Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta-maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti ximmatov ibodilla, abduraxmanov muxtor


 MA‟LUMOTLARNING TARQALIB KETISHI VA



Download 6,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/170
Sana25.10.2022
Hajmi6,13 Mb.
#856169
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   170
Bog'liq
e8c4cf93f29e87a66f8031109e51623c AXBOROTNI HIMOYALASH

2.5. MA‟LUMOTLARNING TARQALIB KETISHI VA
MA‟LUMOTLARGA RUXSATSIZ KIRISH.
Reja:
1. Axborot tizimlarning ta‟sirchan qismlari
 
2. Ma‟lumotlarga ruxsatsiz kirishning dasturiy va texnik vositalari 
3. Windows OTda parolini olib tashlashning oson usuli 
4. PDF-fayllaridan himoyani olib tashlash usullari 
 
Tayanch soʻz va iboralar:
Ma‟lumotlar,
 
ma‟lumotlarga ruxsatsiz kirish, 
autentifikatsiya, windows, parol, aniqlik, virus, antivirus, PDF faylini parolini 
olib tashlash, disk, internet.
 
 
Axborot tizimlarning ta‟sirchan qismlari
Hozirgi vaqtlarda mavjud axborot tizimlarida juda katta hajmda maxfiy 
axborotlar saqlanadi va ularni himoyalash eng dolzarb muammolardan 
hisoblanadi. Masalan, birgina AQSH mudofaa vazirligida ayni chog‗da 
10000 
kompyuter 
tarmoqlari 
va 
1,5 
mln 
kompyuterlarga 
qarashli
axborotlarning aksariyat qismi maxfiy ekanligi hammaga ayon. Bu kompyuterlarga 
1999 yili 22144 marta turlicha hujumlar uyushtirilgan, ularning 600 tasida 
Pentagon tizimlarining vaqtinchalik ishdan chiqishiga olib kelgan, 200 tasida esa 
maxfiy boʻlmagan ma‘lumotlar bazalariga ruxsatsiz kirilgan va natijada Pentagon 
25 milliard AQSH dollari miqdorida iqtisodiy zarar keltirgan. Bunaqa hujumlar 
2000 yili 25000 marta amalga oshirilgan. Ularga qarshi kurashish uchun 
Pentagon tomonidan yangi texnologiyalar yaratishga 2002 yili Carnegie Mellon 
Universitetiga 35,5 mln. AQSH dollari miqdorida grant ajratilgan. Ma‘lumotlarga 
qaraganda, har yili AQSH hukumati kompyuterlariga oʻrtacha hisobda 250 - 300 
ming hujum uyushtiriladi va ulardan 65 % i muvaffaqiyatli amalga oshiriladi. 
Zamonaviy avtomatlashtirilgan axborot tizimlari — bu taraqqiyot dasturiy-texnik 
majmuasidir va ular axborot almashuvini talab etadigan masalalarni yechishni 
ta‘minlaydi. Keyingi yillarda foydalanuvchilarning ishini yengillashtirish 
maqsadida 
yangiliklarni 
tarqatish 
xizmati 
USENET-NNTP, 
multimedia
ma‘lumotlarini INTERNET-HTTP tarmog‗i orqati uzatish kabi protokollar keng 
tarqaldi.
Bu protokollar bir qancha ijobiy imkoniyatlari bilan birga anchagina 
kamchiliklarga ham ega va bu kamchiliklar tizimning zaxiralariga ruxsatsiz 
kirishga yoʻl qoʻyib bermoqda.
Axborot tizimlarining asosiy ta‘sirchan qismlari quyidagilar:
-
INTERNET tarmog‗idagi serverlar. Bu serverlar: dasturlar 
yoki 


78 
ma‘lumotlar fayllarini yoʻq, qilish orqali, serverlarni xaddan tashqari koʻp 
tugallanmagan jarayonlar bilan yoʻqlash orqali: tizim jurnalining keskin toʻldirib 
yuborilishi orqali; brouzer - dasturlarini ishlamay qolishiga olib keluvchi fayllarni 
nusxalash orqali ishdan chiqariladi;
-
ma‘lumotlarni uzatish kanallari - biror-bir port orqali axborot olish 
maqsadida yashirin kanalni tashkil etuvchi dasturlar yuboriladi;
-
ma‘lumotlarni tezkor uzatish kanallari - bu kanallar juda koʻp miqdorda 
hech kimga kerak boʻlmagan fayllar bilan yuklanadi va ularning ma‘lumot uzatish 
tezligi susayib ketadi;
-
yangiliklarni uzatish kanallari - bu kanallar eskirgan axborot bilan tuldirib 
tashlanadi yoki bu kanallar umuman yoʻq qilib tashlanadi;
-
axborotlarni uzatish yoʻli - USENET tarmog‗ida yangiliklar paketining 
marshruti buziladi;
-
JAVA brouzerlari - SUN firmasi yaratgan JAVA tili imkoniyatlaridan 
foydalanib, appletlar (applets) tashkil etish orqali ma‘lumotlarga ruxsatsiz 
kirish mumkin boʻladi. JAVA - appletlari tarmoqda avtomatik ravishda ishga 
tushib ketadi va buning natijasida foydalanuvchi biror-bir hujjatni ishlatayotgan 
paytda haqiqatda nima sodir etilishini hech qachon koʻra bilmaydi, masalan, 
tarmoq viruslarini tashkil etish va JAVA-appletlari orqali viruslarni 
joʻnatish mumkin boʻladi yoki foydalanuvchining kredit kartalari raqamlariga 
egalik qilish imkoniyati vujudga keladi.
AQSH sanoat shpionajiga qarshi kurash assotsiatsiyasining tekshirishlariga 
asosan kompyuter tarmoqlari va axborot tizimlariga hujumlar quyidagicha 
tasniflanadi: 20% - aralash hujumlar; 40% - ichki hujumlar va 40% - tashki 
hujumlar. Juda koʻp hollarda bunaqa hujumlar muvaffaqiyatli tashkil etiladi. 
Masalan, Buyuk Britaniya sanoati, kompyuter jinoyatlari sababli, har yili 1 mlrd 
funt sterling zarar koʻradi. Demak, yuqorida olib borilgan tahlildan shu narsa 
kurinadiki, hozirgi paytda kompyuter tarmoqlari juda koʻp ta‘sirchan qismlarga ega 
boʻlib, ular orqali axborotlarga ruxsatsiz kirishlar amalga oshirilmoqda yoki 
ma‘lumotlar bazalari yoʻq qilib yuborilmoqda va buning natijasida insoniyat mlrd- 
mlrd AQSH dollari miqdorida iqtisodiy zarar koʻrmoqda.

Download 6,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish