Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta-maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti ximmatov ibodilla, abduraxmanov muxtor



Download 6,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/170
Sana25.10.2022
Hajmi6,13 Mb.
#856169
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   170
Bog'liq
e8c4cf93f29e87a66f8031109e51623c AXBOROTNI HIMOYALASH

Foydalanuvchanlik 
xususiyati axborotdan istalgan vaqt doirasida foydalanish 
imkoniyati mavjudligi bilan belgilanadi. Ushbu xususiyat ochiq turdagi ma‘lumot 
uchun dastlabki talab etiladigan talabdir. Ushbu xususiyatni buzilishiga olib 
keluvchi hujum usullaridan biri DOS (Denial Of Service) yoki uning 
shaklantirilgan koʻrinishi DDOS (Distributed Denial Of Service) sanalib, ushbu 
hujum usuli tizimni foydalanuvchanlik xususiyatini buzilishiga olib keladi. 
Ushbu uchta xususiyat axborot himoyasining asosiy tashkil etuvchilari 
sanalib, axborotni himoyalash deganda asosan shu uchta xususiyatni ta‘minlash 
tushiniladi. Ammo ushbu uchta xususiyat toʻliq bajarilishi uchun bir nechta 
bajarilishi mumkin boʻlgan ishlar talab etiladi. Boshqacha qilib aytganda ushbu 


11 
uchta xususiyatni bajarishdan oldin, quyida keltirilgan amaliyotlarni bajarishga 
toʻg‗ri keladi (1.1.3-rasm). 
1.1.3-rasm. Foydalanishni boshqarish 
Identifikatsiya – 
bu foydalanuvchini tizimga oʻzini tanitish jarayoni boʻlib, 
unda foydalanuvchi nomidan (login), maxsus shaxsiy kartalardan yoki biometrik 
xususiyatlaridan foydalanish mumkin. 
Autentifikatsiya – 
bu foydalanuvchilarni haqiqiyligini tekshirish jarayoni 
boʻlib, jarayon natijasida foydalanuvchi tizimdan foydalanish uchun ruxsat oladi 
yoki olmaydi. 
Avtorizatsiya – 
bu foydaluvchiga tizim tomonidan berilgan huquqlar toʻplami 
boʻlib, foydalanuvchini tizim doirasida qilishi mumkin boʻlgan vazifalarini 
belgilaydi.
 
Axborot xavfsizligi siyosati 
Axborot xavfsizligi siyosati –
tashkilot oʻz faoliyatida rioya qiladigan axborot 
xavfsizligi sohasidagi hujjatlangan qoidalar, muolajalar, amaliy usullar yoki amal 
qilinadigan prinsiplar majmui sanalib, u asosida tashkilotda axborot xavfsizligi 
ta‘minlanadi. 
Axborot xavfsizligining siyosatini ishlab chiqishda, avvalo himoya qilinuvchi 
ob‘ekt va uning vazifalari aniqlanadi. Soʻngra dushmanning bu ob‘ektga qiziqishi 
darajasi, hujumning ehtimolli turlari va koʻriladigan zarar baholanadi. Nihoyat, 
mavjud qarshi ta‘sir vositalari yetarli himoyani ta‘minlamaydigan ob‘ektning zaif 
joylari aniqlanadi. 
Samarali himoya uchun har bir ob‘ekt mumkin boʻlgan tahdidlar va hujum 
turlari, maxsus instrumentlar, qurollar va portlovchi moddalarning ishlatilishi 
ehtimolligi nuqtai nazaridan baholanishi zarur. Ta‘kidlash lozimki, niyati buzuq 
odam uchun eng qimmatli ob‘ekt uning e‘tiborini tortadi va ehtimolli nishon boʻlib 
xizmat qiladi va unga qarshi asosiy kuchlar ishlatiladi. Bunda, xavfsizlik 


12 
siyosatining ishlab chiqilishida yechimi berilgan ob‘ektning real himoyasini 
ta‘minlovchi masalalar hisobga olinishi lozim. 
Qarshi ta‘sir vositalari himoyaning toʻliq va eshelonlangan konsepsiyasiga 
mos kelishi shart. Bu degani, qarshi ta‘sir vositalarini markazida himoyalanuvchi 
ob‘ekt boʻlgan konsentrik doiralarda joylashtirish lozim. Bu holda dushmanning 
istalgan ob‘ektga yoʻli himoyaning etalonlangan tizimini kesib oʻtadi. 
Mudofaaning har bir chegarasi shunday tashkil qilinadiki, qoʻriqlash xodimining 
javob choralarini koʻrishiga yetarlicha vaqt mobaynida hujumchini ushlab turish 
imkoni boʻlsin. 
Soʻnggi bosqichda qarshi ta‘sir vositalari qabul qilingan himoya 
konsepsiyasiga binoan birlashtiriladi. Butun tizim hayotiy siklining boshlang‗ich 
va kutiluvchi umumiy narxini dastlabki baholash amalga oshiriladi. 
Agar bir binoning ichida turli himoyalash talablariga ega boʻlgan ob‘ektlar 
joylashgan boʻlsa, bino strukturalarga boʻlinadi. Shu tariqa umumiy 
nazoratlanuvchi makon ichida ichki perimetrlar ajratiladi va ruxsatsiz 
foydalanishdan ichki himoya vositalari yaratiladi. Perimetr, odatda, fizik toʻsiqlar 
orqali aniqlanib, bu toʻsiqlardan oʻtish elektron usul yoki qoʻriqlash xodimlari 
tomonidan bajariluvchi maxsus muolajalar yordamida nazoratlanadi. 
Umumiy chegaraga yoki perimetrga ega boʻlgan binolar guruhini 
himoyalashda nafaqat alohida ob‘ekt yoki bino, balki uning joylanish joyi ham 
hisobga olinishi zarur. Koʻp sonli binolari boʻlgan yer uchastkalari xavfsizlikni 
ta‘minlash boʻyicha umumiy yoki qisman mos keladigan talablarga ega boʻladi, 
ba‘zi uchastkalar esa perimetr boʻyicha toʻsiqqa va yagona yoʻlakka ega. Umumiy 
perimetr tashkil etib, har bir binodagi himoya vositalarini kamaytirish va ularni 
faqat hujum qilinishi ehtimoli koʻproq boʻlgan muxim ob‘ektlarga oʻrnatish 
mumkin. Xuddi shu tariqa uchastkadagi har bir imorat yoki ob‘ekt hujumchini 
ushlab qolish imkoniyati nuqtai nazaridan baholanadi. 
Yuqoridagi keltirilgan talablar tahlili koʻrsatadiki, ularning barchasi axborotni 
ishlash va uzatish qurilmalaridan huquqsiz foydalanish, axborot eltuvchilarini 
oʻgirlash va sabotaj imkoniyatini yoʻl qoʻymaslikka olib keladi. 
Binolar, imoratlar va axborot vositalarining xavfsizlik tizimini nazorat 
punktlarini bir zonadan ikkinchi zonaga oʻtish yoʻlida joylashtirgan xolda 
konsentrik halqa koʻrinishida tashkil etish maqsadiga muvofiq hisoblanadi (1.1.4-
rasm). 


13 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1.1.4-rasm. Binodagi kompyuter tizimining xavfsizlik tizimi 

Download 6,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish