O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samdu oʻzbekiston-finlandiya pedagogika instituti



Download 1,13 Mb.
bet139/147
Sana07.07.2022
Hajmi1,13 Mb.
#755599
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   147
Bog'liq
O\'zbek tilidan MAJMUA. 2021.(4 yillik) tayyori

Savol va topshiriqlar:
1. Matnni o‘qing va matn mazmuni bo‘yicha fikr yuriting.
2. Matn bo‘yicha lug‘at tuzing.
3. Matndan ijodiy foydalangan holda “Men sevgan asar” mavzusida o‘zingizning o‘qigan asaringiz bo‘yicha esse yozing.
4. Badiiy asarda qo‘llangan badiiy tasviriy vositalarni aniqlang va asar matnidagi o‘rnini izohlang.


Topshiriq. Matnni ifodali o‘qing va mazmuni bo‘yicha gapirib bering. Matnda ajratib ko‘rsatilgan gaplarni ko‘chiring va badiiy uslubni yaratuvchi vositalarni aniqlang.
Hotami Toyi haqida hikoya
Bir pok tabiatli odam Hotami Toyidan so‘radi: “Kaftlarning ishi saxovat bo‘lganidan beri o‘zingga o‘xshagan biron kishini ko‘rdingmi?”. U javob berib aytdiki: “Bir kuni katta bir bazm qurib, shu cho‘lda yashayotgan barcha odamlarni mehmon qildim. Ziyofat uchun yuzta tuya, son-sanoqsiz qo‘y-u qo‘zi so‘yilgan edi. Bir vaqt mehmonlar oldidan biroz dam olish uchun ochiqqa, sahroga chiqdim. Shu payt ko‘z oldimda mashaqqat chekib, orqasiga tikanli shox-shabbalarni ortib, yuk ostida jismi uyi egilib, unga xassadan sutun tirkab olgan, har qadam yurganida to‘xtab, har nafas olguncha damini rostlab borayotga bir keksa namoyon bo‘ldi. Uning chekayotgan iztiroblari mening ko‘nglimga o‘t solgandek bo‘ldi-yu, unga boqib, lutf-u rahmdillik bilan shunday xitob qildim: “Ey, qaddini mashaqqat yuki past aylagan, jismida g‘am tikani azob berayotgan inson! Bugun Hotam uyida chaqiriq bo‘layotganidan xabar topmadingmi, uning dargohidagi ziyofatga bormadingmi? Hotam hammani mehmonga chorlab, barcha yaxshi-yomonning ko‘nglini olyapti-ku! Tikaningni tashlaginda, izzat gulshaniga yet, ko‘p mashaqqat chekmay, o‘rningdan turib, chaqirilgan manzil tomon yo‘l olgin”, dedim.
Mening u haqida tashvish chekayotganimni anglagan kishi boshini ko‘tarib kuldi-yu, shunday javob qildi: “Ey oyog‘ini hirs-ochko‘zlik zanjirband etgan, bo‘ynini esa ta’ma-yu tilanchilik arqoni mahkam bog‘lagan, g‘ayrat vodiysiga qadam urmagan va himmat panjarasini kezib chiqmagan inson! Sen ham bu tikan azobini totib ko‘r, shunda Hotam Toyi minnatini eshitmaysan!”.
Uning bu so‘zlari asosli bo‘lib, mendan uning himmati yuksak edi”.
Hayratul abror”

Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish