Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta-maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti ximmatov ibodilla, abduraxmanov muxtor



Download 6,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/170
Sana25.10.2022
Hajmi6,13 Mb.
#856169
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   170
Bog'liq
e8c4cf93f29e87a66f8031109e51623c AXBOROTNI HIMOYALASH

 
Tayanch soʻz va iboralar:
elektron toʻlov, POS tizimi, parol, bankomat, 
maxfiylik, elektron toʻlovlar xavfsizligi, tasdiqlovchi PIN kod, toʻlov kartasi, 
toʻlov terminali, click ximati, sms xabar. 
 
Elektron toʻlovlar tizimi asoslari 
Elektron toʻlovlar tizimi deb bank plastik kartalarini toʻlov vositasi sifatada 
qoʻllanilishidagi usullar va ularni amalga oshiruvchi sub‘ektlar majmuasiga 
aytiladi. 
Plastik karta — shaxsiy toʻlov vositasi boʻlib, u mazkur vositadan 
foydalanadigan shaxsga tovar va xizmatlarni naqdsiz pulini tulash, bundan tashqari
bank muassasalari va bankomatlardan naqd pulni olishga imkon beradi. 
Plastik kartani toʻlov vositasi sifatida qabul qiluvchilar, savdo va xizmat 
koʻrsatuvchi korxonalar, bank boʻlimlari hamda boshqalar shu plastik kartalarga 
xizmat koʻrsatuvchi qabul qiluvchilar tarmog‗ini tashkil etadi. 
Elektron toʻlovlar tizimini yaratishda plastik kartalarga xizmat koʻrsatish 
qonun-qoidalarini ishlab chiqish va ularga rioya qilish asosiy masalalardan biri 
boʻlib hisoblanadi. Ushbu qoidalar nafaqat texnikaviy (ma‘lumotlarni standartlash, 
uskunalar va boshqalar), balki moliyaviy masalalar (korxonalar bilan hisoblarni 
bajarish tartibi)ni ham qamrab oladi. 
Bugungi kunda bank kartalarining o‘nlab turlari mavjud masalan: uzcart, 
humo card, visa classic, visa platinium, visa gold, visa premium, cashbek kartalari, 
virtual kartalar, paypal kartalar va bitcoin kartalari. 
Elektron toʻlovlar tizimining faoliyatini quyidagidek tasavvur qilish mumkin: 


144 
3.4.1-rasm. To‟lov tizimining jarayonli tarmog„i. 
Bu yerda:
Toʻlovlarning oʻtishi; 
Mualliflash soʻrovlarining oʻtishi; 
-
- - -
Toʻlov tiziminining jarayonli tarmog‗i; 
karta sohibi mahsulot va xizmatlarga toʻlash uchun katabi 
koʻrsatish. 
Elektron toʻlovlar tizimi bilan birgalikda faoliyat koʻrsatadigan bank ikki, 
ya‘ni bank-emitent va bank-ekvayer toifasida xizmat koʻrsatadi: 
Bank-emitent plastik kartalarni ishlab chiqaradi va ularning toʻlov vositasi 
sifatida qoʻllanilishiga kafolat beradi. 
Bank-ekvayer savdo va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan qabul 
qilingan toʻlovlarni bank boʻlimlari yoki bankomatlar orqali amalga oshiradi. 
Hozirgi kunda avtomatlashtirilgan savdo POS (Point-Of-Sale — sotilgan 
joyda to‘lash)— terminali va bankomatlar keng tarqalgan. 
POS-terminalda plastik kartadan ma‘lumotlar oʻqiladi va mijoz o‘z PIN-kodi 
(Personal Identification Number • identifikatsiyalovchi shaxsiy nomer)ni kiritadi 
va klaviatura orqali toʻlov uchun zaruriy qiymat teriladi. 
Agar mijozga naqd pul kerak boʻlsa, bu holda u bankomatdan foydalanishi 
mumkin. 
Ushbu jarayonlarni bajarishda 
jarayonlar markazi imkoniyatlaridan 
foydalaniladi. 
Jarayonlar markazi – maxsuslashtirilgan servis tashkilot boʻlib, bank-
ekvayerlaridan yoki xizmat koʻrsatish manzillaridan keladigan muallif 


145 
surovnomalarni va tranzaksiya protokollarini qayta ishlashni ta‘minlaydi. Ushbu 
ishlarni amalga oshirish uchun jarayonlar markazi ma‘lumotlar bazasini kiritadi. 
Bu ma‘lumotlar bazasi toʻlov tizimi, bank a‘zolari va plastik karta sohiblari 
toʻg‗risidagi ma‘lumotlarni oʻz tarkibiga oladi. 
Plastik kartalar toʻlov boʻyicha kreditli yoki debetli boʻlishi mumkin. 
Kreditli kartalar boʻyicha karta sohibiga koʻpincha muhlati 25 kungacha 
boʻlgan vaqtgancha qarz beriladi. Bularga Visa, Master Card, American Express 
kartalari misol boʻla oladi. 
Debetli kartalarda karta sohibining bank-emitentidagi hisobiga oldindan 
ma‘lum miqorda mablag‗ joylashtiradi. Ushbu mablag‗dan xarid uchun ishlatilgan 
mablag‗lar summasi oshib ketmasligi lozim. 
Ushbu kartalar faqatgina shaxsiy emas, balki korporativ ham boʻlishi 
mumkin. 
Hozirgi kunda mikroprotsessorli kartalar ishlab chiqilmoqda. Ushbu 
kartalarning oldingilaridan asosiy farqi bu mijozning barcha ma‘lumotlari unda aks 
ettirilgan boʻlib, barcha tranzaksiyalar, ya‘ni ma‘lumotlar bazasini bir holatdan 
ikkinchi holatga oʻtkazuvchi soʻrovnomalar, off-line rejimda amalga oshiriladi, shu 
bois, ular yuqori darajada himoyalangan deb e‘tirof etilgan. Ularning narxi 
qimmatroq 
boʻlsada, 
telekommunikatsiya 
kanallaridan 
foydalanilmaslik 
munosabati bilan undan foydalanish qiymati arzondir. 
Elektron toʻlov tizimlarining qoʻyidagi zaif qismlari mavjud: 
-
bank va mijoz, banklararo, bank va bankomat orasida toʻlov 
ma‘lumotlarini joʻnatish; 
-
tashkilot doirasida ma‘lumotlarni qayta ishlash. 
Boʻlar oʻz navbatida quyidagi muammolarni yuzaga keltiradi: 
-
abonentlarning haqiqiyligini aniqlash; 
-
aloqa kanallari orqali junatilayotgan elektron hujjatlarni 
himoyalash; 
-
elektron hujjatlarining yuborilganligiga va qabul qilinganligiga 
ishonch hosil qilish ; 
-
hujjatning bajarilishini ta‘minlash. 
Elektron toʻlovlar tizimida axborotlarni himoyalash funksiyalarini ta‘minlash 
maqsadida quyidagilar amalga oshirilishi kerak: 
-
tizimning chetki boʻg‗inlariga kirishni boshqarish; 
-
axborotlarning yaxlitligini nazorat qilish ; 
-
xabarlarning maxfiyligini ta‘minlash; 
-
abonentlarni oʻzaro autentifikatsiyalash; 
-
xabarning muallifligidan voz kecha olmaslik; 
-
xabarning yetkazilganligini kafolatlash; 


146 
-
xabar boʻyicha bajariladigan chora-tadbirlardan voz kecha 
olmaslik; 
-
xabarlar ketma-ketligini qayd qilish ; 
-
ketma-ket xabarlar yaxlitligini ta‘minlash. 

Download 6,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish