O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti


Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari bo‘yicha ijtimoiy siyosat hamda ularni ijtimoiy himoya qilishni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro va milliy tajribalar



Download 0,59 Mb.
bet40/123
Sana17.10.2022
Hajmi0,59 Mb.
#853700
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   123
Bog'liq
1db041e0553149ee426921515e5d3bf8 МАЖМУА БОЛАЛАР ВА ЁШЛАР ИЖТИМОИЙ

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari bo‘yicha ijtimoiy siyosat hamda ularni ijtimoiy himoya qilishni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro va milliy tajribalar. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining ehtiyojlarini hisobga olgan ijtimoiy siyosatni takomillashtirish BMT Taraqqiyot Dasturining (BMTTD) samarali boshqaruv sohasidagi ustuvor vazifalardan biri sanalib, u maqsadli ijtimoiy yordam ko‘rsatishni kuchaytirish hamda nogiron shaxslar, yolg‘iz qariyalar va nafaqadagi kishilarning farovonligini yaxshilashga yo‘naltirilgan.
O‘zbekistondagi BMTTD vakolatxonasi 2015 yilning 11 dekabridan 18 dekabriga qadar ijtimoiy siyosat va ijtimoiy himoya sohasida ijobiy xalqaro tajribalarni ko‘rib chiqish va joriy qilish uchun uch nafar xalqaro ekspertlarni taklif qildi.
Xalqaro ekspertlar tashrifidan maqsad vazirlik va idoralarning yetakchi mutaxassislari bilan ijtimoiy siyosatni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdir. Xalqaro ekspertlar tomonidan aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi xalqaro tajribalar, shuningdek milliy hamkorlar, tegishli vazirlik va idoralar hamda ularning tuzilmaviy bo‘linmalari uchun tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmatini samarali boshqarish tizimini takomillashtirish va Yashash, hayot faoliyati va salomatlikni cheklashning xalqaro tasniflanish(YXT)ni joriy qilishning maqsadga muvofiqligi sohalarida tajriba almashish bo‘yicha seminar mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Ijtimoiy himoyani muvofiqlashtirishning milliy tizimini bosqichma-bosqich rivojlantirish masalalarini muhokama qilish maqsadida xalqaro ekspert Xarald Xauben (Belgiya) O‘zbekiston Respublikasining Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi, Moliya vazirligi, Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi va Sog‘liqni saqlash vazirligining mutaxassislari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Shuningdek, Xarald Xaubenning tashrifi davomida u boshqa mamlakatlardagi ijtimoiy himoya tajribalari bo‘yicha seminar o‘tkazdi.
Milliy hamkorlar bilan ekspert maslahatini o‘tkazish uchun xalqaro ekspert, Latviya Respublikasi Farovonlik vazirligining salomatlik va mehnatga layoqatlilikni ekspertiza qilish bo‘yicha Davlat vrachlik komissiyasining ijrochi direktori Andris Ziverts taklif qilindi. Uning tashrifi chog‘ida tibbiy-ijtimoiy ekspertiza Respublika inspeksiyasi, byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirliklarining vakillari bilan uchrashuvlar tashkil qilindi va ularda tibbiy-ijtimoiy ekspertiza sohasida hamda nogiron kishilarni reabilitatsiya qilishda xalqaro tajribalarni joriy qilishning tashkiliy-huquqiy va tashkiliy-texnik masalalari muhokama qilindi.
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BSST) ma’lumotlariga ko‘ra dunyoda bir milliardga yaqin odam (barcha aholining 15%ga yaqin qismi) nogironlar safiga kirar ekan. Umumiy salomatlik bo‘yicha BMT ma’lumotlariga asosan esa, rivojlanayotgan mamlakatlardagi nogironlikning tarqalish darajasi 2%dan boshlanib, rivojlangan mamlakatlarda 20% gacha yetadi. Bu ko‘rsatkichlarning farqlanishi esa funksional cheklov va nogironlik maqomi tavsifiga bo‘lgan turlicha tushuncha va yondashuvlarning qo‘llanishiga bog‘liqdir.
YXT sohasidagi xalqaro ekspert Pavel Ptyushkin manfaatdor vazirlik va idoralar, shuningdek, shifokor-ekspertlar bilan birga YXT talablariga muvofiq tibbiy-ijtimoiy ekspertiza va reabilitatsiya sohasida ilg‘or xalqaro tajribalarni qo‘llashning tashkiliy-huquqiy, ijtimoiy, tibbiy va uslubiy asoslarini muhokama qilishga bag‘ishlangan seminarlarda ishtirok etdi.
Yashash, hayot faoliyati va salomatlikni cheklashning xalqaro tasniflanish (YXT) Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan va BMTga a’zo barcha davlatlarga tavsiya qilingan. YXT nogiron kishilarning funksional maqomini baholashning, amaldagi bir mezonlidan farqli bo‘lgan, ko‘p mezonli shkalasini qo‘llash barobarida, nogiron kishilarning shaxsiy ehtiyojlarini hisobga olib, ijtimoiy himoyani tibbiy ko‘rinishdan ijtimoiy yondashuvga o‘tish imkonini beradi. Nogiron kishilarni kasbiy reabilitatsiya qilish va ishga joylash, insonning hayot faoliyatini cheklash darajasini baholash, ijtimoiy sug‘urta tizimini rivojlantirish, reabilitatsiyaning individual dasturlarini ishlab chiqish, manzilli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish va nogiron kishilarga ijtimoiy yordamning tegishli choralarini tanlashda YXTdan foydalaniladi.
Yuqorida nomlari keltirilgan uch nafar xalqaro ekspertlarning faoliyati yakunlariga ko‘ra O‘zbekistonda ijtimoiy siyosatni takomillashtirish hamda aholining himoyaga muhtoj qatlamlarini xalqaro standartlarga muvofiq ijtimoiy muhofaza qilish va ularga maqsadli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimida idoralararo muvofiqlashtirishni kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalari ishlab chiqiladi. Bu tavsiyalarning muayyan bir qismida ijtimoiy himoya tizimini muvofiqlashtirish sohasida mamlakatning milliy ustuvor yo‘nalishlarini ko‘zda tutgan holda, qonunichilikni yanada takomillashtirish maqsadida foydalaniladi va bu jarayonda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga xizmat ko‘rsatish, nogiron kishilarning tibbiy-ijtimoiy ekspertizasi va reabilitatsiyasini takomillashtirish, shuningdek, O‘zbekistonda YXTni tatbiq qilish imkoniyatlari hisobga olinadi.



Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish