O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy munosabatlar fakulteti ijtimoiy ish yo’nalishi 306-guruh talabasi mahmudov murodulloning kurs ishi mavzu



Download 120 Kb.
bet7/8
Sana23.07.2022
Hajmi120 Kb.
#841441
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MURODULLO KURS ISHI YANGI

2.3.Ijtimoiy ta’minot tizimlari.
Ijtimoiy taʼminot - keksaygan, mehnatga layoqatsiz boʻlgan va boquvchisini yoʻqotgan fuqarolarga moddiy, tibbiy va ijtimoiy yordam koʻrsatish boʻyicha davlat tomonidan belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar tizimi. Ijtimoiy himoyaning muhim tarmogʻi.Ijtimoiy ta’minot toʻgʻridan-toʻgʻri davlat byudjetidgn ajratiladigan mablagʻlari, homiylar (turli jamgʻarma va tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslar) mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Ijtimoiy taʼminot miqdori va taqdim etish tartibi milliy urf-odatlar va xalqaro meʼyorlarga asosan ishlab chiqilgan qonunchilik hamda davlatning iqtisodiy imkoniyati doirasida amalga oshiriladi. Pensiyalar (keksalik boʻyicha, nogironlik boʻyicha, boquvchisini yoʻ-qotganlik boʻyicha va ijtimoiy nafaqap&oʻ (nogiron bolalarga, bolalikdan nogironlarga, ishlamagan yolgʻiz nogiron va keksalarga) toʻlovlari. Ijtimoiy taʼminotning eng muhim turlari hisoblanadi. Qariyalar va nogironlarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish — nogironlarni "Muruvvat" uylariga, yolgʻiz qariyalarni "Sahovat" uylariga joylashtirish, muhtojlarni protez-ortopediya va harakatlanish vositalari bilan taʼminlash, nogiron bolalarni kasbga oʻqitish va ishga joylashishda yordam koʻrsatish, pensionerlarni sanatoriy va dam olish uylarida sogʻlomlashtirish, ularga shahar jamoa transportlaridan foydalanishda, turar joy, maishiy xizmat va soliklarga aloqador imtiyozlar berish Ijtimoiy taʼminotda katta rol oʻynaydi.Oʻzbekistonda Ijtimoiy taʼminot tizimi 20-asrning 20-yillari boshidan shakllana boshlangan.
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan soʻng 90-yillar boshidan bozor munosabatlariga oʻtish va ijtimoiy-iqtisodiy tizimni isloh qilish davrida aholini, ayniqsa nochor guruxlarni aniq manzilli va maqsadli ijtimoiy himoya qilish tizimi barpo etildi, pensiya jamgʻarmasi, ijtimoiy nafaqalar, pensiyalar va nafaqalar indeksatsiyasi kabi tushunchalar va tuzilmalar amal qila boshladi.Oʻzbekiston Respublikasining "Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida"gi 1993 yil 3 sentabr dagi Qonunida pensiyalar miqdori mehnat staji va oʻrtacha ish haqita yanada uzviy bogʻlandi. Pensiya va ijtimoiy nafaqalar tushunchalariga aniqpik kiritilib, pensiya — mehnat stajiga koʻra qoʻlga kiritilgan huquq, ijtimoiy nafaqa esa muhtojlarga davlat tomonidan koʻrsatiladigan yordam deb belgilab qoʻyildi. Ijtimoiy taʼminotning anchagina qismi ayrim toifadagi fuqarolarga imtiyozlar berish, ularni umumiy qoidalarning talablari va majburiyatlaridan toʻliq yoki qisman ozod qilishdan iborat. Hoz. davrda 1,2 mln.dan or-tiq pensionerlar va nogironlar 18 turdagi imtiyezlar (shifokor retseptiga asosan bepul dori-darmon olish, protez-ortopediya mahsulotlari bilan taʼminlanish, nogironlar aravachalari olish, avtomashina benzini uchun tovon puli olish, mol-mulk, yer soligidan ozod etish va b.)dan foydalanmoqda, har oyda ularga meʼyorlangan har xil oziqovqat va kir yuvish vositalari bepul yetkazib beriladi.2001 yil 13 fevralda aholini ijtimoiy himoyasi boʻyicha davlat boshqaruvini mukammalashtirish maqsadlarida Mehnat vazirligi va Ijtimoiy taʼminot vazirligi birlashtirilib, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tashkil etildi. Ijt8imoiy taʼminot tizimida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, 12 viloyat va Toshkent sh. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofza qilish boshqarmalari, 213 tuman va shahar ijtimoiy boʻlimi, 26 "Muruvvat" va 8 "Sahovat" qariyalar uylari, Urush va mehnat faxriylari respublika pansionata (1970), "Nuroniy" (Toshkentda), "Oltiariq" (1979) va "Tovoqsoy" (1971), "Kosonsoy" (2002) sanatoriylari, Nogironlarni tibbiy-ijtimoiy va kasb boʻyicha sogʻlomlashtirish milliy markazi va uning 10 ta mintaqaviy markazlari, Tayanchharakat qilish tizimi buzilgan nogironlarni sogʻlomlashtirish respublika markazi, 180 tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyalari (TMEK), 3 ta nogiron bolalar uchun kasb-hunar bilim yurtlari aholiga xizmat koʻrsatadi. Ijtimoiy taʼminot sohasi uchun oliy va oʻrta maʼlumotli kadrlar Oʻzbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Toshkent moliya instituti, Toshkent ijtimoiy taʼminot huquqshunoslik texnikumi (1967)da tayyorlanadi.Oʻzbekiston Respublikasida pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan pensiya va ijtimoiy nafaqalar toʻlash uchun qilingan harajatlar 283897 mln. soʻmni tashkil etdi (2001; 1995 yilda 15878,4 mln. soʻm). Oʻzbekistondagi pensionerlar soni va tarkibi jadvalda berilgan.
XULOSA.
Kurs ishini yozish natijasida quyidagi xulosalarga kelindi:-Bugungi kunda dunyoda tinchlik va xavfsizlikni taminlash eng dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi ,shu borada avvalo xalqaro tashkilotlarning o’rni va ahamiyati kattadir. Mamlakatimizda olib borilayotgan barcha ijtimoiy islohotlarning nеgizida asosiy bosh g’oya qilib yurt tinchligi va xalq farovonligi maqsad qilib olingan ekan, shubhasiz xalqaro maydondagi tajribalarni o’rganish va tеgishli xulosalar chiqarish orqali bu maqsadlarga osonroq va jadallik bilan erishish mumkin.- Xalqaro tashkilotlarni davlatlar muayyan umumiy maqsadga erishish uchun tuzadi va u ana shu umumiy manfaatni ro‘yobga chiqarishda ishtirokchi davlatlarning qo‘shma organi bo‘lib xizmat qiladi. Shu bois, xalqaro tashkilotning vazifasi har bir a'zo davlat manfaatlarining o‘zaro uyQun jihatlarini aniqlash, shu asosda tegishli vazifalarni, shuningdek ularni hal etishning uslub va vositalarini belgilab olishda umumiy pozitsiyani, umumiy xohish-irodani ishlab chiqishdan iborat bo‘ladi. Bunda o‘ziga xoslik xalqaro tashkilot a'zolarining suveren davlatlar ekani bilan belgilanadi. Xalqaro tashkilotning tegishli vazifalari va ularni amalga oshirish mexanizmining o‘ziga xosligi ham shundan kelib chiqadi.
Xalqaro tashkilot faoliyatining asosiy bosqichlari muhokama etish, qarorlar qabul qilish va ular ijrosining nazorati bilan shuQullanishdan iboratdir. Shundan kelib chiqib, xalqaro tashkilotlar funksiyalarini quyidagi uchta muhim turga ajratish mumkin:
1) tartibga solish;
2) nazorat etish;
3) operativ.
Xalqaro tashkilotning tartibga solish funksiyasi bugungi kunda o‘ta muhim ahamiyatga egadir. U a'zo davlatlarning maqsadlari, prinsiplari, o‘zini tutish tartib-qoidalarini belgilovchi qarorlar qabul qilishni ko‘zda tutadi. Qarorlar xalqaro tashkilotning ichki huquqiga muvofiq ravishda qabul qilinadi. 28



Download 120 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish