O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand qishloq xo’jalik instituti gumanitar fanlar kafedrasi falsafa



Download 1,15 Mb.
bet16/32
Sana20.07.2022
Hajmi1,15 Mb.
#825315
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32
Bog'liq
FALSAFA

Bilish obyekti. Tadqiqotchi-olim, faylasuf, san’atkor va boshqalarning, umuman insonning bilimlar hosil qilish uchun ilmiy faoliyati qaratilgan narsa, xodisa, jarayon, munosabatlar bilish obyektlari hisoblanadi. Bilish obyektlari moddiy, ma’naviy, konkret, mavhum, tabiiy va ijtimoiy bo’lishi mumkin. Bilish obyektlari eng kichik zarralardan tortib ulkan galaktikagacha bo’lgan borliqni qamrab oladi. Bilish obyektlariga asoslanib, bilim sohalari tabiiy, ijtimoiy-gumanitar va texnik fanlarga ajratiladi.
Bilish subyekti. Bilish bilan shug’ullanuvchi kishilar va butun insoniyat bilish subyekti hisoblanadi. Ayrim olingan tadqiqotchi-olimlar, ilmiy jamoalar, ilmiy tadqiqot institutlari ham alohida bilish subyektlaridir. Ilmiy faoliyat tabiat va jamiyat mohiyatini bilishgagina emas, balki insonning o’ziga ham qaratilishi mumkin. Inson va butun insoniyat ayni bir vaqtda ham bilish obyekti, ham bilish subyekti sifatida namoyon bo’ladi.
Bilishning maqsadi ilmiy bilimlar hosil qilishdangina iborat emas, balki bilish jarayonida hosil qilingan bilimlar vositasida insonning barkamolligiga intilish, tabiat va jamiyatni insoniylashtirish, tabiiy va ijtimoiy garmoniyaga erishishdir. Fan — fan uchun emas, balki inson manfaatlari uchun xizmat qilishi lozim. Inson ilmiy bilimlar vositasida ma’naviy barkamollikka erisha borgani sari ilm-fan qadriyat sifatida e’zozlana boshlaydi. Fanning har tomonlama rivojlanishi bilan turli ilm sohalarining hamkorligi kuchayadi, butun ilmiy jamoalar bilish subyekti, yangi ilmiy kashfiyotlar ijodkoriga aylanadilar.
Bilish predmeti subyektning bilish faoliyati qamrab olgan bilish obyektining ayrim sohalari va tomonlaridir. Fanning o’rganish sohasi tobora konkretlashib boradi. Tabiatshunoslik fanlarini bilish predmetiga qarab botanika, zoologiya, geografiya, ixtiologiya va boshqa sohalari vujudga kelgandir. Tadqiqot predmeti fanlarni bir-biridan farqlashka imkon beradigan muhim belgidir.
Bilish darajalarini shartli ravishda: quyi, yo’qori va oliy darajaga ajratish mumkin. Bilishning quyi darajasi barcha tirik mavjudotlarga xos bo’lib, xissiy bilish deyiladi. xissiy bilish sezgilar vositasida bilishdir.
Insonning sezgi a’zolari (ko’rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish, teri sezgisi) boshqa mavjudotlarda bo’lgani singari uning narsalarga xos xususiyat, belgilarini farqlash, tabiiy muhitka moslashish va himoyalanishi uchun yordam beradi. Bilishning quyi bosqichida sezgi, idrok, tasavvur, diqqat, xayol tashqi olam to’g’risida muayyan bilimlar hosil qilishga yordam beradi.
Bilishning yo’qori bosqichi faqat insonlargagina xos bo’lib, aqliy bilish (rasional bilish) deyiladi. Agar inson o’z sezgilari yordamida narsa va xodisalarning faqat tashqi xossa va xususiyatlarini bilsa, tafakkur vositasida narsa va xodisalarning ichki mohiyatini bilib oladi. Mohiyat hamisha yashirindir, u doimo xodisa sifatida namoyon bo’ladi. Har bir xodisada mohiyatning faqat bir tomonigina namoyon bo’ladi. Shu boisdan ham xodisa aldamchi va chalg’ituvchidir. Binobarin, inson sezgilarining biron bir narsa yoki xodisa to’g’risida bergan ma’lumotlari xech qachon uning butun mohiyatini ochib bera olmaydi.

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish