Topshiriq. Quyidagi sh’erni yod oling.
AHMAD YASSAVIY HIKMATLARI
Beshak biling, bu dunyo barcha eldin o‘taro,
Inonmag‘il molingga, bir kun qo‘ldan ketaro.
Ota-ona, qarindosh, qayon ketdi, fikr qil,
To‘rt ayog‘lig‘ cho‘bin ot bir kun senga yetaro.
Dunyo uchun g‘am yema, Haqdin o‘zgani dema,
Kishi molini yema, sirot uzra tutaro.
Ahli ayol, qarindosh, hech kim bo‘lmaydur yo‘ldosh,
Mardona bo‘l g‘arib bosh, umring yeldek o‘taro.
Qul Xoja Ahmad toat qil, umring bilmam necha yil,
Asling bilsang, ob-u gil, yana gilga ketaro.
Nafs yo‘liga kirgan kishi rasvo bo‘lur,
Yo‘ldin ozib, toyib gumroh bo‘lur,
Yotsa, tursa shayton bila hamroh bo‘lur,
Nafsni tebgil, nafsni tebgil, ey badkirdod.
Nafsing seni oxir damda gado qilg‘ay,
Din uyini g‘orat qilib ado qilg‘ay,
O‘lar vaqtda imoningdan judo qilg‘ay,
Oqil ersang nafsi baddin bo‘lg‘in bezor.
Topshiriq. O‘zingiz sevib oqigan asaringizga taqriz yozing.
“O‘ZBEK TILI” FANDAN MUSTAQIL TAʼLIM UCHUN TAVSIYA ETILADIGAN MAVZULAR:
1. O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari: Qoʻshib yozish, chiziqcha bilan yozish, ajratib yozish.
2. O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari: Bosh harflar imlosi, koʻchirish qoidalari.
3. “Davlat tili haqida”gi qonun va uning ijrosi.
4. Tilning leksik qatlamlari.
5. Shevaga xos soʻzlar.
6. Eskirgan va yangi paydo bo‘lgan so‘zlar.
7. Tasviriy ifodalar.
8. Soʻzning oʻz va koʻchma ma’nolari.
9. Qoʻshimchalar va ularning tasnifi.
10. So‘z turkumlari va ularning turlari.
11. Fe’llarning vazifa shakllari.
12. Aniq va mavhum otlarning xususiyatlari.
13. Sifatning daraja shakllari.
14. Sonlarning gapdagi vazifasi.
15. Sonlarning hayotimizdagi oʻrni.
16. Yordamchi soʻz turkumlari. Koʻmakchi.
17. Teng bogʻlovchlar va ularning xususiyatlari.
18. Ergashtiruvchi bogʻlovchlar va ularning xususiyatlari.
19. Soʻz yuklamalar va qoʻshimcha yuklamalar.
20. Modal soʻzlar va ularning xususiyatlari.
21. Tovushga va holatga taqlidni bildiruvchi soʻzlar.
22. His-hayajon va haydash-chaqirish undovlari.
23. Soʻz birikmasi.
24. Ega va kesim – bosh boʻlaklar.
25. Toʻldiruvchi – ikkinchi darajali boʻlak.
26. Aniqlovchi – ikkinchi darajali boʻlak.
27. Hol – ikkinchi darajali boʻlak.
28. Darak gap va uning oʻziga xos xususiyatlari.
29. Soʻroq gap va uning turlari.
30. Buyruq gap va uning oʻziga xos xususiyatlari
31. Buyuk ipak yo‘li va uning insoniyat tarixidagi o‘rni.
32. Qomusiy olim al-Xorazmiy.
33. Ahmad al-Farg‘oniy va uning merosi.
34. Abu Nasr Farobiy va uning buyuk asarlari.
35. Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asari.
36. Amir Temurning “Temur tuzuklari” asari.
37. Mirzo Ulug‘bek olim va davlat arbobi.
38. Alisher Navoiy o‘zbek adabiy tilining asoschisi.
39. Jadidchilik harakati namoyandalari.
40. Birlashgan Millatlar Tashkiloti.
41. Milliy madaniy markazlar.
42. O‘zbekiston muzeylari.
43. Dunyoning mashhur universitetlari.
44. Terrorizm va uning insoniyatga tahdidi.
Do'stlaringiz bilan baham: |