Internetda mavjud elektron toʻlovlar xavfsizligini ta‟minlash
Hozirgi kunda internetda koʻpgina axborot markazlari mavjud, masalan,
kutubxonalar, koʻp sohali ma‘lumotlar bazalari, davlat va tijorat tashkilotlari,
birjalar, banklar va boshqalar.
Internetda bajariladigan elektron savdo katta ahamiyat kasb etmoqda.
Buyurtmalar tizimining koʻpayishi bilan ushbu faoliyat yana keskin rivojlanadi.
Natijada, xaridorlar bevosita uydan yoki ofisdan turib, buyurtmalar berish
imkoniga ega boʻlishadi. Shu bois ham, dasturiy taminotlar va apparat vositalar
ishlab chiqaruvchilar, savdo va moliyaviy tashkilotlar ushbu yoʻnalishni
rivojlantirishga faol kirishishgan.
149
Elektron savdo — global axborot tarmoqlari orqali maxsulotlarni sotish va
pulli xizmatlar koʻrsatish demakdir.
Elektron savdoning asosiy turlari quyidagilardir:
-
axborotlar sotuvi;
-
elektron doʻkonlar;
-
elektron banklar.
Axborotlar sotuvi asosan ma‘lumotlar bazasidan Online rejimda foydalanish
uchun taqdim etilishi mumkin.
Elektron doʻkonlar internetda Website orqali tashkillashtiriladi.
Bunda tovarlar roʻyxati, toʻlov vositalari va boshqalar keltiriladi. Xarid
qilingan mahsulotlar oddiy pochta orqali joʻnatilishi yoki agar ular elektron
mahsulot boʻlsa, bevosita internetdan manzilga yetkazilishi mumkin.
Elektron banklarni tashkil etishdan asosiy maqsad bankning doimiy
harajatlarini kamaytirish va keng ommani qamrab olishdir. Shu bois, elektron
banklar oʻz mijozlariga yuqori foiz stavkalarini taklif qilishlari mumkin.
Axborotlarni himoyalashning asosiy vosatalari
Xaridor, kredit kartasi sohibi, bevosita tarmoq orqali toʻlovlarni bajarish
uchun ishonchli va himoyalangan vositalarga ega boʻlishi lozim.
Hozirgi kunda SSL (Secure Socket Layer) va SET (Secure Elektronic
Transactions) protokollari ishlab chiqilgan:
-
SSL protokoli ma‘lumotlarni kanal darajasida shifrlashda qoʻllaniladi;
-
SET xavfsiz elektron tranzaksiyalari protokoli yaqinda ishlab chiqilgan
boʻlib, faqatgina moliyaviy ma‘lumotlarni shifrlashda qoʻllaniladi.
SET protokolining joriy etilishi bevosita internetda kredit kartalar bilan
toʻlovlar sonining keskin oshishiga olib keladi.
SET protokoli quyidagilarni ta‘minlashga kafolat beradi:
-
axborotlarning
toʻliq
maxfiyligi,
chunki
foydalanuvchi
toʻlov
ma‘lumotlarining himoyalanganligiga toʻliq ishonch hosil qilishi kerak;
-
ma‘lumotlarning toʻliq saqlanishi, ya‘ni ma‘lumotlarni uzatish jarayonida
buzilmasligini kafolatlash. Buni bajarish omillaridan biri raqamli imzoni
qoʻllashdir;
-
kredit karta sohibining hisob raqamini audentifikatsiyalash, ya‘ni elektron
(raqamli) imzo va sertifikatlar hisob raqamini audentifikatsiyalash va kredit karta
sohibi ushbu hisob raqamining haqiqiy egasi ekanligini tasdiqlash;
-
tijoratchini oʻz faoliyati bilan shug‗ullanishini kafolatlash, chunki kredit
karta sohibi tijoratchining haqiqiyligini, ya‘ni moliyaviy operatsiyalar bajarishini
bilishi shart. Bunda tijoratchining raqamli imzosini va sertifikatini qoʻllash
elektron toʻlovlarning amalga oshirilishini kafolatlaydi.
150
Do'stlaringiz bilan baham: |