalangan. 

Download 6,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish