O’quv soati 2-soat
|
Talabalar soni: 60
|
O’quv mashg’ulot shakli
|
Axborotli ma’ruza
|
Ma’ruza rejasi
|
1.Jahon yozuvtaraqqiyotida lotin imlosining o’rni.
2. Milliy uyg’onish davri va yangi alifboni isloh qilish.
3. Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosining yaratilishi.
4. Mustaqillik davrida yangi o’zbek imlosi.
|
Mashg’ulotning maqsadi: Talabalarga jahon madaniyatining rivojida lotin yozuvining o'rni, lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosi tarixi va hozirgi taraqqiyoti haqida ma’lumot berish.
|
Pedagogik vazifalar:
|
O’quv faoliyati natijalari
|
Jahon madaniyati taraqqiyotida lotin imlosining o’ziga xos o’rni haqida axborot.
|
220 xil yozuvning tarqalish hududi va ulardan foydalanuvchilar soni har xil, keng tarqalgan yozuvlardan biri o'lik lotin tilining yozuvi, ya'ni lotin yozuvi bo'lib, bizning davrimizda jahon xalqlarining 30 foizidan ziyodi o'z fikrini ana shu yozuv asosida yaratilgan alifboda bayon qilayotgani haqida so’zlab beradilar
|
Milliy uyg’onish davri va yangi alifboni isloh qilish yo’lida qilingan amaliy ishlar haqida ma’lumot
|
VIII asrning 20-yillaridan XX asrning 20 yillarning oxirigacha qo'llanilgan. "Milliy o’yg'onish" davrida arab imlosi va alifbosiga ayrim islohlar kiritish boshlangani; lotin ailfbosiga o'tish masalasida 1921 -yil yanvargacha "Yangi imlochilar" bilan "Eski imlochilar”, "O'rta imlochilar" o'rtasida ilmiy bahs - kurash bo'Iganligi haqida gapiradilar
|
XX asr boshlarida lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosining yaratilishi.
|
O'zbekistonda 1926 yil iyun oyida o'tgan 4 sessiyasida o'zbek irnlosini lotinlashtirish masalasini ko'rilib,maktablarda yangi alifboga o'tish 1927-1928 o'quv yilidan boshlanib, 1929-1930 o'quv yilida tugallanganligi haqida aytib beradilar
|
Mustaqillik davrida yangi o’zbek imlosi va yangi imlo qoidalarni tasdiqlash haqida ma’.
|
O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi e'lon qilingandan so'ng (1991- yil 31- avgust) lotin yozuvi asosidaqi o'zbek alifbosi masalasi o'rtaga qo'yilganligi, 1996- yil sentabrdan 1- sinflarda boshlangani,yangi alifboga to'liq o'tilishi qayd qilinganligi haqida aytib beradilar.
|
O’qitish vositalari
|
UUM,ma’ruza matni,doska,,bo’r,latta
|
O’qitish usullari
|
Axborotli ma’ruza,blits-so’rov,aqliy hujum.
|
O’qitish shakllari
|
Frontal,jamoa ishi
|
O’qitish sharoiti
|
Texnik vositalar bilan ta’minlangan auditoriya.
|
Monitoring va baholash
|
O’g’zaki sovollar,blits so’rov.
|
Ish bosqich-
lari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
Ta’lim beruvchi
|
Ta’lim oluvchi
|
I bosqich.
O’quv mashg’ulotiga kirish (10 daqiqa).
Reja:
|
1.1. Mavzu: “Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosi tarixi” mavzusining maqsadi, vazifasi, manbai, ilmiy va amaliy adabiyotlar obzori;Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosining shakllanish xronologiyasi.
Maqsad: Mavzuga oid bilim malakasini oshirish, lotin va o’zbek yozuvi tarixini o’rganish orqali tarixiy o’tmishsiz kelajak yo’q degan milliy istiqlol g’oyani talabalar ongiga singdirish.
Mashg’ulot muammoli ma’ruza ekanligi haqida ma’lumot berish.
|
Talabalar tinglaydilar va yozib oladilar
|
II bosqich.
Asosiy (60 daqiqa)
|
2.1. talabalar bilimini aqliy hujum orqali faollashtiradi.
Bilimlarni faollashtirish jarayonida o’quv muammosini yechish bo’yicha izlanuvchanlik faoliyatida faol ishtirok etishlari uchun talabalar bilimi quyidagi savollar orqali aniqlanadi:
1.Jahon madaniyati va o’zbek milliy taraqqiyotida lotin imlosi haqida ma’lumot.
2. Milliy uyg’onish davri va yangi alifboni isloh qilish muammolari haqida axborot.
3. Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosining yaratilish yo’lidagi ilmiy bahslar.
4. Mustaqillik davrida yangi o’zbek alifbosi va imlo qoidalari.
2.2. Faollashtirilgan bilimlar asosida talabalarning mashg’ulotda yechiladigan muammoga e’tibor qaratishini boshqaratiladi. Taqdimot yuklanadi, muammoni yechishning eng maqbul tuzilmaviy- mantiqiy chizmasini daftarga ko’chirib olishini aytiladi va yakuniy xulosa qilinadi.
|
Savollarga javob beradilar
Muammoni yechish bo’yicha o’z fikrlarini bildiradilar
Savollarda aks etgan har bir mayda muamoni yechish bo’yicha mini guruhlar vakillari mustaqil fikrlar bildiradilar, munozara qiladilar, xulosa chiqaradilar.
|
III bosqich.
Yakuniy (10 daqiqa)
|
3.1. Mavzu bo’yicha yakun qiladi, qilingan ishlar kelgusidagi kasbiy faoliyatlarida ahamiyatga ega ekanligi muhimligiga talabalar e’tiborini qaratiladi.
3.2. Mustaqil ish uchun quyidagicha topshiriq beriladi: Tavsiya etilgan ilmiy adabiyotlarda mazkur muammoga doir bildirilgan fikrlar bilan yaqindan tanishish
|
Tinglaydilar
Topshiriqni yozib oladilar va bajaradilar
|